18
Nafas yo`llarini ochib, nafas bor-yo`qligi tekshiriladi. Buning uchun
boshini orqaga egib, iyagi ko`tariladi. Nafas bor-yo`qligini aniqlash uchun 5
sekund davomida ko`rish, eshitish va sezish nazoratidan foydalaniladi.
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo`lsa, jabrlanuvchini qattiq joyga orqasi
bilan yotqizib, "Og`izdan-og`izga" ikki marta to`la puflab, jabrlanuvchining
burun kataklari qisiladi. Lablar bilan jabrlanuvchining og`zini zich tutib, 2 marta
to`la puflanadi. havo o`pkasiga o`tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko`krak
qafasi ko`tarilishi kuzatiladi.
Tomir urayotgan-urmayotganligini tekshirish uchun 10 sekund davomida
tomir urishi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: