2
Mualliflar: arx.n. S.A.Qodirova - TAQI “Arxitekturaviy loyihalash” kaf.
dotsenti, N.X.Mirzaahmedova - TAQI “Arxitekturaviy loyihalash” kaf. assistenti.
“Arxitekturaviy loyihalash” (tomosha binolari) nomli o‘quv qo‘llanma, T.,
144 bet.
“Arxitekturaviy loyihalash (tomosha binolari)” o‘quv qo‘llanmasi texnik oliy
ta’lim muassasalaridagi arxitektura faninig o‘quv rejasiga muvofiq II-IV(kurs)
talabalari 4-8 semestrida o‘tiladigan amaliy kursni o‘z ichiga oladi. O‘quv
qo‘llanmaning mazmuni 5340100 – “Arxitektura” mutaxassisligi bo‘yicha tuzilgan
kompleks o‘quv dasturining bo‘limi hisoblangan “Arxitekturaviy loyihalash”
kursining dasturiga to‘liq mos keladi. Ta’limning maqsadi–talabalarni arxitekturaviy
loyihalash fanida o‘rganadigan nazariy va amaliy
bilimlarni amaliy jihatdan
qo‘llash, birgalikda to‘g‘ri ijodiy yondashishga o‘rgatishdir.
Arxitekturaviy
loyihalashning umumiy masalalari bilan uzviy bog‘langan
holda tomosha va
madaniyat ob’yektlarining hajmiy-rejaviy yechimlarini
topish orqali amalga
oshiriladi.