Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Tomosha binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Muzey binolari
- 4. Kinoteatr binolari
- 6. sirk binolari. Jamoat binolarining tipologik belgilarini shakllantiruvchi omillar.
- Ijtimoiy-iqtisodiy omillar.
Tomosha binolari va inshootlarining klassifikatsiyasi.
Jamoat vazifalari uchun mo‘ljallangan tomosha bino va inshootlari quyidagi guruhlarga ajratiladi. 1. Ko‘rgazma uchun mo‘ljallangan bino va inshootlar: 1.1. Ko‘rgazma uchun maxsus binolar; 8 1.2. Ko‘rgazma pavilonlari ; 1.3. Ixtisoslashtirilgan ko‘chma inshootlar; 2. Muzey binolari: 2.1. Badiiy va san’at muzeylari: 2.2. Amaliy san’at va xalq ijodiyoti muzeylari; 2.3.Maxsus ixtisoslashtirilgan muzeylar; 2.4.Tarix muzeylari; 2.5.Taniqli shaxslarga taalluqli muzeylar va h. 3. Teatr binolari: 3.1.Musiqa va opera teatri binolari; 3.2.Drama teatri binolari; 3.3. Qo‘g‘irchoq teatri binolari; 3.4. Yosh tomoshabinlar teatri binolari va h.; 4. Kinoteatr binolari: 4.1. Tomoshabinlar soniga qarab mo‘ljallangan kinoteatrlar; 4.2. Ochiq va yopiq turdagi kinoteatrlar; 4.3. Ko‘ngilochar muassasalar ichidagi kinoteatrlar va h.; 5 .Madaniy-ma’rifiy muassasalari bino va inshootlari: 5.1.Klublar va hordiq chiqarish-ko‘ngil ochar muassasalar; 5.2.Madaniyat markazlari; 5.3. Madaniy-ma’rifiy muassasalari; 6. sirk binolari. Jamoat binolarining tipologik belgilarini shakllantiruvchi omillar. Jamoat binolari va inshootlari arxitekturasi ijtimoiy-iqtisodiy, shaharsozlik, ekologik, sanitariya, funksional, hajmli-rejali, konstruktiv, kompozitsion-badiiy omillarning o‘zaro va birgalikdagi ta’siri ostida shakllanadi. Binolarning turli tiplari uchun muayyan davrning bir qator sharoitlariga bog‘liq holda u yoki bu omilning ta’siri ahamiyatliroq va ustuvor bo‘lib qoladi. Ularni izchillik bilan ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Sivilizatsiya rivojlanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar binolarni me’moriy loyihalanishiga qanchalik tez ta’sir qilishini tarix yaqqol namoyish qilib bergan. Muayyan davr va voqeliklar jamoat binosining u yoki bu turiga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek har bir tur ichidagi muayyan tarixiy davr va iqtisodiy tuzilma uchun mos 9 bo‘lgan aniq o‘ziga xos xususiyatlar yo‘nalishini belgilab beradi. Alohida turlar o‘rtasidagi aniq chegaralarning yo‘qolib borishi, polifunksionallik, universallik, bino turini shakllantiruvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi va bir biriga qo‘shilib ketishi hozirgi kun uchun xos hisoblanadi. Arxitektura va shaharsozlikka menejment metodlarining tatbiq etilishi shahar rivojlanishi manfaatlariga zid kelishi mumkin. Shaharsozlik yo‘nalishidagi loyihalash o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy aksiya bo‘lib, jamoaviy birdamlikni ifodalaydi. Shaharsozlik komplekslarini, bir nechta binolardan tarkib topgan ko‘p funksional ansambllarning tashkil etilishi o‘rniga individual ob’yektlarni joylashtirish amaliyoti tatbiq etilmoqda. Binolarni loyihalashtirishga bu kabi yondoshish natijasida shakllanib ulgurgan shahar qabul qila olishi mumkin bo‘lgan miqdordan ko‘proq dominantalar yaratilishiga olib keladi. Bu yerda shaharsozlik boshqaruvida ahamiyatli mavqega ega yirik investorlar va banklar tomonidan “dominanto-polislar” qurishga bo‘lgan talab va buyurtmalar hajmi kun sayin ortib borishi kuzatiladi. Bu muammoning boshqa jihati sifatida shaharsozlik siyosatida ikki tomonlama yechimga ega funksiyalarning ajratilishini e’tirof etish mumkin. Bu holatni hayotning real voqeliklarini iqtisodiy konsepsiyalar asosida ajratilishi va turmushning barcha sohalarini qamrab olgan mehnat taqsimotining iqtisodiy toifalanishi natijalari bilan izohlash mumkin. Shaharsozlik nuqtai nazarida bu holat ikki tendensiya sifatida aks ettiriladi: - funksiya kooperatsiyasi va ixtisoslashuvi shaharning jamoat markazida joylashgan ko‘p qavatli kompleks bo‘lishini talab qiladi; - funksiyaning qismlarga ajratilishi shahar markazidan uzoqda joylashgan kam qavatli jamoat binolari qurilishi taqozo qiladi. Biroq, funksional zonalash nazariyasi erkin va alohida turuvchi, keng hududlar bilan o‘ralgan va tegishli energiya yo‘qotishlari mavjud bo‘lgan binolar qurilishi g‘oyasini ilgari suradi. Ushbu nazariyaning yaqqol va kundalik isboti sifatida tijorat zonalardagi avtoturargohlarni keltirish mumkin – bu inshootlar, xuddi biznes- markazlar singari tunda umuman bo‘m-bo‘sh bo‘ladilar. Xuddi shunday holatni turar-joy zonalarida kunduz soatlarida kuzatish mumkin. Ko‘p energiya sarflaydigan va “katta energiya yo‘qotishli”, ya’ni sanoat-tijorat zonalaridagi energiyani behuda sarflaydigan ulkan yuzali yassi tomlar ochiq dam olish joylari sifatida foydalanilmaydi. Muammoning yechimi ekologik loyihalash va ko‘p funksiyali universal binolarni qurish, bino fasadlarini yo‘nalishga qarab assimetrik 10 joylashtirish, sanoat-tijorat binolarining yassi tomlarida turar-joy xonalarini qurish bilan bog‘liq. Bu kabi yondoshuvlar mintaqaviy iqlim sharoitlari, qurilishning mahalliy xususiyatlari, uzoq muddat xizmat qiladigan mahalliy materiallardan foydalanish ko‘lamini kengaytirilishiga asoslanadilar. Shunday qilib, yangi mintaqaviy sifat rivojlanishi zarur. Ekologik qurilish, birinchi navbatda, mintaqaviy farqlanishlarga ega va ularni hisobga olgan holdagina bino va umuman shaharning yangi individual turini yaratish mumkin. Download 7.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling