Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


ALISHER NAVOIY IJODINI O‘RGANISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
ALISHER NAVOIY IJODINI O‘RGANISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI 
Mamatazizova Mavjuda G‘ulomjonovna, o‘qituvchi
Andijon viloyati Xonobod shahar 1 - maktab
mavj_uz@inbox.uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodini o‘rganishning tarbiyaviy ahamiyati 
yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: maktab, Alisher Navoiyning, badiiy asar, tarbiya.
Yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar
yuksak insoniy fazilatlarni qadrlash ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy tahdidlardan 
himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalari davlatimizning doimiy 
diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. 
Ta’limda milliy g‘oyani bolalar qalbi va ongiga singdirish vositalari juda ko‘p, albatta. Ulardan eng 
asosiysi badiiy adabiyot hisoblanadi, badiiy adabiyot orqali bolalar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, 
vatanga sadoqat, ezgulik, fidoiylik, mardlik kabi tuyg‘ular singdirilib, ular ushbu ma’naviy-axloqiy 
muhitda tarbiyalanadi. Odob deya atalmish yuksak axloqiy fazilatni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 
Navoiyning bobomizning betakror ibratli so‘zlari orqali yetkazish o‘ylaymanki, ancha samarali bo‘ladi, 
ya’ni Navoiy fikricha odob insonlargagina xos bo‘lgan yuksak axloqiy fazilatlardan sanaladi. Ana shu 
yuksak fazilatdan bebahra bo‘lgan kishi hech qachon jamiyatda e’tibor qozona olmaydi, do‘st orttira 
olmaydi, taqdirning o‘zi bu kabi insonlarni odamlar orasidagi o‘rnini belgilab berdi. 
Mutafakkirning odob haqidagi quyidagi betakror fikrlari tahsinga loyiqdir: Qahqahdan kabk 
navo kelturib, 
boshig‘a ul kulgu balo keltirib. 
G‘uncha kulib bo‘ldi ochilmoq anga
Yetti ochilmoqda sochilmoq anga. 
Barqni kulgu yiqibon tog‘ aro, 
balki qilib yer quyi tirnog‘ aro. 
Shuningdek, Alisher Navoiyning dostonlari tarkibidagi qator ibratli hikoyalar: «Donolar 
donosi», «Sher bilan durroj», «Ikki vafoli yor», «bir kabutar», «hotam toyi» kabi hikoyalari, 
«Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz», «Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur», «bilmaganin so‘rab o‘rgangan 
olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim» kabi hikmatli so‘zlari bolalarga turmushda, jamiyatda, 
o‘z jamoasida yurish-turishning to‘g‘ri qoidalarini egallashida, ularda ijobiy fazilatlarning 
shakllanishida katta yordam beradi. bolalar buyuk mutafakkirlarimiz haqida faqat ilk ma’lumotga 
ega bo‘lib qolmasdan, balki ularning boy ma’naviy merosi haqida ham tasavvurga ega bo‘ladilar. 
Mashg‘ulotlar jarayonida ulug‘ bobokalonimizning hayotiy sodda so‘zlar bilan aytilgan ibratli 
fikrlaridan bolalar yurtimiz buyuk allomalar yurti ekanligini his eta borib ularda bundan faxrlanish, 
g‘ururlanish tuyg‘ulari shakllana boshlaydi. badiiy asar bolalarning axloqi, bilimi, dunyoqarashining 
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bolalar she’r, ertak, hikoyalarni qiziqib 
tinglaydilar, ijobiy qahramonlar obraziga taqlid qiladilar, ularning xatti-harakatini, so‘zlarini eslab 
qoladilar. O‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish bilan birga bolalar o‘zlariga 
berilgan rollar, asar qahramonlarining obrazlari, she’rlar orqali, o‘rtoqlarining quvonchiga, 
qayg‘usiga sherik bo‘lish, o‘stirgan guli qurib qolsa qayg‘urish, birovlarning narsasini so‘roqsiz 
olmaslik, o‘rtog‘iga ko‘maklashish, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish kerakligini 
tushunib, «uvol», «gunoh», «savob», «haq», «nohaq» kabi so‘zlarning ma’nosini uqib boradilar. 
Bolada yoshlik chog‘idanoq atrofdan go‘zallik axtarish, zavqlanish, go‘zallikni his qilishning 
ilk tuyg‘ulari uyg‘ona boshlaydi. Ana shu ilk tuyg‘u bolada atrofdagilarga nisbatan insoniylikni 
tarbiyalash uchun asos bo‘la oladi. Eng muhimi, bolaning atrofdagi voqea va hodisalarga nisbatan 
beparvo bo‘lmasligidir. bu beparvolik oilaga, qolaversa, jamiyatga juda qimmatga tushadi. Zero, 
bugungi yoshlarni ajdodlarga munisib bo‘lishlari, sharqning yuksak tarbiya maktabini mukammal 
egallab, uni avlodlarga yetishlari jamiyatimiz oldida turgan zaruriy shartlardandir. 
Adabiyotlar:
1. hamroyev M.A. O‘zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi. -T:. 2013.
2. Qodirova f. Pedagogik kadrlarga ilg‘or pedagogik texnologiyalar haqida. Til va adabiyot 
jurnali. 2001.


96

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling