Pedagogika universiteti
YuMShOQ TO`QIMALAR ShIKASTLANIShI
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
YuMShOQ TO`QIMALAR ShIKASTLANIShI
. Yumshoq to`qima Yumshoq to`qima chuqurroq joylashgan bo`limlarni muhofaza qiluvchi teri qatlami, yog’ to`qima va muskulni o`z ichiga oladi. Teri tananing keng tarqalgan organidir. U organizmni himoya qiladi, tana haroratini boshqaradi hamda unda joylashgan nerv uchlari hisobiga sezish organlari sifatida namoyon bo`ladi. Teri ikki qatlamdan iborat. Terining tashqi qatlami - epidermis infektsiya keltirib chiqaruvchi mikroblarga to`siq bo`lib xizmat qiladi. Nisbatan chuqur joylashgan qatlam -dermada nervlar, ter va yog’ bezlari hamda ko`plab qon tomirlar joylashgan. Yumshoq to`qima jarohatlari ko`pincha og’riqli bo`lib, qon ketadi. Teri ostida yog’ qatlami joylashgan. U tana haroratini muntazam saqlab turishda yordam beradi. Muskullar yoq qatlami ostiga joylashgan bo`ladi. 46 Yumshoq to`qima teri qatlami, yog’ to`qima va muskulni o`z ichiga oladi . Terida D vitamini ishlab chiqariladi hamda mineral moddalar to`planadi. Terisi och rangda bo`lgan kishilarda uning rangi odam soqlig’ining holatini aniqlashda yordam beradi. Qon teri yuzasiga yaqin joyda aylansa, u pushti rang kasb etib, ushlab ko`rganda iliq tuyuladi. Lekin, masalan, shok holatidagi kabi, teri yuzasida qon oqimi buzilsa, terining rangi o`chib, sovib ketadi. Terisining rangi to`q bo`lgan odamlarda bunday o`zgarishlarni aniqlash qiyin. Ko`pincha yumshoq to`qimalarning tashqi qatlamlari jaroxatlanadi. Biroq tashqi ta'sir kuchli bo`lsa, yumshoq to`qimaning barcha qatlamlari jaroxatlanishi mumkin. Terining ustki qatlami jarohatlanganda organizmga infeksiya tushishining oldini olish uchun bor imkoniyatni ishga solish lozim. Shikastlangan joyni yuvish eng yaxshi dastlabki himoyadir. Agar ozgina qon ketayotgan bo`lsa, jaroxatni antiseptik suyuqlik yoki suv bilan sovunlab yuviladi. Sovun ko`p xollarda kasallikni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni bartaraf etadi. Desmurgiya Dismurgiya – bog’lamlar har xil jaroxatlarda va kasalliklarda ularni to’g’ri ishlatish, boylash to’g’risidagi ta’limot. 47 Eni 5 sm, 10 sm, 20 smgacha bo’lgan lenta shaklidagi doka bint deb ataladi. Bintning eni tananing qaysi qismi bog’lanishiga qarab tanlanadi. Bintni o’rash qoidasi. 1) Bintni bog’lash vaqtida bemor qulay xolatda turishi kerak. 2) Bog’layotganda bemorga qarama-qarshi turish kerak. 3) Bint pastdan yuqoriga qarab o’raladi. 4) Bint o’rashda har ikki qo’l ishtirok etadi. 5) O’ng qo’l bilan bintning uchi yechiladi. 6) Bint chapdan o’nga qarab o’raladi. 7) Bintning bir o’rami avvalgi o’ramning yarmini qoplashi kerak. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling