Bosh barmoqni boshoqsimon bog’lash. Bint o’rami bilakka 23 marta
aylantirib o’raladi, so’ngra bint barmoqning orqa yuzasini aylanib, bosh
barmoqni ustki qismidan kaft ustiga yurgiziladi va yana huddi shu bog’lam
qaytariladi. Xar bir o’ram bosh barmoqning asosiga tusha beradi. Bint bilak
sohasida doirasimon bog’lam bilan tugatiladi. Bosh barmoqning ustki qismida
bint uchrashganligi uchun boshoqsimon bog’lam deyiladi.
“Qaytuvchi“ bog’lam. Bu ko’pincha kaft va barmoqlar kuyganda va
sovuq urganda qo’llaniladi. Shikastlangan sohaga barmoqlar orasiga salfetka
yopiladi. Bint o’rami bilakda 2-3 marta o’rab mustaxkamlab olinadi. So’ngra
kaft ichki tomonidan panjalarga tushib, barmoq uchlaridan chiqariladi.
Birinchi marta bintni qaytarib, bilak sohasida doirasimon bog’lam bilan
mustaxkamlanadi. Kaftning ustki qismi shikastlangan bo’lsa, salfetka yopib kaft
ustki qismidan qarama - qarshi tomonga yo’naladi. Kaftning ichki qismini
aylanib o’tib, kaft ustki qismidan yuqoriga qarama - qarshi tomonga bilak
sohasiga yo’naladi. Bilakni aylanib o’tib yana bint shu sohaga qaytib keladi.
Bog’lam 3-4 marta bir sohaga qaytarilib, bilak sohasida tugatiladi. Kaft ichki
qismi shikastlangan paytda krest kaft ichida hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |