Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Abdurashidova Shaxzoda Xudoyberdiyevna
Sirdaryo viloyati Guliston shahri 
Guliston olimpia zaxiralari maktab internati
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
Tel:916224651
Abidova XusnidaxonAbduvosidovna
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani 
43- maktab onatili va adabiyoti o‘qituvchisi
Tel:993275509
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili darslarini samarali tashkil etishda interfaol metodlardan 
foydalanishning afzalliklari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, 
“Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-
zina”, “Muzyorar”, “Insert metodi”, “Sinkveyn metodi”.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini 
kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini 
tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari 
hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan 
metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, 
ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari 
hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha 
qo‘llash mumkin. bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga 
oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: Interfaol 
metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, 
“Muammoli ta’lim” va b.Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “bumerang”, “Galereya”, 
“Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va h.k. Interfaol 
ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga 
yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi.
Bugungi kunda har bir dars mashg‘ulotida turli xildagi dars metodlaridan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Sababi o‘quvchi bir turdagi dars jarayonidan zerikishi va darsni o‘zlashtirish darajasi 
pasayib ketishi mumkin. barcha fanlar qatori ona tili darslarini samarali tashkil etish hamda 
o‘qitishning yuqori darajada tashkil etish maqsadida pedagoglar tomonidan ko‘plab yangidan – 
yangi metodlar qo‘llanib kelinmoqda, masalan, 8-sinflarda so‘z birikmasi haqidagi dars jarayonini 
tashkil etishni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin bo‘ladi. bizga ma’lumki, so‘zlarning tildagi 
muayyan qonun - qoidalari asosida o‘zaro birikuvidan so‘z birikmalari va gaplar hosil bo‘ladi. 
So‘z birikmalari va gaplar o‘z qurilishi va ifoda mazmuniga ko‘ra farqlanadi. So‘z birikmalari 
va gaplar qurilishi va ifoda xususiyatlarni o‘rganuvchi til bo‘limi sintaksis deyiladi. Sintaksis 
so‘zlarni bir biri bilan bog‘lanishi hamda gap tuzilishi qonun qoidalarini o‘rgangan holda unga: 
1. so‘z birikmasi sintaksisi 
2. gap sintaksisi
kabi bo‘limlar mavjuddir. Shunga o‘xshash ma’lumotlarni berishda o‘quvchilar xotirasida tez 
qolishi uchun “Sinkveyn metodi”dan foydalanish mumkin. bu uchun birinchi qatordagi bir so‘z 
belgilanadi. Ikkinchi qatorda so‘z birikmasi qilib beriladi.
Uchinchi qatorda shu so‘z birikmasini uch so‘z bilan ta’riflanadi. To‘rtinchi qatorda mavzuga 
munosabatini bildiruvchi to‘rt so‘zli misra hosil qilinadi.
beshinchi qatorda so‘z birikmasiga sinonimi tanlanadi. bu usulni qo‘llashda proektirdan
foydalanish yaxshi samara beradi. So‘z birikmasi hokim so‘zining qaysi turkumga oid so‘z bilan 
ifodalanishini tushuntirishda “T chizmasi metodi” yaxshi natija beradi. O‘quvchilar ikki guruhga 
bo‘linadilar; 
- otli so‘z birikmasi guruhi 
- fe’lli so‘z birikmasi guruhi 


74
10
Har bir guruh o‘quvchisi o‘zi foydalanayotgan kompyuterida belgilangan vaqt ichida so‘z 
birikmalarini yozib boradilar. Qaysi guruh tez bajarsa, o‘sha guruh rag‘batlantiriladi. So‘z 
birikmasida ham, so‘zda ham qismlar bir xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘lishi, har ikkalasi ham 
bir xil gramatik shaklga ega bo‘lishi mumkin. bu ularning shakliy o‘xshashligidir, lekin so‘z 
birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. Qo‘shma so‘z tarkibidagi qismlarning 
ma’nosi esa saqlanmagan bo‘ladi. Qo‘shma so‘zning umumiy ma’nosi orqali anglashiladi. So‘z 
birikmasidagi qismlar orasida gramatik aloqa esa yo‘qolgan bo‘ladi. So‘z birikmasi tashkil qilgan 
qismlarning har biriga alohida – alohida so‘roq berishi mumkin: kitobni o‘qimoq, uydan chiqmoq 
kabi qo‘shma so‘zlarga esa yaxlit bir savol berishi mumkin: kungaboqar (nima?), kamquvvat 
(qanday?) so‘z birikmasining qismlari o‘z mustaqil so‘z urg‘usini saqlagan bo‘ladi. O‘quvchilarga 
qo‘shma so‘z va so‘z birikmasini farqini tushuntirgandan so‘ng “Insert metodi”dan foydalanish 
lozim. Ya’ni, o‘quvchilarga matn beriladi. Matndagi so‘z birikmasi, qo‘shma so‘z, otli birikma va 
fe’lli birikmalarni quyidagi belgilar orqali belgilanishi topshiriq qilib beriladi. V, +, –, ?
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi 
o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmoqda. bu metodlarni qo‘llash 
mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat 
qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://fayllar.org/boshlangich-sinf-oqish-darsini-yangi-pedagogik-texnologiyalar.html
2. “О’ZbEk TILI О‘QITIShNING AMALIY METOdIkASI” E.Jabborov, G.Тilovova, 
G.Meyliyeva Qarshi –Nasaf-2010


75

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling