51
4. Yelka va bilak sohasiga va barmoqlarga qo’yiladigan spiralsimon bog’lam.
5. Bosh barmoqni ―boshoqsimon‖ bog’lash.
6. Qaytuvchi bog’lam.
7. Sakkizsimon bog’lam.
―Boshoqsimon― bog’lam. Yelka bug’imi shikastlanganda, kuyganda,
ochiq jarohatlarda, o’mrov suyagi singanda, o’mrov osti sohasiga germetik
bog’lam qo’yilganda shu bog’lamni qo’llash mumkin. Buning uchun yelka
sohasini 1/3 yuqori qismidan bint ikki marta o’rab mustaxkamlanadi. Bint
o’rami har doim chapdan o’ngga yo’naladi. O’ng yelka bo’g’imini bog’lagan
vaqtda, bint yelka sohasidan so’ng ko’krakni oldi, qarama-qarshi tarafidagi
qo’ltiq ostidan ko’krakni orqa qismiga o’tib, o’ng yelka sohasini yuqori
qismidan pastga, qo’ltiq ostiga o’tadi. So’ngra yuqori yelka sohasiga o’tib,
oldingi bint yarmi yopilib, yarmi yuqoriga ko’tarilib, yelka bo’g’imi
yopilguncha bog’lam qaytariladi.
Chap yelkaga bog’lam qo’yishda bint o’rami o’ng yelka kabi bog’lanib,
bint birinchi marta ko’krakning orqa qismidan va o’ng qo’ltiq ostidan o’tib,
ko’krakni oldingi sohasidan bo’g’imini ustki qismiga o’tadi. Undan keyin qo’ltiq
ostini aylanib o’tib, yana kurakning oldingi sohasiga yo’naladi. Bintni yuqoriga
ko’tarib boriladi. O’ng yelka kabi tugatiladi. Bintlar yelka bug’imi ustiga har
doim o’rta chiziqda kesishadi, shu sohada boshoqqa o’xshash ko’rinish sodir
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: