Pedagogika universiteti
Ichki qon ketishida birinchi yordam ko`rsatish
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
Ichki qon ketishida birinchi yordam ko`rsatish Har qanday sharoitda ham birinchi yordam ko`rsatish bo`yicha asosiy qoidalarga amal qilish lozim. Shok paytidagi yoki uning kuchayishining oldini olishdagi kabi yordam ko`rsatiladi. Sovuq kompress og’riqni kamaytirib, shishni qaytaradi. Shikastlangan joyga muzni dokaga, sochiqqa yoki matoga o`rab qo`yiladi. Har soatda 15 minutdan sovuq kompress qilinadi. Zudlik bilan "03" ga qo`ng’iroq qilish kerak. Ichki shikastlanishni yengiltaklik bilan "shunchaki ko`kargan"ga yo`ymaslik kerak. Jabrlanuvchini ko`zdan kechirib, ichki organlari jiddiy shikastlanganmi-yo`qmi, aniqlashga harakat qilish, agar jabrlanuvchi qattiq og’riq borligidan shikoyat qilsa yoki qo`li yoxud oyog’ini qimirlata olmasa zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak. Qorin bo`shliqida hayotiy muhim organlar joylashganligi bois bu sohadagi shikastlanish o`limga olib kelishi mumkin. Bu yerda joylashgan ichki organlar, organizmning boshqa zonalaridagidan farqli ravishda, himoyalanmagan. Osonlik 44 bilan shikastlanadigan hamda jarohatlanganda kuchli qon ketishiga moyil bo`lgan organlar, masalan, jigar va qorataloq eng muhim organlardir. Bu a'zolardan qon ketganda quyidagi belgilar kuzatiladi: • kuchli og’riq; qorinning og’rishi yoki unda ezilishni his etish, • qontalashning yuzaga chiqishi, • ko`ngil aynishi, • qayt qilish (ba'zan qon yoki qora qusish), • behollik, • axlat (najas)da qon asorati ko`rinishi (axlatning qora rangda bo`lishi). Qorin bo`shlig’i organlaridan qon ketishi tashqi yoki ichki bo`lishi mumkin. Hatto qon ko`rinmasa ham, ichki organ yorilganda shokka olib keladigan darajada qattiq ichki qon ketishi mumkin. Qorin shikastlanishi juda og’riqli bo`ladi. Bundan tashqari qorin bo`shlig’iga qon yoki boshqa narsalar tushishi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling