Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoat binolarini joylashtirishga bo‘lgan sanitariya talablari.
14 Moskvadagi (Rossiya) Xalqaro musiqa uyi, arxitektorlar Yu.Gnedovskiy, V.Krasilnikova, D.Solopov, M.Gavrilova, S.Gnedovskiy, 2000-2002. Jamoat binolarini joylashtirishga bo‘lgan sanitariya talablari. Yashash muhiti va odam sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazuvchi manbalar hisoblanuvchi korxonalarni, ularning o‘ziga xos texnologik jarayonlariga ega bo‘lgan alohida binolari va inshootlarini turar-joy imoratlari joylashgan hududdan sanitariya-himoya zonalari bilan ajratish lozim. Sanitariya-himoya zonasi (SHZ) – sanoat maydonchalari chegaralari va turar-joy imoratlari, landshaft-rekreatsiya zonasi, dam olish va kurort zonalari o‘rtasidagi hudud. Sanitariya qoidalari korxonalar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning sanitariya klassifikatsiyasiga bog‘liq ravishda sanitariya-himoya zonalarining o‘lchamlariga, ularni tashkil qilish va obodonlashtirilishiga, ushbu o‘lchamlarni qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan talablarni belgilab beradilar. Sport inshootlari, parklar, ta’lim muassasalari, umumiy foydalanishdagi davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarini SHZ hududida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. SHZ lar ichida yong‘in depolari, hammomlar, kir yuvish korxonalari, garajlar, avtomobil va mototsikllarni yakka tartibda saqlash uchun turargohlar, konstruktorlik byurolari, o‘quv muassasalari, poliklinikalar, boshqaruv binolari, yoqilg‘i quyish stansiyalari, poliklinika, do‘konlar, ushbu korxonalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar, korxona xodimlari uchun sport-sog‘lomlashtirish inshootlarini joylashtirish mumkin. SHZ imkon qadar ko‘kalamzorlashtirilishi lozim. Turar-joy imoratlari joylashgan hududlar va quyida sanab o‘tilgan sanitariya-texnik inshootlar, transport infratuzilmasi inshootlari, kommunal soha ob’yektlari, sport inshootlari va 15 sado korxonalari o‘rtasida eni 50 metrdan kam bo‘lmagan sanitariya-himoya zonasi tashkil qilingan bo‘lishi zarur: - sport o‘yinlarining o‘tkazishga mo‘ljallangan va 100 tagacha o‘rinli tribunalari bo‘lgan ochiq turdagi jismoniya tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlari; -tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan bino va inshootlar; -madaniy ob’yektlar; - savdo komplekslari, mayda ulgurji bozorlar, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari bozorlari; - kamida ikki postga ega avtomobil yuvish joylari (avtomobillarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishsiz); - bir smenada 500 kg gacha kir yuvish quvvatiga ega kir yuvish korxonalari; - maishiy texnika, soat, poyafzal ta’mirlash ustaxonalari (alohida joylashtirilgan); - “Tez yordam” xizmati kichik stansiyalari; - avtomatik telefon stansiyalari; - savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (statsionar va vaqtincha); - kichik kimyoviy tozalash va kir yuvish korxonalari; - alohida joylashtirilgan yopiq jismoniy-tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, sport klublar, ochiq sport maydonchalari. Download 7.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling