Pedagogika universiteti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/118
Sana21.11.2021
Hajmi1.99 Mb.
#176128
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish

 
IMMOBILIZATSIYa 
Immobilizatsiya – jarohatlangan  a'zoni harakatsizlantirishdir. 
Tayanch-harakat  apparati  shikastlanganda  ba'zan  qon  ketadi,  og’riq  qattiq 
bo`ladi 
yoki 
suyak 
tashqariga 
chiqib 
qoladi. 
Bunday 
shikastlanish 
jabrlanuvchining  hayotiga  kamdan-kam  hollarda  xavf  tug’diradi.  Lekin  bosh, 
bo`yin  yoki  orqa  shikastlangan  bo`lsa,  shikastlanish  natijasida  yurish  yoki  nafas 
olish  qiyinlashsa,  ko`p  joy  shikastlangan  bo`lsa,  albatta  tez  yordam  chaqirish 
kerak bo`ladi. 
Tez  yordam  yetib  kelguncha  jabrlanuvchi  tanasining  shikastlangan  qismini 
qo`l  bilan  tutib  turib,  boshqa  buyumlar,  masalan,  yostiq,  adyol,  kiyim  bilan 
qimirlamaydigan  qilib  qo`yiladi. 
Tez  yordam  darhol  kelmasa  yoki  jabrlanuvchini  shaxsiy  transportda 
mustaqil 
olib 
ketmoqchi 
bo`linsa 
tananing 
jarohatlangan 
qismining 
qimirlamasligini  ta'minlash  zarur bo`ladi. 
Tananing  shikastlangan  qismini  harakatsizlantirib  (ko`zg’almaydigan 
qilib)  qo`yish  natijasida  og’riqni  kamaytirishga,  qo`shimcha  shikastlanishning 
oldini  olishga,  qon  ketishi  xavfini  kamaytirishga,  tananing  jarohatlangan  qismida 
qon  aylanishi  buzilishi  ehtimolini  kamaytirishga,  yopiq  siniqning  ochiq  siniqqa 
aylanib  ketishining  oldini  olishga erishiladi. 


 
66 
Shikastlangan  joyni  taxtakachlash,  qattiq  tutib  turuvchi  bog’lam  qo`yish 
yoki  bint  bilan  o’rash  orqali  qimirlamaydigan  qilib  qo`yiladi.  Buning  uchun 
shinadan  foydalaniladi.  Shina  uch  xil:  yumshoq,  qattiq  va  anatomik  bo`ladi. 
Yumshoq  shina  sifatida  taxlangan  adyol,  sochiq,  yostiq,  qimirlatmaydigan 
bog’lam  yoki  bintdan  foydalaniladi.  Qattiq  shinaga  taxtacha,  metall  tilimi, 
karton, 
buklangan 
jurnal 
va 
hokazolar 
kiradi. 
Anatomik 
shinada 
jabrlanuvchining  o`z  tanasidan  foydalaniladi.  Masalan,  qo`l  -  jabrlanuvchining 
ko`kragiga  bint  bilan  tortib  qo`yilishi,  oyog’i  –  sog’  oyog’iga bog’lab qo`yilishi 
mumkin. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling