Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Mikrotuman markazi – kundalik xizmat ko‘rsatish – mikrotuman


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

 Mikrotuman markazi – kundalik xizmat ko‘rsatish – mikrotuman 
darajasi – birinchi bosqich. 
Mikrotuman – turar-joy binolari qurilmasining tuzilmaviy elementi, odatda 10-
60 gektar, lekin 80 gektardan ko‘p bo‘lmagan maydonda joylashadi. Mikrotuman 
magistal yo‘llar va ko‘chalar bilan qismlarga ajratilmaydi. Mikrotuman doirasida 
kundalik maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va muassasalari joylashgan bo‘lib, 
ularning xizmat ko‘rsatish radiusi 500 metrdan oshmaydi (maktab va maktabgacha 
ta’lim muassasalari bundan istisno); chegaralari, odatda, magistral yoki turar-joy 
ko‘chalari, piyoda yo‘llari, tabiiy to‘siqlar bilan belgilanadi. Mikrotuman markazi 
tarkibiga quyidagi jamoat binolari kiradi: 
- maktabgacha ta’lim muassasalari; 
- maktab; 
- oziq-ovqat (sut, non va non mahsulotlari) do‘konlari; 
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; 
- aloqa bo‘limi; 
- bank filiali; 
- poliklinika. 
 Turar-joy tumanining markazi – davriy xizmat ko‘rsatish – turar-joy 
yoki rejalashtirilgan tuman darajasi – ikkinchi bosqich. 
Turar-joy tumani – shaharning aholi istiqomat qiladigan hududining 
tuzilmaviy elementi, odatda, 80-250 gektar maydonni egallaydi va uning doirasida 
xizmat ko‘rsatish radiusi 1500 metrdan oshmaydigan muassasa va korxonalar
shuningdek shahar ahamiyatiga ega ob’yektlarning bir qismi joylashtiriladi; tabiiy va 


12 
sun’iy to‘siqlar, magistral ko‘chalar va umumshahar ahamiyatiga ega yo‘llar bilan 
chegaralandi. Turar-joy tumani markazi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- ixtisoslashtirilgan maktablar; 
- bank bo‘linmalari; 
- pochta muassasalari; 
- kutubxonalar; 
- katta bo‘lmagan sport inshootlari; 
- klublar; 
- kinoteatrlar; 
- universal zallar; 
- kafe. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling