Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
Paydalanılǵan ádebiyatlar
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Paydalanılǵan ádebiyatlar:
1. Q.Pirniyazov baslawısh klaslarda qaraqalpaq tilin oqıtıw metodikası, Nókis 1993j 2. b.Qálimbetov,J.Uspanova,X.Abdijabbarova “Oqıw”kitabı 3-klass ushın Nókis “Qaraqal- paqstan” 2016j 229 10 O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA KIMYO FANI YUZASIDAN LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI O‘TISH METODIKASI Soliyeva Navro‘za Daminjanovna Pop tuman xalq ta’limi tabiiy fanlar metodisti Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo fani amaliy laboratoriya mashg‘ulotlarida, o‘quvchilarning dars davimida xavfsizligini ta’minlash maqsadida, qo‘llanilishi va rioya qilinishi shart bo‘lgan qoidalar va ularga qo‘shimchalar haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: Xavfsizlik, laboratoriya, tayyorgarlik, kimyo, amaliy mashg‘ulot. Ma’lumki kimyo fani tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u kimyoviy moddalar ularning bir- biriga aylanishi va o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan hisoblanadi. fanni o‘zlashtirishda nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda amaliy-laboratoriya ishlarini ham o‘rni benihoya kattadir. Amaliy ishlar nazariyani to‘ldirishga tasavvurlarni yanada kengaytirishga yordam qiladi. Laboratoriya ishlari, amaliy ishlar asosan laboratoriyalarda xususan o‘rta umumiy ta’lim muassasasida kimyo kabinetlarida amalga oshiriladi. kabinetdagi o‘quv materiallari komplekti sinfdagi barcha o‘quvchilarga etadigan bo‘lishi kerak. Xar bir o‘quv materiali muayyan laboratoriya amaliy mashg‘ulotlarni va qilib ko‘rsatiladigan tajribalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Qilib ko‘rsatiladigan va laboratoriya tajribalari o‘quvchilar darsda o‘tgan mavzuni yanada chuqurrok o‘zlashtirib olishlariga yordam beradigan bo‘lishi zarur. Tajribalar o‘tkazishda ishlatiladigan asbob-jihozlar ixcham, qulay bo‘lishi hamda doimo taxt turishi kerak. Bundan tashqari, o‘quvchilar laboratoriya ishini bajarayotganlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlarini laborant kuzatib turadi. Laborant o‘zining nazariy va amaliy bilimlarini doimo oshira borishi va har yili o‘qituvchiga imtihon topshirib turishi lozim. har kuni ishning oxirida kabinetdagi elektr asboblar o‘chirilganligini stollarda reaktivlar qolmasligini, vodoprovod va gaz jo‘mraklari bekilganligini tekshirib, so‘ngra kabinetni qulflaydi. Xar bir laborantda xalat, ko‘zoynak, rezina qo‘lqop bo‘lishi kerak. Laborant doimo ozoda kiyingan bo‘lishi, saranjom- sarishta ishlashi, moddalar bilan ishlagandan so‘ng qo‘lini albatta sovunlab yuvishi lozim. Laboratoriyada sintetik kiyimlar kiyish tavsiya etilmaydi. Laboratoriya ishi, ko‘rsatiladigan tajribalar va amaliy mashg‘ulot 13 darslarining muvaffaqiyatli o‘tishi, avvalo o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, o‘qituvchining talabchanligiga va o‘quvchilarni laboratoriya ishiga tayyorlay bilishiga bog‘liq. O‘rta umumiy ta’lim maktabida laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda sinfdagi o‘quvchilarning hammasi mashg‘ulotni bir xilda bajara olishiga erishish muhim ahamiyatga ega bu narsa o‘quvchilarning nazariy bilimi darajasiga, ayniqsa shu mavzuni qanday o‘zlashtirib olganligiga bog‘liq. Ikkinchidan, o‘quvchilarning intizomi, darslarga puxta tayyorlanib kelishi, shuningdek, har bir o‘quvchi stolining to‘g‘ri jihozlanishi ham mashg‘ulotlar yaxshi o‘tishining eng muhim shartlaridan biridir. O‘quvchilar mavzu materialini yaxshi o‘zlashtirib, mustaqil fikrlash malakasi hosil qilganliklaridan keyingina laboratoriya mashg‘ulot o‘tkaziladi. Shu sababli o‘quvchilar o‘qituvchi ko‘rsatadigan tajribalarni diqqat e’tibor bilan kuzatib turishlari va uyga berilgan topshiriqlarni so‘zsiz bajarib kelishlari zarur. Laboratoriya darsni o‘tkazish eng muhim va mas’uliyatli ishlardan biridir. Laboratoriya mashg‘ulotini shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchilar uning natijalarini oldindan bilib ololmaydigan, balki mustaqil tajriba o‘tkazishda olingan natijalarni tahlil qilib, sodir bo‘lgan xodisaning sabablarini topadigan bo‘lsinlar. Laboratoriya ishlari o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirishga, ularni tabiatdagi turli qonuniyatlarning asosi bilan tanishtirishga imkoniyat tug‘diradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. karen d. hamel, cSP, WAch, is a regulatory compliance professional, trainer, and tech- nical writer for New Pig. Eight Tips for chemical Safety 2. А.Э. янгибаев, м.Эргашева «Умумий ўрта таълим мактабларида кимё фанидан ла- боратория ишларини ташкил этиш ва ўтказиш» Қўлланма. Тошкент – 2010 й. 59 бет. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling