Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


YOSHLARNI INFORMATSION-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
YOSHLARNI INFORMATSION-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH 
VA ULARNING SALBIY INFORMATSION-PSIXOLOGIK TA’SIRLARDAN 
HIMOYALASH
Akbarova Umidaxon Valiyevna 
Andijon viloyati Baliqchi tumani
6-son Davlat ixtisoslashtirilgan 
umumta’lim maktab internati
Amaliyotchi psixologi
+998934287837
Annotatasiya: Maqolada mamlakatimiz yoshlarining informatsion-psixologik xavfsizligini 
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan axborotlardan foydalanish ko‘nikmalari ko‘rsatib 
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar. Axborot xavfsizligi, mafkuraviy immunitet, yoshlar, yoshlar siyosati, ta’lim, 
tarbiya, ijtimoi-psixologik xavfsizlik
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni yoshlarni 
har tomonlama mukammal etib voyaga yetkazishda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va qonuniy 
chora-tadbirlar tizimini mukammallashtirishni nazarda tutadi.
Qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, 
ular qatorida yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan
hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash; yoshlarni axloqiy negizlarni 
buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, 
fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilishga alohida e’tibor 
qaratilgan.
Shu jihatdan qaraganda, shaxs va jamiyatning informatsion-psixologik xavfsizligini ta’minlash 
fanlararo muammo bo‘lib, turli mutaxassislarning birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi. keyingi 
yillarda mamlakatimiz ilm-fanida shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning yo‘l, 
shakl, vosita, usul, shart-sharoitlariga bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlar paydo bo‘ldi. 
Shaxsni salbiy informatsion ta’sirlardan himoyalash, informatsion-psixologik xavfsizlikni 
ta’minlash yo‘nalishiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili bu boradagi eng muhim 
vositalardan biri – insonga qo‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish, 
o‘zgalar fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z nuqtayi nazarini asoslab berish va saqlab qolish 
imkoniyatiga ega bo‘lishiga asoslanganligini, ya’ni tanqidiy tafakkur shakllanganligini ko‘rsatdi. 
Ammo yoshlarni salbiy axborot ta’sirlaridan himoyalashda tanqidiy tafakkur shakllantirilishini 
tadqiq etishning dolzarbligi bir qator mavjud ziddiyatlar bilan tavsiflanadi. Xususan:
– ijtimoiy-pedagogik xarakterdagi, ya’ni kasbiy faoliyatda salbiy informatsion ta’sirlardan 
himoyalanishga, informatsion-psixologik xavfsizligini ta’minlashga qodir mutaxassislarga 
bo‘lgan jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi hamda ijtimoiy tuzilmalarning mazkur vazifani ba’zan 
yetarli darajada, to‘liq uddalay olmasligi;
ilmiy-nazariy xarakterdagi, ya’ni yoshlarni salbiy axborot ta’sirlaridan himoyalashda tanqidiy 
tafakkur shakllantirilishining ilmiy asoslangan modelini yaratish zaruriyati hamda uning nazariy 
jihatdan ishlab chiqilmaganligi;
Ushbu ziddiyatlar kasbiy faoliyatda, yoshlarni salbiy axborot ta’sirlaridan himoyalashda tanqidiy 
tafakkur shakllantirilishining tegishli tamoyillari, mazmuni, shart-sharoitlari, metodikalarini 
aniqlashtirish muammosini asoslaydi. kasbiy faoliyatdagi salbiy informatsion ta’sir sifatida 
negativ mazmundagi manipulyativ xarakterga ega informatsion- psixologik ta’sirlarni ko‘rsatish 
mumkin.
Umuman olganda, informatsion-psixologik xavfsizlik – muayyan shaxs yoki shaxslar 
guruhining informatsion sohada salbiy informatsion-psixologik ta’sirlardan himoyalanganlik 
holati va shu bilan bog‘liq shaxs, davlat va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlari.
Salbiy informatsion-psixologik ta’sir – shaxs yoki insonning ruhiyatiga ta’sir etuvchi maxsus 
vosita va usullar orqali ularning ixtiyori, roziligisiz ta’sir ko‘rsatish. bunday ta’sirning shaxs, 
davlat hamda jamiyat uchun natijasi salbiy hisoblanadi.


23
10
G.V. Grachev shaxs informatsion-psixologik xavfsizligini inson psixikasining turli- tuman 
informatsion omillar ta’siridan himoyalanganligi holati sifatida talqin qiladi. bunday informatsion 
omillar sirasiga insonning adekvat ijtimoiy xulq-atvori shakllanishiga, shuningdek, uning o‘ziga 
va atrof-muhitga subyektiv munosabatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Informatsion-
psixologik ta’sir tushunchasi mazmunini oydinlashtirishda G.V. Grachev muayyan jihatlarga 
e’tibor qaratadi. birinchidan, mazkur tushunchada axborotning insonlarga yo‘naltirilgan maxsus 
vosita sifatidagi maqsadli funksiyasiga urg‘u beriladi. Ikkinchidan, informatsion ta’sir obyekti 
– inson psixikasi xususiyatlari tahlil etiladi. hozirgi kunda ushbu tushunchani qo‘llash inson 
hissiyotlari va sezgi organlariga ramziy-belgi hamda timsolli vositalar orqali ko‘rsatiladigan 
psixologik ta’sir turini tavsiflashga asos bo‘ladi.
Informatsion jarayonlar shiddat bilan kechayotgan hozirgi davrda o‘zida aqliy-ratsional 
(informatsion jihat) va hissiy (psixologik jihat) unsurlarni jamlovchi informatsion- psixologik 
ta’sir insonlar salomatligiga putur yetishiga ham sabab bo‘lyapti. Xususan, ekologiya va 
ijtimoiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan hozirgi zamon odami uchun real xavf-xatar mavjuddir. Shu 
yo‘nalishda tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning fikricha, informatsion-psixologik xavfsizlik 
deganda, inson psixikasining turli destruktiv information ta’sir (shaxs ongi yoki ong osti sohasiga 
muayyan buzg‘unchi g‘oya, halokatga olib keluvchi yoki zararli axborotning kiritilishi)dan 
himoyalanishi nazarda tutiladi. Informatsion-psixologik jihatdan muhofaza qilinmagan inson 
yon-atrofdagi voqealarni noadekvat idrok etadi, uning hayotiy muhim manfaatlari, erki, qadr-
qimmati poymol etiladi.
Yoshlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalash, ularni salbiy-informatsion- psixologik 
ta’sirdan muhofaza qilishning ijtimoiy-psixologik asoslarini yaratishda antimanipulyativ xulq-
atvorni shakllantirishga alohida e’tibor berish zarur. Antimanipulyativ xulq dogmatik xarakterga 
ega bo‘lmasdan, uning rivojlanishiga ijtimoiy, biologik, psixologik va siyosiy omillar ta’sir 
o‘tkazadi. Ushbu xulq modelini yaratishda ijtimoiy- biologik, ruhiy-ijtimoiy unsurlardan 
foydalanish samarali natija beradi. Shaxsga xos bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlar bilan 
nosog‘lom ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro moslik va ularning bir-birini to‘ldirishi yoshlarning 
yot, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga imkon yaratadi. Yoshlarda tegishli xulq 
shakllanmaganligi, mafkuraviy immunitet tarkib topmaganligi, axborot iste’moli madaniyati 
lozim darajada rivojlanmaganligi ularning nojoiz g‘oyalar ta’siriga tushishida asosiy sabablar 
sifatida namoyon bo‘ladi. O‘smirlar, yigit va qizlarni destruktiv g‘oyalar ta’siridan himoyalashga 
qaratilgan chora-tadbirlar va tavsiyalarni ishlab chiqishda ijtimoiy-psixologik, individual- 
psixologik, yosh, jinsiy, hududiy, demografik, etnopsixologik xususiyatlarni inobatga olish lozim.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, yoshlar xulqining anglanmagan regulyativ 
mexanizmlarini o‘rganish, shaxs xususiyatlari bilan bog‘liq yoshlik davriga xos himoya 
mexanizmlarini tadqiq etish, jins xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda yoshlik davridagi 
psixologik himoya ko‘rinishlarining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilish, shaxsning yoshlik davrini 
tavsiflovchi hissiy-irodaviy, kommunikativ, intellektual xususiyatlarini o‘rganish, shaxsning 
individual-psixologik tavsifi va turli himoya mexanizmlari xususiyatlari o‘rtasidagi mutanosiblik, 
bog‘liqlikni batafsil tadqiq qilish psixologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar oldida turgan dolzarb 
vazifalardan biri hisoblanadi. 
foydalanilgan adabiyotlar.
1. Qodirov U.d. Yoshlarni destruktiv ta’sirlardan himoyalashning psixologik jihatlari. 
Monografiya. – T.: fan va texnologiyalar nashriyoti, 2013
2. грачев г.В. Личность и общество: информационно-психологическая безопасность и 
психологическая защита. – м.: ПЕРСЭ, 2003.
3. Решетникова С.ю., Смолян г.Л. Проблемы информационно-психологи- ческой без-
опасности: сборник статей и материалов конференции. – м.: Изд- во ин-та психологии 
РАН, 1996


24

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling