Amputatsion kultyani bog’lash. Qo’l yoki oyoq panjasi kesib
tashlangandan keyin qolgan kultya qaytaruvchi bog’lam bilan berkitiladi. Avval
qon oqishini to’xtatish uchun vaqtincha jgut bog’lanadi. So’ngra IPP (shaxsiy
bog’lam paketi ) yordamida bog’lam qo’yiladi. Bog’lam qo’yganda bint uchini
kultya ustiga yopiladi. Ustidan bint yordamida doirasimon bog’lam qo’yib,
so’ngra bint boshchasini yonidan ushlab turib qaytariladi va doirasimon
o’ramcha to’g’ri burchak ostiga bintni uzunasiga yurgizib, butun kultya orqali
qarama-qarshi tomonga o’tkazilib, o’sha doirasimon bog’lamga yetkaziladi. Bu
bir necha marta qaytariladi. So’ngra doirasimon bog’am qilib bint o’ramlari
pastga tushiriladi. Yana yuqori qaytib, bog’lam boshlangan joyda tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |