19
To`shni 15 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari
ustida turishi lozim. To`sh 4 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sekund ichida
taxminan 15 marta bosiladi (1 minutda 80 dan 100 martagacha) bosiladi. Bir
maromda, tikka, qo`lni doimo to`sh ustida tutgan holda bosish kerak. Muolajani
o`tkazayotganda tebratuvchi harakat qilmaslik lozim. Bu bosishning ta'sirini
kamaytirib, kuchning bexuda sarflanishiga olib keladi. Navbatdagi bosishni
boshlashdan oldin ko`krak qafasi dastlabki holatiga qaytishiga yo`l qo`yib berish
kerak.
"Og`izdan-og`izga" 2 marta to`la puflanadi. Buning uchun boshini orqaga
egib, iyagini ko`tarib, nafas yo`llari ochiladi. Jabrlanuvchining burun kataklarini
qisib, ikki marta to`la puflanadi, har biri 1,5-2 sekund davom etishi kerak. havo
o`pkaga o`tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko`krak qafasi ko`tarilayotgani
kuzatiladi.
To`shni bosish va puflash siklini davom ettiriladi. Buning uchun 15 marta
bosish va 2 marta puflashdan iborat 3 sikl bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: