Qon ketishiga olib keladigan sabablar
O`tkir predmet, masalan, pichoq yoki singan suyak terini teshsa va boshqa
organlarga jarohat etkazsa, tashqi qon oqishiga olib kelishi mumkin. Organ yoki
tananing bir qismiga zarba tegsa, masalan, oyoq stolga urilsa, ichki qon ketishi
yuz berishi mumkin. Jarohatlanuvchi o`tmas buyumga qattiq urilishi, masalan,
avtomobil halokatida rulga urilishi yoki balandlikdan yiqilish natijasida yetgan
zarbadan shikastlanganda qattiq ichki qon ketishi sodir bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |