Pedagogika universiteti


Download 20.16 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi20.16 Kb.
#1683755
Bog'liq
Mustaqil ish PED


CHIRCHIQ DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

BOSHLANG`ICH TA’LIM” FAKULTETI


BOSHLANG`ICH TA`LIM” YO`NALISHI


20/5 sirtqi guruh talabasi
MAMARAHIMOVA RISOLAT ning

PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA”


fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI


2023 yil.

Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o'z pedagogik qarashlarida bolalarga mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish masalasiga alohida etibor berib, ota-onalar va muallimlardan shuni talab etadi. 


Tarbiyachilik san'atida ustozni nihoyatda ulug'lab shunday yozadi:
Faromush qilmagilsan haqi ustod,
Ki oningdindurur ilmingga bunyod.
Agar ustodinga mehring yo'q o'Idi,
Degilkim ilmim mani mavq o' Idi.
Kishikim qildi ustodiga xizmat,
Zamoni o'tmadi tobti ul izzat.

Yetuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy o’z asarlarida bola dunyoqarashining kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, o'zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O'zini nomunosib tutgan odam hech vaqt boshqalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi.


Ustod, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qora bo’lurdi jahon,” - deb hitob qiladi u «lskandar xirodnomasi» asarida.

Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olimi Farobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ibratli g'oyalarni ilgari surgan.


O'qituvchi, - deydi Forobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur. Shu bilan birga o’z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», -deb ta’kidlaydi. Mutafakkir o’qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan.
Adolf Disterveg:
Yomon o'qituvchi haqiqatni o'rgatadi, yaxshi o'qituvchi uni topishni o'rgatadi.
Ustozlar haqida so‘z yuritilar ekan doimo Iskandar Zulqarnayn to‘g‘risidagi hikoya yodimga tushadi. U ishg‘ol qilgan yurtining taxtiga birinchi bo‘lib ustozini o‘tkazar ekan. Bir kuni undan: “Nima uchun bunday qilasiz?” deb so‘rashganda: “Ota-onam tug‘ilishimga, ustozim esa yuksalishimga sababchi bo‘lganlar”, degan ekan.
Poshshaxo‘ja ham ustozlarning mehnatisiz hech kim yuksala olmasligini aytib, Iskandarning o‘z ustoziga bo‘lgan hurmatini keltirib o‘tgan:
Hech kim ustozsiz topmas jahonda izzu joh,
Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur.

Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov :


Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir”. 

Darhaqiqat, biz erishgan har bir yutuqda ustozlarimizning hissalari mavjud. 
Download 20.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling