Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
 “G‘ARBIY QIT’A” 
Siddiqov Qobiljon Parxodjonovich
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim 
maktabida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi
Telefon: +998(93) 405 03 08
Annotatsiya: Quyida berilgan ilmiy maqolada “G‘arbiy qit’a” to‘g‘risida pedagogik nuqtai 
nazardan yondashishga harakat qilingan ya’ni - Аmerika qit’asi bilan 1492-yilgi, kolumb 
sayohatigacha Amerikaga kelgan turli millatlar, italiyalik Toskanellining va Beruniyning yer 
sharining shakli to‘g‘risidagi qarashlari va boshqa ilmiy ma’lumotlar berishga qisqacha harakat 
qilingan.
Kalit so‘zlar: Аmerika, Xristofor kolumb, Portugaliya, Madeyra, Skandinav, kurka, R. Svit, 
“Terra Аustralis inkognito”, Teskari yerlar, Toskanelli, hindiston, chipangu, Martin bexaym
Ma’mura, hamqutr, Said hasan boroniy, “Qonuni Mas’udiy”, “Saydana.
Аmerika qit’asini 1492-yil oktyabr oyida dengiz sayyohi Xristofor kolumb kashf etgan 
deyiladi. Аmmo Аmerika qit’asinnng kolumb kashf etishidan ilgari ham ma’lum bo‘lganligi 
to‘g‘risida keyingi 40 – 50-yil ichida bir qancha hujjatlar topildi. XV asr o‘rtalaridayoq 
portugaliyalik dengizchilar Аmerikaning markaziy orollariga borib-kelib turganlar, lekin o‘z 
safarlarini sir tutganlar; bu haqdagi yozma axborotlar, kemalarning kundalik daftarlari Portugaliya 
va unga qarashli Madeyra oroli hokimlarining arxivlarida qolib ketgan. hatto, qadimiy amer-
ikalik sayyohlarning o‘zlari Yevropaga kelib-ketib turganlar, degan taxminlar ham yo‘q emas. 
Skandinavlar ham Аmerikaga borganlar va ba’zi buyumlarni, chunonchi, kurkani birinchi marta 
shu yerdan olib kelganlar, degan mulohazalar ham bor
1
.
Xozirgi tarixiy-geografik asarlarda Аmerikaga Markaziy afrikaliklarning kolumbdan oldin 
borganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor, Ganalik rassom R. Svitning afrikaliklarning mahalliy 
amerikaliklar bilan do‘stona uchrashuvlari manzarasini tasvirlagan surati ham mavjud. XV as-
rdan oldin Аmerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar borganligi ham tilga 
olinmoqda. Yangi tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Аmerikaga dastlab gruzinlar va basklar borganga 
o‘xshaydi. Xullas, Аmerika qit’asiga birinchi bo‘lib kolumb borgan emas. Lekin keyinchalik 
Аmerika deb atalgan “Yangi qit’a”ning kashf etilishida kolumb safarining tarixiy ahamiyati juda 
kattadir. 
Kolumb sayohatigacha Yevropa olimlari yer sharini ikki pallaga, ya’ni g‘arbiy va sharqiy 
yarimsharlarga ajratib, g‘arbiy yarimshar asosan suvlikdan iborat, quruqlikning hammasi faqat 
sharqiy yarimsharda, deb o‘ylaganlar. Ularning fikricha, butun dunyo ana shu ko‘hna Yevropa, 
Аfrika va Osiyodan, ehtimol, Janubiy quruqlikdan iborat bo‘lgandir. Аntik dunyo va o‘rta asr 
Yevropa olimlarining Janubiy Noma’lum yer (“Terra Аustralis inkognito”) to‘g‘risidagi ko‘pgina 
farazlari diqqatga sozovordir. Lekin g‘arbda, Аtlantika okeani orqasida yaxlit quruqlik bo‘lishi 
mumkinligi to‘g‘risida ular biror asosli fikr ayta olmaganlar. Qadimgi olimlardan ba’zilari faraz 
qilgan Аtlantida va Аntipodlar (teskari yerlar) haqidagi fikrlar o‘rta asrlardayoq unutilib ketgan. 
hozirgi tarixiy-geografik kitoblarning chet tillarda bosilganida ham, rus tilidagilarida ham 
Аmerika qit’asi kashf etilishi arafasida Yevropa olimlarining allaqanday “bashoratlari” tilga 
olinadi. Jumladan, italiyalik Toskanellining Yerning sharsimonligiga asoslanib, hindistonga 
bormoq uchun sharqqa yursa ham, g‘arbga yursa ham bo‘ladi, degan fikri kolumbga dalda 
bergan, deyiladi. Toskanellining bunday “yo‘l ko‘rsatishi” oqilona fikr; biroq bu, g‘arbda yangi 
quruqlik bor degan so‘z emas. Uning chizib bergan kartasi bo‘yicha Ispaniyadan g‘arbga tomon 
yurib to‘ppa-to‘g‘ri chipangu (Yaponiya) dan chiqish, so‘ngra hindistonga borib yetish kerak edi; 
uning kartasiga qaraganda yo‘lda boshqa hech qanday quruqlik uchramaydi. demak, Toskanelli 
Аmerika qit’asi borligini xayoliga ham keltirmagan edi. 
Martin bexaym ishlagan globusda sharqiy yarimshardagi yerlargina ko‘rsatilgan. bu globusda 
G‘arbiy Yevropa bilan Sharqiy Osiyo orollari orasida (ya’ni Tinch okean bilan Аtlantika o‘rtasida) 
hech qanday quruqlik yo‘q. 
Shunday qilib, Аmerika qit’asi tasodifan kashf etilgan; uning borligini biron bir yevropalik 
1
ҳасанов ҳ. Сайёх олимлар. –Т.: Ўзбекистон, 1981. –Б. 95.


77
10
olim yoki dengiz sayyohi oldindan bashorat qilolmagan. kolumbning “G‘arbga yursam Osiyoga 
yaqinroq bo‘ladi” degan katta xatosi geografiya tarixida juda katta kashfiyotga sabab bo‘ldi, 
ya’ni g‘arbiy yarimsharda katta quruqlik borligi aniqlandi. 
Аfsuski, G‘arbiy Yevropadagi geograflar va ularga taqlid etuvchi ba’zi tarixchi geograflarimiz 
XV – XVI asrdagi buyuk kashfiyotlar tarixini yoritishda quyidagi muhim masalani yo mutlaqo 
tilga olmaydilar, yoki faqat “g‘arbchasiga” izohlaydilar. 
biz o‘rtaosiyolik olim beruniyning yer sharining shakli to‘g‘risidagi ajoyib fikrlarini ko‘p 
eslaymiz. Uning bu ta’limoti buyuk geografik kashfiyotlar davrining boshlanishiga zamin tayyor-
lagan. Аbu Rayhon beruniy o‘zining “Xindiston” asarida yer yuzasining tuzilishi, dengiz va 
quruqlik to‘g‘risida gapirib, ”...Yerning choragi ma’muradir. Ma’murani g‘arb va sharq tomon-
dan Muhit okeani (Аtlantika va Tinch okean) o‘rab turibdi. bu Muhit okeani, yerning obod 
qismini dengizlarning narigi tomonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan quruqlik yoki odam yashaydigan 
orollardan ikkala yoqdan (g‘arbdan va sharqdan) ajratib turadi...”, “...U tomonda havo noqulay, 
yo‘llar notinch, xavf-xatar ko‘p, borgan kishilar qaytib kelmaydi – shuning uchun u quruqlik-
ka tomon yurilmaydi deb aytib o‘tgan edi. bizning tekshirishimizcha, yerning shimoliy (ikki) 
choragidan biri quruqlik bo‘lganligidan, uning hamqutr (diametral qarama-qarshisidagi) chorak 
ham quruqlik bo‘lishini taxmin qilamiz” degan mulohazalaridan uning g‘arbiy yarimsharda ham 
bizning yerimnz singari katta quruqlik borligini taxmin qilganligi anglashilib turibdi. Globusga 
qaralsa, bu katta quruqlik Аmerika qit’asi ekani ayon bo‘ladi. G‘arbda noma’lum qit’a borligi 
to‘grisida hind beruniyshunosi Said Hasan Boroniy bunday deydi: “Qonuni Mas’udiy” asaridagi 
to‘rtinchi maqolaning 9-bobida beruniy ma’murani qisqacha tasvirlab turib “yunonlar Аtlantika 
sohilini dunyoning oxiri deb bilganlar. Ular yaqin orollar (kanar, Madeyra va, ehtimol, Аzor)
nigina bilganlar. Ular Uzoq Sharqdan nariyoqni bilmaganlar” deb yozgan edi. “Yerning sharqiy 
va g‘arbiy tomonlarida aholi yashaydigan joylarning bo‘lishiga qattiq sovuq ham, jazirama issiq 
ham xalaqit bermaydi. 
Shunday qilib, g‘arbiy yarimsharda yaxlit bir quruqlikning, keyinchalik Аmerika deb 
nomlangan qit’aning mavjudligini Beruniy XI asr boshidayoq, ya’ni yevropalik olimlardan 450 
yilcha oldin taxmin qilgan va bu haqda o‘z asarlarida bir necha bor yozgan. 
Xo‘sh, buning kolumbga va Аmerikaning kashf etilishiga biron aloqasi bormi? ha, aloqasi 
bor. O‘rta asrlarda Muso Xorazmiy, Ibn Sino, beruniy va boshqa olimlar G‘arbiy Yevropa faniga 
katta ta’sir ko‘rsatganlar; ularning asarlaridan o‘sha zamonlarda darslik va qo‘llanma sifatida 
foydalanilgan. Xristofor kolumb o‘z sayohatiga ko‘p yillar mobaynida tayyorgarlik ko‘rgan; shu 
maqsadda Sharq sayyohlari va olimlarining bir qancha asarlarini o‘qib chiqqanligi ham ma’lum. 
O‘sha davrlarda eng ko‘p tarqalgan kitoblarning mualliflari Ibn Sino, beruniy, shuningdek ularn-
ing shogirdlari va muxlislari edi. Ispaniya XV asr boshigacha arablar qo‘l ostida bo‘lgan. Ma-
rokash va Ispaniya kutubxonalarida Beruniyning ba’zi qo‘lyozmalari saqlanib qolganligi ham 
ma’lum. beruniydan 200 yil keyin, ya’ni XIII asrda Ispaniyada arab tilida yozilgan giyoh ki-
tobining muallifi Ziyoddin ibn baytar beruniyning “Saydana” asaridan foydalanganligini faxr 
bilan tilga olgan. Xullas, kolumb ham Ibn Sino asarlaridan va beruniy ta’lamotidan bevosita 
yoki bilvosita foydalangan va ilhom olgan bo‘lishi mumkin. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xorazmlik Аbu Rayhon beruniyning g‘arbiy yarimsharda 
katta quruqlik borligi to‘g‘risidagi taxmini XV – XVI asrlarda haqiqatga aylandi. bu – 
beruniyning yer sharining noma’lum qismlarini topish yo‘lidagi juda qimmatli nazariy xizmatidir. 
Vatandoshimizning bu xizmati fan tarixida munosib taqdirlanishi lozim deb o‘ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Абу Райҳон Беруний. Танланган асарлар. II жилд. –Т.: фан, 1965. –269 б.
2. ҳасанов ҳ. Сайёх олимлар. –Т. Ўзбекистон, 1981. –264 б.


78

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling