Pedagogika universiteti


Tos shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/118
Sana21.11.2021
Hajmi1.99 Mb.
#176128
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish

Tos shikastlanganda birinchi yordam ko`rsatish 
Tos  suyaklarining  shikastlanishi  -  juda  murakkab  shikastlanish  turi  bo`lib, 
jabrlanuvchi  oyog’ini  harakatga  keltirishga  uringanida  tos  atrofida  qattiq  og’riq 
paydo  bo`lishiga  qarab  bunday  shikastlanish  ro`y  berganini  taxmin  qilish 
mumkin.  Odatda,  jabrlanuvchi  shok  holatida  bo`ladi,  salgina  harakat  ham 
og’riqni  kuchaytirishi  hamda  singan  parchalar  siljishiga,  tomirlar  va  ichki  a'zolar 
zararlanishiga  olib  keladi.  Tos  suyaklari  singani  gumon  qilinganda  yoki 
singanida  jabrlanuvchi  qattiq  zambilga  yoki  taxtaga  yotqiziladi.  Bosh  va 
umurtqa  pog’onasi  shikastlangandagi  kabi  harakat  qilinadi.  Agar  jabrlanuvchi 
xushdan ketgan bo`lsa, imkoni  boricha uni sog’ yonboshiga yotqiziladi. 
Tos  shikastlanishi  tashqi  jinsiy  a'zolarga  ham  taalluqli  bo`lishi  mumkin. 
Jinsiy  a'zolarning  har  qanaqa  shikastlanishi  haddan  tashqari  og’riqli  bo`lib, 
jabrlanuvchini  ham,  yordam  ko`rsatayotganlarni  ham  noqulay  ahvolga  solib 
qo`yadi.  

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling