Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TARBIYANING AHAMIYATI


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TARBIYANING AHAMIYATI
Choriyeva Shahnoza G‘aniyevna
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 
«Barkamol avlod « bolalar maktabi «Yosh jurnalist va notiq» to‘garak rahbari 
Annotatsiya: Maqolada ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasi va unga xos
xususiyatlar haqida fikr yuritilgan.Ertangi kun egalarimizning,tarbiyasi va unga bo‘lgan
qarashlarimiz to‘laqonli ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: tarbiya, ma’naviyat, dunyoqarash, uyushqoqlik, ko‘nikma, psixolog.
O‘z mustaqilligiga erishgan yurtimizda kelajak avlodlarimiz bo‘lgan yoshlarga alohida e’tibor 
berilib, ularning har tomonlama rivojlangan komil shaxs hamda raqobatbardosh kadrlar sifatida 
shakllanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. 
bizga ma’lumki, yosh avlod ma’naviyati shubhasiz ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Ta’lim 
jarayonining ajralmas qismi hisoblangan tarbiyaga bo‘lgan e’tibor yurtimizda har qachongidan ham 
muhim dolzarblik kasb etmoqda. O‘quvchi o‘quv jarayonining davomi sifatida bevosita tarbiyaviy 
ishlarda ishtirok etadi. Uning darsda olgan bilimi, dunyoqarashi, qiziqishi, imkoniyatlari tarbiyaviy 
ishlarda namoyon bo‘ladi, mustahkamlanadi. Eng asosiysi o‘quvchi tarbiyaviy ishlarda qatnashish 
jarayonida o‘z-o‘zini anglaydi, ijodkorligi o‘sadi, olgan bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rganadi, 
shuningdek, ularda jamoatchilik, uyushqoqlik, hamdardlik kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Shunday 
ekan, ta’lim tizimi oldida turgan asosiy masalalardan biri ham tarbiyaviy ishlarni maqsadga 
muvofiq tarzda tashkil etish, samaradorligini oshirish, yosh avlodda g‘oyaviy-siyosiy bilimdonlikni 
oshirishdan iboratdir. Ushbu masalaning yana muhim tomonilaridan biri shuki, bugungi kunda 
tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda zamonaviylikka asoslanish, ya’ni tarbiyaviy ishlarda zamonaviy 
pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik jarayonda talab etilayotgan masaladir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi 
faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida 
ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani 
shakllantirish, yoshlarni boy madaniy me’rosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil 
insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. 
Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga 
yo‘naltirilgan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning 
asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, 
yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatini tashkil qilishga yunaltirilgan sinfdan tashqari 
tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati- o‘quvchi kundalik hayotining namoyon bo‘lishidir. 
O‘quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok 
etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok 
etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma’naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, 
ular bugungi kunda o‘quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini ustirish maqsadida 
tashkil qilinadi. har qanday sinfdan tashqari mashg‘ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalar qo‘yiladi. 
Ularning har biri o‘zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, 
mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘qituvchilarning yillik ish rejalarida 
aniq ko‘rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo‘lishi lozim. boshlang‘ich sinflarda tashkil 
etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilar hayoti bilan ya’ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam 
qo‘ygan kunlaridan boshlanadi.Mustaqillik bayrami, 2-sentabr, kuz bayrami, konstitutsiya kuni, 
Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, mashhur allomalarning tug‘ilgan kunlari, 8-mart, 
Navro‘z bayrami, gullar bayrami kabilar.
Aynan o‘qituvchi bolalar uchun andoza sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda 
birinchi muallim bolalar uchun ulug‘ zot sifatida gavdalanadi va bolalar uchun andoza bo‘ladi. 
Shunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativligi, xarakatchanlagi, bolalarni tushuna 
bilishi, kommunikativ va pertseptiv (bolani tushuna olish) qobiliyatlari bilan bir qatorda muhim 


125
10
ahamiyat kasb etadi. chunki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakatchanlik, qiziquvchanlik 
hamda bilishga bo‘lgan ishtiyoq kuchli bo‘lishi psixolog olimlar tomoniddan ilmiy jihatdan 
asoslangan. faqatgina bunday qiziqish va ishtiyohlarni ijobiy tomonga yo‘naltirish talab etiladi. 
Buning uchun esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan yanada ko‘proq izlanishni, ijodkorlikni va 
novatorlikni talab etadi. 
Adabiyotlar:
1. baratov Sh. O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari.-T.:O‘qituvchi,1995
2. Erkayev A. Ma’naviyat - millat nishoni.- T.: Ma’naviyat, 1997
3. hasanboyeva O. Guruhlarda tarbiyaviy ishlar. - T.: O‘qituvchi, 1994


126

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling