Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


TA’LIM SAMARADORLIGI O‘QITUVCHI QO‘LLAYDIGAN METODLARGA


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
TA’LIM SAMARADORLIGI O‘QITUVCHI QO‘LLAYDIGAN METODLARGA 
BOG‘LIQ
Toshkent shahar, Yashnobod tuman 226-maktab
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tadjiraximova Nilufar Xusanboyevna
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim sohasida ken qo‘llanilayotgan innovatsion 
metodlar haqida fikr yurutilgan. Innovatsion metodlarning boshlang‘ich ta’lim sohasida qay 
darajada va qanday darslarda qo‘llash haqida ma’lumot va namunalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: metod, o‘quv jarayoni, faollik, ta’lim, uslub, innovatsion, faoliyat.
O‘quv jarayonini shunday tashkil etish kerakki, hech qanday psixologik noqulaylik bo‘lmasligi, 
o‘quvchi o‘ziga nisbatan ishonchni his eta olishi lozim. har bir o‘quvchining imkoniyatini hisobga 
olish, bajarilgan ish uchun rag‘batlantirish, xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchiga uni to‘g‘rilash 
imkonini berish zarur.
Boshlahg‘ich ta’limda o‘qitishning innovatsion metodlarini qo‘llashdan asosiy maqsad 
o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyati izchilligini ta’minlash hamda uni maqsadga yo‘naltirilgan 
holda tashkil etishdir.
O‘qitishning faol metodlariga “Aqliy hujum”, “Zinama-zina”, “Klaster”, “Davom ettir”, 
“Archa”, “Yelpig‘ich”, “Sinkveyn”, “Zanjir”, “Meni tushun”, “Sehrli katak”, “Oyga sayohat” 
kabilarni kiritish mumkin.
“Algoritm” metodi
“Algoritm” atamasi buyuk o‘zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqib, uning 
mashhur “Al-jabr va al-Muqobala” asari bilan bog‘liq. Algoritm — berilgan natijaga erishish 
uchun qilinishi kerak bo‘lgan aniq ko‘rsatmalar ketma-ketligi.
Ushbu metod o‘quvchilarning o‘tilgan mavzu yuzasidan o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan muayyan 
tushunchalarga egaligini aniqlash va ularda kompetensiyaviy ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat 
qiladi. Metodni qo‘llash quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: kichik guruhlar shakllantirilib, 
ularga nom beriladi, har bir guruhga raqamlar bilan belgilangan nuqtalar tasviri tushirilgan A-4 
formatdagi qog‘oz tarqatiladi, guruh a’zolari berilgan shart asosida nuqtalarni birlashtiradilar, 
hosil bo‘lgan shaklga oid ikkitadan fikr bildirish aytiladi. O‘quvchilar ketma-ketlikda o‘z fikrlarini 
bayon etadilar, ular xattaxtaga yozib boriladi, so‘ngra o‘qituvchi fikrlar qay darajada to‘g‘riligini 
muhokama qiladi, to‘g‘ri fikrlar rag‘batlantirilib, guruh ishlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa 
chiqariladi.
“Kamalak” metodi
bu metod o‘qish va ona tili darslari uchun mo‘ljallangan. Metodning mohiyati shundan iboratki, 
bunda biryo‘la mavzuning turli tarmoqlari, shu bilan bir qatorda o‘zbek tilining kamalakdek 
serjiloligi haqida axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida muhokama qilinadi. 
Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararli tomonlari ochib 
beriladi. “kamalak” metodining maqsadi o‘quvchilarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, 
izlanishga, fikrlarini jamlab taqqoslash uslubi yordamida o‘tilgan mavzulardan egallagan 
bilimlarini kundalik faoliyatda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.
Metod imkoniyatdan kelib chiqib, yakka yoki kichik guruhlarda olib borilishi mumkin. kamalak 
tasviri tushirilgan qog‘oz tarqatiladi va uning shartlari tushintirib o‘tiladi. O‘qish darslarida 
she’rdagi vatan mazmunini ifodalovchi so‘zlarga, asar qahramonlariga “Kamalak” metodi asosida 
ta’rif berish so‘raladi. Topshiriqni o‘quvchi kamalakda aks ettirishi ta’kidlanadi. (Masalan: 1. 
vatan/ 2. chaman/ 3. bo‘ston/ 4. diyor/ 5. yurt/ 6. guliston/ 7. o‘lka).
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. T. G‘afforova boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi. Nasaf. 2008yil.
2. O.U.Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 
“Navro‘z” nashriyoti, Toshkent – 2017.
3. Sharipov Sh. S., Aripov M., begimqulov U. Sh. va boshq. bilim olishning intelektual 
tizimini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: fan, 2011. – b. 72.


231

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling