Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
DARSLAR SAMARADORLOGIDA MUSTAQIL ISHLARNING AHAMIYATI
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotasiya.
10
DARSLAR SAMARADORLOGIDA MUSTAQIL ISHLARNING AHAMIYATI Azimov Umid – o‘qituvchi Navoiy shahar, 16-umumiy o‘rta maktab Nasirova Shaira-texnika fanlari doktori, professor, Navoiy davlat pedagogika instituti telefon: +998 90 646 36 09 nosirova_61@mail.ru Annotasiya. Ushbu maqolada darslar samaradorligida mustaqil ishlarni tashkil etishning xususiyatlari va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: maktab, axborotlashtirish, ta’lim, o‘quvchi, bilim, AkT, vosita, aloqa, tizim. Informatika va axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy texnika o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoniga xos ishlarni tashkil etish usullari va shakllari xilma- xildir. Mazkur jarayonning ajralmas qismi talabalarning mustaqil ishlashidir. Mustaqil ishlar joriy o‘quv jarayoni bilan birgalikda va uzviy bog‘liqlikda olib boriladi. Umuman mustaqillik – shaxs xarakterining xususiyatlaridan biri bo‘lib, insonning tafakkur tizimida, turli ko‘rinishdagi faoliyat va harakatlarida aks etadi. Mustaqillik tushunchasi oliy o‘quv yurti talabasiga nisbatan aytilganda, unda talaba o‘z oldida turgan vazi-falarni, chunonchi bo‘lajak mutaxassis sifatida shakl-lanishida egallagan barcha bilimlarni yanada mustahkamlash va unga intilish tushunchasini bildirishi mumkin. Bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish - talaba faoliyatining oliy o‘quv yurtidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‘qib bilim orttirish asosi hisoblanadi. O‘qib bilim egal- lash talabalarning mustaqil tayyorgarlik ko‘rishi, o‘qishga ijodiy tomondan yondashishi demak- dir. Mustaqil o‘qish o‘quv jarayoni bilan birga belgilangan dastur va darsliklar bo‘yicha, ba’zi hollarda mazkur dastur va darsliklardan chetga chiqqan holda olib boriladi. Mustaqil ravishda bilish doirasini kengaytirish hamda qo‘shimcha nazariy va amaliy materialni egallash talaba egallayotgan kasbiy malaka va ishlab chiqarishda mustaqil ishlay bilish ko‘nikmasini orttirish bilan chambarchas bog‘langan. Agar o‘quv jarayoni dasturlar va dars jadvalida ko‘rsatilgan mashg‘ulotlar bilan cheklangan, olib boriladigan barcha mashg‘ulotlar dars xonasida tugallanadigan bo‘lsa, u holda texnika sohasida tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilimi bir tomonlama bo‘lgan bo‘lar edi. Aytish lozimki, o‘quv jarayonining xolis o‘zi mutaxassislar tayyorlash uchun etarli emas. O‘qish jarayoni mustaqil bilim orttirish bilan uyg‘unlashtirgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Oliy texnika o‘quv yurtlarida talabalarning bilimlarini egallashdagi mustaqilligini rivojlantirishda ma’ruza matnlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy nashr- lar, texnikaga oid jurnallar, hamdo‘stlik mamlakatlari va chet ellarda chop etilgan adabiyotlar, turli xil bildirgichlarning vositasi kattadir. Ma’ruza matnlari va darsliklar bo‘yicha talaba dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan berilgan o‘quv materialini takrorlaydi va mustahkamlaydi[1]. Bunda talabalar darsliklardan o‘qituvchi topshirig‘i bo‘yicha o‘quv materialining ma’lum qismini mustaqil o‘rganadilar. biroq texnika bo‘yicha mutaxassislikni egallayotgan talabalar uchun faqat darsliklar, ma’ruza matnlari bilan cheklanib qolish etarli emas. Turli xil texnikani ishlab chiqaruvchi va ulardan foydalanuvchi korxonalarda mashinalarni loyihalashda, ishlatishda foydalanilayotgan yo‘riqnomalardan va texnika sohasiga xos ilmiy-texnik adabiyotlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish talabalar bilimini to‘ldirishga va kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Darsliklar va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlay bilishdek ishlarni unumli yoki foydali tashkil etish misollari umumpedagogik muammolarning bir qismidir. bilimlarni bevosita kitoblardan o‘zlashtirish, ya’ni talabalarni mustaqil ishlashi vaqtda oliy o‘quv yurtlarida bilvosita dars jarayonlarida, darsdan tashqari uy vazifalarini bajarishda amalga oshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1, Аbduqodirov А.А., haitov A.G‘., Shodiev R.R. “Аxborot texnologiyalari”. Т. “O‘qituv- chi”. 2002. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling