Pedagogika universiteti
Shok belgilari va alomatlari
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
Shok belgilari va alomatlari
Shokda qattiq ichki yoki tashqi qon ketishida kuzatiladigan belgi va alomatlar, ya'ni terining rangparligi, sovib ketishi va nam bo`lib qolishi, behollik, bezovtalik, og’iz qurishi, tashnalik, nafas olish tezlashishi, miyaning chalg’ishi, hushsizlik kuzatiladi. Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko`rsatish uchun shokni keltirib chiqargan sababni bilish yoki qon ketishini ko`rish shart emas. Og’ir – yengilligiga ko’ra shokning 4 bosqichi ajratiladi: Shokning I bosqichi (yehgil shok). Bemorning ahvoli qoniqarli. Es-hushi , odatda, joyida, ba’zan oz-moz tormozlanish bo’ladi, reflekslar pasaygan. Pulsi tezlashgan, minutiga 80-100 marta uradi, arterial bosim 100-95 mm. simob ustunidan past emas. Shokning II bosqichi (o’rtacha og’irlikdagi shok). Ro’y-rost tormozlanish ro’y bergan, teri qoplamlari va shilliq pardalar oqargan. Badan terisi yopishqoq ter bilan qoplangan, nafas tezlashgan va yuzaki. Qorachiqlar kengaygan. Puls minutiga 110-130 marta uradi, arterial bosim 80—70 mm. simob ustunida. Shokning III bosqichi (og’ir). Shikastlangan kishining ahvoli og’ir. Esi kirarli- chiqarli, atrofdagi voqealarni sezmaydi. Terisi yopishqoq sovuq ter bilan qoplangan, gungurt-kul rang, lab, burun va barmoq uchlari ko’kimtir tusda. Pulsi ipsimon, minutiga 140—160 marta uradi. Arterial qon bosimi 60 mm simob ustunida va bundan ham past. Nafas olishi yuzaki, tez, ba’zan siyrak. Bemor qusishi, ostini beihtiyor bulg’atib qo’yishi mumkin. Shokning IV bosqichi (agoniyadan oldingi davr yoki agoniya). Es-hush yo’qolgan. Puls va arterial qon bosimni aniqlab bo’lmaydi. Yurak tonlari zo’rg’a eshitiladi. Nafas agonal, havoni ―yutish‖ tipida bo’ladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling