Qorin sohasiga spiralsimon bog’lam. Qorin sohasiga bog’lam qo’yish
eng qiyin sohalardan hisoblanadi va kasalxona sharoitida ko’pincha
leykoplastir yordamida qo’yiladi. Q’oringa 15-16 smli enli bint olib, qorinni
yuqori qismida doirasimon bog’lam qo’yiladi. Jarohat ustiga sterillangan
salfetka yopiladi, ichaklar qorin ustiga chiqqan bo’lsa salfetka atrofiga
doirasimon yostiqcha qo’yiladi. So’ngra spiralsimon bog’lam qilinib, qorinni
pastki qismida doirasimon bog’lam bilan tugatiladi.
«Qorin o’tkir holati»- kasalliklariga quyidagilar kiradi.
1. Peritonit-qorin pardasining yallig’lanishi.
2. O’tkir appenditsit-chuvalchangsimon o’simtaning o’tkir yallig’lanishi.
3. Me’da yoki o’n ikki barmoq ichagining teshilgan yarasi.
4. O’tkir xoletsistit-o’t pufagining yallig’lanishi.
5. Ichakning buralib qolishi, birdaniga ovqat yoki gaz o’tmay qolishi.
6. Qorin bo’shlig’idagi a’zolarning jarohatlanishi.
Bu kasalliklarda qorin muskullari taranglashadi va og’riq paydo bo’ladi.
Bemorni tezlikda kasalxonaning jarrohlik bo’limiga yotqiziladi. Tutash
peritonitning asosiy davosi xirurgik operatsiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |