Tovon bo’g’imiga «toshbaqasimon» bog’lam qo’yish. Bu bog’lam
tovon bo’g’imiga tinchlik berish uchun qo’llaniladi. Bog’lam ikki turga
bo’linadi.
A) «Yoyiluvchi» bog’lam. Bu bog’lamda bint tovon bug’imini o’rta
qismidan, mustaxkamlovchi bog’lam bilan boshlanadi. So’ngra bint o’rami bir
gal tovon sohasidan yuqoriga , bir gal tovon sohasidan pastga yo’naladi. Har
gal bintni yarmi avvalgi bint ustiga tushib, yarmi yangi sohasiga suriladi.
Tovon bug’imi to’liq yopilgandan so’ng bog’lam boldirda tugatiladi.
B) «Yig’iluvchi» bog’lam. Bu bog’lam tovon sohasida ochiq jarohat
bo’lgan vaqtda ko’proq qo’llaniladi. Buning uchun bog’lam boldir sohasida
ikki marta doirasimon bog’lam qilingandan so’ng tovonni oldingi qismi orqali
tovonni pastki qismiga o’tiladi. Bint bu sohada ham ikki marta mustaxkamlab
olinadi.
So’ngra oyoqni pastki tomonini yuza qismi orqali boldir sohasiga
ko’tariladi.
Har gal bu bog’lam tovon bug’imiga qarab to’planib boradi. Bint
yuqoriga boldir sohasiga olinib, doirasimon bog’lam bilan tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |