Pedagogika universiteti
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
Leykoplastirli bog’lam. Leykoplastirlar 1-4 sm kenglikdagi lenta bo’lib,
bir tarafiga kley shimdirilgan. Yopishuvchi leykoplastirli bo’g’lamni hamma sohalarda qo’llash mumkin. Jarohat ustiga salfetka yopib, leykoplastirni kleyli tarafi 1-1,5sm yopishtiriladi, so’ngra salfetka ustidan o’tib, yana 1-1,5sm yopishtiriladi. Leykoplastirlar bir-biriga parallel, yulduz yoki iks holatida yopishtirilishi mumkin. Bosh sohasidagi bog’lamlar: - ―Qalpoqcha‖ (chepets) bog’lam; - ―Sakkizsimon‖ bog’lam; - ―Uzdechka‖ yugancha bog’lam ; - Bir ko’zni bog’lash; - Ikkala ko’zni bog’lash ; - ―Quloqni ― bog’lash; - Sopqonsimon bog’lam.. ―Qalpoqcha‖ – chepets bog’lam. Bu bog’lam boshni sochli qismi shikastlanganda qo’llaniladi. Boshning tepa qismiga 1m uzunlikda va 8-10 sm kenglikdagi bintdan qirkib olingan lenta tashlanadi. Bint uchi quloq oldidan 49 pastga osilib turadi. ‖Chepets‖ bog’lam mustaxkamlovchi bog’lamdan boshlanadi. Buning uchun peshona, chakka, ensa va qarama – qarshi chakka tarafidan o’tib, ikki marta bosh atrofiga bint o’raladi. Peshonadan ketayotgan bint lentani ustidan o’tib , ostidan aylanib, yuqoriga chiqib, oldinga-peshonaga yo’naladi. Xar gal shu turda bint o’rami yuqoriga ko’tarilib, bintni yarmi eski bint ustiga, yarmi yuqoriga ko’tariladi. Bint bir gal peshona, bir gal ensa sohasidan o’tib, boshni tepa qismiga kelganda bint uchini oldidagi lentaga bog’lab qo’yiladi, lentalar pastki jag’ning ostki qismiga bog’lanadi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling