Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Download 7,91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
7 1. TOMOSHA BINOLARINING GURUHLARI. TOMOSHA BINOLARINING TIPOLOGIK YECHIMLARI VA SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY OMILLAR Ma’lumki, san’at va madaniyatning jamiyat hayotidagi roli beqiyos va aynan shu jihat me’moriy loyihalarni yaratishda madaniy hordiq chiqarish va ommaviy tomoshalarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan binolar, muassasalar va majmualar doimo alohida o‘ringa ega bo‘lganini shartlab beradi. Turli davrlarda inshootlarning turli shakllari va ko‘rinishlari – qadimgi ibodatxonalar va imperatorlarning saroylari, ijodiy ustaxonalar va akademiyalar, xususiy kolleksiyalar va turfa yo‘nalishli ko‘rgazmalar, teatr, konsert zallari, ochiq arenalar va, nihoyat, shahar yoki qishloq muhiti va tabiiy landshaftining oddiy elementlari – san’at markazlari vazifasini bajarib kelganlar. San’atning kundalik faoliyatini ta’minlash bilan bir qatorda, san’atda yangi yo‘llar, uslublar va yo‘nalishlarni izlash, ularni targ‘ib qilish va sintetik umumlashtirish asosida o‘zaro boyitish imkoniyatlari san’at markazlari rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Bugungi kunda, ya’ni madaniy hayot serqirra va ko‘p yo‘nalishlarga ega bo‘lgan hamda o‘zining doimiy izlanishlari va nobarqarorlik holati bilan ajralib turuvchi davrda san’at markazlarining barcha turlari, shu jumladan kompleksli shakl va ko‘rinishlarining mavjud bo‘lishi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ularni yaratish va kelgusida rivojlantirishga faqat o‘tmish va hozirgi davr tajribasini o‘rganish, anglab yetish va tizimlashtirish yo‘li orqali erishish mumkin. Tomosha ko‘rsatuvchi inshootlar qatoriga kinoteatrlar, konsert zallari, klublar teatrlar, sirk, muzey va ko‘rgazmalar kiradi. Tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolarning turli me’moriy-rejali yechimlari bo‘lsada, ularni yagona kompozitsion asos – bino yadrosida bosh zalning mavjudligi – birlashtiradi. Bu turdagi binolarning ahamiyati va mavqei me’moriy obrazni nafaqat tasavvurning muayyan shakli, balki shaharsozlik masalalarini yechimini topish uchun zarur bo‘lgan ob’yektning noyobligini belgilashdek o‘ta muhim jihatga uzviy bog‘liq ekanligini shartlab beradi. Download 7,91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling