Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova


Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi


Download 7.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/73
Sana15.11.2023
Hajmi7.91 Mb.
#1775149
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Bog'liq
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021

Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi. 
Binolarnng qurilishi industrial metodlar bilan, ya’ni industrial opalubkada 
tayyorlangan yig‘ma elementlar yoki monolit konstruksiyalar qurilish 
maydonchasida olib boriladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda loyihalashtirishda 
binolar va ularning elementlari parametrlari maksimal darajada unifikatsiyalashgan 
bo‘lishi lozim. 
Unifikatsiya – binolar va ularning elementlari parametrlari miqdorini ular 
orasidagi funksionallik nuqtai nazaridan asoslanmagan farqlanishlarni ilmiy 
asoslangan yo‘l bilan qisqartirilishi .Unifikatsiya bir tipdagi buyumlarni – blok, 
orayopma plitalalari, yig‘ma kashaklar, shuningdek deraza va eshik bloklari, deraza 


27 
tokchalari taxtalari va shu kabilarni turli vazifalar uchun mo‘ljallangan binolarda 
qo‘llash imkonini beradi. 
Buyumlarni geometrik o‘lchamlari unifikatsiyasining asosi bo‘lib qurilishdagi 
o‘lchamlarning modulli koordinatsiyasi xizmat qiladi. Modul - o‘lchamlar 
koordinatsiyasi maqsadida qabul qilingan shartli birlik. Asosiy modul qilib 
100 mm ga teng uzunlik qabul qilingan bo‘lib, binoning barcha o‘lchamlari shu 
modulning karralik miqdorlarida belgilanadi. Yiriklashtirilgan modul asosiy 
modulning butun songa ko‘paytirilgan kattaliliga teng bo‘lib, yiriklashtirilgan 
modullarning 300 mm, 600 mm, 1200 mm, 1500 mm, 3000 mm va 6000 mm ga teng 
amaliyotda qo‘llanishi uchun qulay qatori belgilangan. Yiriklashtirilgan modullar 
asosiy me’moriy-rejali parametrlarning – orayopmalar oraliqlari, devorlararo 
qadamlar, qavatlar balandligi, oraliqlar kattaligi va shu kabilarning o‘lchamlarini 
belgilashda ishlatiladi. Keng miqyosda qo‘llash uchun eng takomil va iqtisodiy 
nuqtai nazardan samarali bo‘lgan konstruktiv elementlarni tanlash maqsadida 
ularning turlariga qarab guruhlash, ya’ni tipiklashtirish usulidan foydalaniladi. 
Bino va inshootlar elementlarini unifikatsiyalashtirish, standartlashtirish va 
tikilashtirish asosida katalog, davlat standartlari, rejalashtirish elementlarining 
normallari kabi bir qator hujjatlar tuziladi. 

Download 7.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling