Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
ADABIYOT — MUAMMOLAR YECHIMI
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
ADABIYOT — MUAMMOLAR YECHIMI Axmadaliyeva Dildoraxon Rustamovna Andijon viloyati Buloqboshi tumani 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Telefon: +90 549 83 28 Annotatsiya: Ushbu maqolada adabiyotning buyuk qudratga ega ekanligi,inson hayotidagi barcha muammolarga u orqali yechim topa olishi tahlilga olingan.badiiy adabiyot—ma’naviyat xazinasi,ruhiy kamolot vositasi,eng asosiysi,barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi qayd etilgan. Kalit so‘zlar: adabiyot, ilmiy adabiyot, badiiy adabiyot, muammo, yechim, san’at, abstraksionizm. Adabiyot—ma’lum bir xalqning muayyan davrdagi badiiy,ilmiy va boshqa asarlar yig‘indisi. U 2 ga bo‘linadi: – Ilmiy adabiyot – Badiiy adabiyot U tor va keng ma’noda ishlatilinadi.Tor ma’noda badiiy adabiyotni anglatsa,keng ma’noda inson tafakkurining mahsuli bo‘lgan muayyan qimmatga ega har qanday yozma asarni ifodalaydi.keyingi ma’nodagi adabiyot ilmiy adabiyot sifatida e’tirof etiladi. Ilmiy adabiyotga jtimoiy, siyosiy, publitsistik, memuar, tarixiy, ensiklopedik va shu kabi boshqa yo‘nalishdagi kitoblar kiradi. Badiiy adabiyot—borliqni obrazli ko‘rish va timsollar asosida aks ettirish mahsuli bo‘lgan badiiy asarlar majmuidir. Uning quroli—badiiy so‘z hisoblanib,u buyuk qudratga egadir.badiiy adabiyot so‘z yordamida yaratiladi. Inson qalbiga yo‘l ham o‘sha so‘z orqali topiladi.Shu bois ham barcha muammolarning yechimi—adabiyot sanaladi. Inson biror-bir badiiy asar o‘qir ekan, qahramonlar shodligidan quvonadi, g‘am-tashvishlarini o‘zinikidek his qiladi. Asar qahramonlari yo‘l qo‘ygan xatoliklardan saboq oladi,uni o‘z hayotida qaytarmaslik uchun harakat qiladilar. Xalq og‘zaki ijodida ta’kidlanganidek:” Odobni beodobdan o‘rgan”. [2-b.200] Zero, o‘quvchi o‘zini qiynagan savollarga adabiyot orqali javob oladi. Abadiyot—arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, adab so‘zining ko‘pligidir. Adab—yaxshi xulq. [1-b.11]. Yuksak insoniy fazilatlari bilan lol qoldirgan To‘maris, Oybarchin, Qaldirg‘och, Xolbeka, Shirin,Kumush, Zebi,Ra’no,Oygul kabi qahramonlarimizdan har tomonlama o‘rnak olsak arziydi. Muammo—hal qilinishi kerak bo‘lgan narsa,masala[1-b.139]. Yechim—masalaning javobi;asarda voqealarning yakuni.[1- b.293]. hayotda bo‘lgani kabi har qanday asarda muammo bo‘ladi.Asar qahramonlari o‘zlarining aql-idroklari,faxm-farosatlari, tinimsiz sa’y harakatlari orqali muammolarni bartaraf etadilar. demak,muammolardan qutulishning birdan-bir yo‘li unga qarshi borishdir. Dunyoni kashf etib,dunyoni bildik, Tatqiq eta oldik yomg‘irni, qorni, Falak peshtoqiga bayroqni ildik, bildik borliq aro har neki borni. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling