54
6. Boldir sohasi kuygan vaqtda, sovuq urgan vaqtda «spiralsimon»
bog’lam qo’yish.
7. Tovon bo’g’imiga qo’yiladigan «toshbaqasimon va sakkizsimon»
bog’lamlar.
8. Oyoq panjalari va tovon sohasi kuyganda va sovuq urganda
qo’yiladigan bog’lam.
«Spiralsimon» bog’lam. Bu bog’lam qovurg’alar va ko’krak
suyagi singanda qo’llaniladi. Bog’lam qattiq qisib bog’lanishi kerak. Buning
uchun 2-2,5 metr uzunlikdagi bint qirqib olib, lenta shaklida yelkaga
tashlaymiz, keyin enli bint olib ko’krakni pastki qismida lenta ustidan
doirasimon bog’lam qilib, so’ngra spiralsimon bog’lam yordamida ko’krakni
yuqori qismigacha bog’laymiz va doirasimon bog’lam bilan tugatiladi.
Osilgan lentalar ikkinchi yelka ustida bog’lanadi. O’pka ko’krak qafasi
bo’shlig’ida joylashgan. O’pka tashqi tomondan- o’pka plevrasi bilan o’ralgan.
Pichoq, xanjar, xayvonlarning shoxi, to’pponchadan otilgan o’kdan ko’krak
qafasi, ochiq shikastlanadi. Biror narsa teshib kirsa, havo plevra bushlig’iga
kirib, ochiq pnevmotoraksni keltirib chiqaradi. Plevra bo’shlig’iga havoning
yig’ilishi pnevmotoraks deyiladi. Plevra bo’shlig’iga havo kirishi natijasida
o’pka puchayib, nafas olish qiyinlashadi. Shuning uchun tezda germetik
okklyuzion bog’lam qo’yiladi va kasalxonaga olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: