Pedagogika universiteti


Shikastlanganlarni qidirish usullari


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/118
Sana21.11.2021
Hajmi1.99 Mb.
#176128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish

          Shikastlanganlarni qidirish usullari: 
1.  Shikastlanganlarni  mexanizatsiyalashgan  vositalar  (vertolet,  samolyot, 
maxsus mashinalar)  bilan  qidirish. 
2.  Kuzatish  yo`li  bilan  qidirish. 
3.  Qidiruv  guruhi  bilan  qidirish. 
4.  Sanitariya  patrullari. 
5.  Sanitariya-haskashlash  yo`li  bilan  qidirish. 
6.  Yoritish  moslamalari  bilan  kechasi qidirish. 
  
Bino    va    inshootlar        qulaganda    insonlar    vayronalar      ostida    qolib  
ketadi  va  har    xil    shikast,    jarohatlar    oladi.    Shuning    uchun    erkin    jamoa  
qutqaruvchilari    o`qitilgan,  birinchi  tibbiy    yordam    bera    oladigan  bo`lashlari  
kerak. 
 


 

Qutqaruvchilar   quyidagi  xavfsizlik   choralariga  rioya  qilishlari  kerak: 
     1.  Erkin qutqaruvchilar  xafsizlikka  rioya qilishlari  lozim. 
     2.  Xafsizlikning  eng  muhim  choralaridan  biri  birgalikda  ishlashdir.       
Qutqaruvchilar  2, 3, 4 va 5 tadan bo`lib ishlashlari  kerak.   
     3.  Qutqaruvchi  keraksiz  bo`lgan  xavfga,  ya'ni  o`zini  ochiqdan  –ochiq  xavfli  
vaziyatga  solib,    muammo  keltirib  chiqarmasligi  kerak.  Sherik  bilan  ishlaganda  
birinchisi  qutqarish  ishlari  bilan  band    bo`lganda,    ikkinchisi  uni  kuzatib  turadi  
va xavfsizligini  ta'minlaydi.    
     4.  Shaxsiy  xavfsizlikni  ta'minlash  uchun  kerak  bo`ladigan  narsalar:  kaska 
(qalpoq),  ko`zoynak,    changdan  saqlovchi  niqob  (protivogazlar,  respiratorlar,  
paxta  dokali  bog`lamlar),  qo`lqoplar,  rezina  yoki  lateks  qo`lqoplar,  pishiq  oyoq 
kiyimlar,  fonar, arqon, tizzani  himoya qilish  uchun ―nakolennik‖  va markerlar.    
        Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  (BMT)ga  qarashli  qidiruv  va  qutqaruv  
xalqaro  tashkiloti  odamlarni  vayronalar  ostida  qutqarishning  6  ta  bosqichini   
ajratadi:   
1.  Vaziyatga  baho berish. 
2.  Injener  tarmoqlarini  uzish.  
3.  Voqea joyini  ko`zdan kechirish. 
4.  Buzilgan,  qulagan  binolar ostini tekshirish.    
5.  Vayronalarni  qisman tozalangandan  so`ng tekshirish.  
6.  Hech kim  qolmaganligiga  ishonch hosil qilib,  vayronalarni  tozalash. 
        Yuqoridagi    3  ta  bosqich  ―uengil  qidiruv  va  qutqaruv‖  ishlarini  tashkil  
qiladi  va uni  erkin  jamoat  qutqaruvchilari  amalga  oshira oladi.   
      Keyingi  3  ta  bosqich  professional  qutqaruvchilar  ishtirokida  amalga  
oshiriladi.     
       Talofatning  birinchi  kuni,  ya'ni  dastlabki  24  soat  ―oltinga  teng  soatlar‖  
hisoblanadi,  chunki  aynan  shu  daqiqalarda  insonlar  tirik  qolishga,  ularni  
hayotini  saqlab  qolishga  imkon  bo`ladi.  Afsuski,  bu  vaziyatlarda    o`sha    joyda  


 

bo`lgan  odamlargina  bir-biriga  yordam  bera  oladilar.  Ko`pchilik  hollarda  
qutqaruv ishlari  qo`shnilar  va qarindoshlar tomonidan amalga  oshiriladi.    
       Halokatning  ilk  daqiqalarida  har  qanday  odam  yordam  ko`rsatishni  bilishi  
kerak. Odam resurslariga  quyidagilar  kiradi:    
1.  Harbiylar 
2.  O`t o`chiruvchilar 
3.  Favqulodda Vaziyatlar  Vazirligi  (FVV) xodimlari 
4.  Militsionerlar 
5.  Vrach, hamshira,  sanitarlar 
6.  O`rgatilgan   erkin  qutqaruvchilar 
7.  Elektriklar 
8.  Tarjimonlar 
9.  Injenerlar 
10.  Arxitektorlar 
     Birinchi  yordam  ko`rsatishda  dastavval  qilinadigan  ish  —  hodisa  sodir 
bo`lgan 
joyni 
ko`zdan 
kechirib, 
qutqaruvchiga, 
atrofdagilarga 
yoki 
jabrlanuvchilarga    nisbatan  tahdid  tug`diradigan  narsa  bor-yo`qligini  aniqlashdan 
iborat.  Agar  qutqaruvchining  o`zi  ham  qurbon  bo`lsa,  u  boshqalarga  ko`mak 
bera  olmay  qoladi.  Jiddiy  avariya  yoki  hodisa  sodir  bo`lgan  joyga  juda 
ehtiyotkorlik  bilan  yaqinlashish  kerak.  hodisa  sodir  bo`lgan  joyda  aniq  xavf 
mavjud  bo`lsa,  kutqaruvchining  imkoniyatlari  cheklangan  bo`ladi.  Joyni  ko`zdan 
kechirish  paytida  o`ziga  va  atrofdagilarga  nisbatan  aniq  xavf  tug`diruvchi 
hamma  narsaga  e'tibor  berish  lozim.  Bular:  to`kilgan  yoqilg`i,  chiqayotgan  gaz, 
uzilgan  elektr  simi,  bosib  kelayotgan  suv  oqimi  singari  tabiiy  omillar  va 
hokazolar  bo`lishi  mumkin.  Bunday  holatda  birinchi  yordam  ko`rsatish  qoidalari 
asosida  harakat  qilish  lozim.  Tez  yordam chaqirganda baxtsiz hodisa turi hamda 
jabrlanganlar  soni  to`g`risida  imkoni  boricha  aniq,  ma'lumot  berish, 


 

atrofdagilarning  hammasini  jabrlanuvchilarga  yordam  ko`rsatishga  jalb  qilish 
kerak. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling