Ikkala ko’zni bog’lash. Ko’z olmasi jarohatlanganda jarohatlangan ko’z
bilan bir vaqtda ko’zga tinchlik berish maqsadida sog’ ko’z ham qo’shib
bog’lanadi.
Bintlarni boshda mustaxkamlovchi bog’lam bilan boshlab, keyin chap
ko’zga bint o’rami pastdan yuqoriga chiqadi va chakka, peshona va ensa
sohalaridan o’tib, bosh atrofida bir marta aylanadi, keyin chap chakka sohasi
ustidan
o’tib,
bint
o’ng
ko’zga
yuqoridan pastga tushadi, lunj, pastki jag’ orqali ensa sohasiga borib, yuqoriga
ko’tariladi va ustidan mustaxkamlash uchun doirasimon bog’lam qilinadi. Xar
doim ikki kuz ustidan bint urami utgach doirasimon boglam kaytariladi.Boglam
3-4 marta kaytarilib boshda tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |