Pedagogika va aniq fanlar


Download 495.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/31
Sana02.01.2022
Hajmi495.38 Kb.
#200963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Raxmatullayeva Nilufar Kurs ishi na`muna

Rejalashtirish- bu zarur shart-sharoitlar, vositalar, shakllar va usullarni

ko'rsatib, ta'lim ishlarini bajarish tartibini erta aniqlash.



Pedagogik jarayon   - katta va yosh avlodning (tarbiyachi) avlodlarning hayoti

va faoliyati uchun zarur bo'lgan ijtimoiy va ijtimoiy tajribalarni o'tkazish uchun

maxsus tashkillashtirilgan shovqin.

Maktabgacha ta'limni rejalashtirishda tizim  yaratish ta'lim muassasasi   bir

nechta ishlatilgan turli xil   rejalashtirish:

1. Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 3 yilga mo'ljallangan istiqbolli

rivojlanish rejasi yoki rivojlanish dasturi.

2. Yillik DOW rejasi.

3. Anik rejalar (asosiy faoliyatlar bo'yicha).

4. Mutaxassislar va boshqaruvning individual rejalari.

Maxsus yosh guruhida taqvim va istiqbol rejalashtirish.

Keling, murabbiy uchun zarur bo'lgan rejalashtirishning ikkita turini batafsil

ko'rib chiqaylik - istiqbolli va taqvimiy-tematik.

Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. metod iva usullari hamda uni tashkil etish

turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik

malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o‘yinlariga rahbarlik usullari,

bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngil ochar daqiqalarni tashkil etish , shuni ngdek, ota-

onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.

O‘qitislming har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni

egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining

takrorlanish ularni sekin asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga

doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘ lim bilan bog‘ langan asosiy ta’lim

tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo‘ limlaridan ayrim

masalalarni kiritish kerak. Mashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi

samarasini oshiradi.

Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin,

mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga

xayrixoxlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni,




Dostonbek Jabborov

@doston6798

9

yuzaga kelgan nizolarni xaqgo‘ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari



nazarda tutiladi.

Rejada o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq-atvorlarini tarbiyalash

vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmuni ni, ularning o‘ynash

ko‘nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachsi xilma xii harakatli va

didaktik o‘yin larni uyushtiradi, ularga rahbarl ik rejalashtiradi.

Bolalarning mehmat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish

muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan

foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin.

Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni

bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.

Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat

hajmi va mazmumi, bolalarga navbalchilik vazifalarini tanishtirishda

foydalanadigan jihoz,metod va usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalaming jamoa

shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti

ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.

Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va xodisalar

bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga Vatanga

muhabbat, baynalminal xislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va

umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari

o‘tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish

lozim.

Maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibotni



amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarga ta’sir

ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish

mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning i lg‘or usullarini

o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va

maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi

tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota- onalar

majlisi, bolani oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘kazishni,

bolalar ishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.

Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.

Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’ lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish

tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir.

Tarbiyachi bolaning psixik-fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha

yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida

yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur

talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim- tarbiya

berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish

imkonini beradi. Reja bo‘lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini,

qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi.




Dostonbek Jabborov

@doston6798

10

Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy



boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja

daftarida avvalo haftalik mashg‘ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi.

Har o‘n besh kunga mo‘ljallangan badan tarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash

rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi.

Rejalashtirish ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita,

ishning usul va metodlarini ko‘rsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish

tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.

Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim muassasasi ishini rejalashtirish

mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy

omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egal igi haqida asosiy qoidalarga

tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo‘lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va

amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga

oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi.  Rej

alashtirishningmaqsadi-«Bolaj on»dasturining baj arilishini

ta’minlashdir.

Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi

rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.

Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va

ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko‘ra pedagogik

ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik

metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo‘

llangan bo‘ lishi kerak

Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta

tayyorgarlik ko‘rish metod va usullarni yaxshilab o‘ylab olish, kerakli material va

jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har

bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga reja

qotib qolgan narsa bo‘lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o‘zgarishlar kiritish

mumkin.


MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachin ing kalendar rejasi. Yillik

reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzil ib, bolalar m

uassasasida amalga oshiril adigan barcha ishlami o‘ z ichiga oladi.

Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad

bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini tarti bga solish va uning

ma’lum maksadga qaratilgan va samarali bo‘lishini ta’minlashdir. Unda « Bolajon

dasturi »ning hamma bo‘limlari o‘z aksini topadi.

Istiqbol rejasida dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi

lozim bo‘lgan ta’lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik

mavzular buyicha belgilab chiqiladi.

Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta’lim

tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning




Dostonbek Jabborov

@doston6798

11

rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta’lim muassasasining ish



sharoiti hisobga olinadi.

Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va

ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to‘g‘risida umumlashgan bilimlarni

shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o‘ stirish, axloqiy ongini

shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.

MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning

asosiy garovidir.

Pedagog va ruxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari

bolalarning malaka va ko‘nikmalarni egallashi ma’lum yosh bosqichida yuzaga

kelishini ko‘rsatdi.

Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo‘ldan boy bermay, bolani har tomonlama

rivojlantirishga erishmog‘i zarur. Tarbiyachi o‘zi ishlayotgan gurux, shuningdek

o‘zidan oldingi va keyingi guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi

kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish

bo‘limida bolalarni hayvonlar, o‘simliklar va shunga o‘xshashlar tug‘risidagi eng

oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.

Katta va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea hodisalar

tug‘risidagi xaqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan

bog‘lik ekanligini shakllantirish dasturning muxim vazifasidir.


Download 495.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling