23
Air shahridagi konsert zali, Yaponiya, arxitektor F.Maki, 1993-1994
Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bugungi kunda aksariyat hollarda ko‘p qatlamli
osma panelli karkasli tizimlar, shuningdek aralash tizimlarning turli – an’anaviy va
yengil yuqori samarali materiallar jamlanmasidan tarkib topgan variantlari eng keng
tarqalgan konstruksiyalar hisoblanadi. Masalan, ko‘tarib turuvchi ko‘ndalang g‘isht
devorlar
osma tashqi devorlar, yig‘ma karkas – monolit orayopmalar bilan birga
qo‘llanilishi mumkin. Undan tashqari, yuqori samaradorlikka ega energiya tejovchi
tizimlar:
shamolatilladigan fasadlar, tuzilmali oyna,
alyuminiy qotishmalari va
plastikdan iborat vitraj elementlari ham keng qo‘llanilmoqda. Yangi qurilish va
pardozlash materiallarining ko‘plab paydo bo‘lishi fasad va umuman bino qiyofasi
uchun yangidan-yangi yechimlardan foydalanish imkoniyatini bermoqda.
Aytish lozimki, aynan noyob va g‘ayri
oddiy konstruksiya binoning
kompozitsion yechimlarini belgilaydi va uning yakuniy shakllanishiga hal qiluvchi
ta’sir o‘tkazadi. Shu munosabat bilan jamoat binolarining tom qoplamasi
konstruksiyalari alohida e’tiborga loyiq masala sifatida ko‘rilishi lozim. Arklar,
qobiqlar,
gumbazlar, pnevmatik qoplamalar faqat shu binoga yoki jamoat
binolarining ma’lum turiga xos bo‘lgan badiiy obraz
yaratilishi uchun imkon
yaratadilar.