Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
Husnixatga o‘rgatish metodlari
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
Husnixatga o‘rgatish metodlari: ko‘chirish metodi, chiziqli metod, genetik metod. chiroyli
yozuv malakalarini shakllantirish usullari: namunaga qarab yozish, namunaga qarab ko‘chirib yozish, nusxa ko‘chirish, tasavvur orqali yozish, harflarning shaklini tahlil qilish, yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish, sanoq-ohang usuli, xatolar ustida ishlash. bular o‘z navbatida husnixat dasrlarining asoslarini tashkil etadi. Husnixat darslarini samarali tshkil etish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. birinchi o‘rinda, o‘quvchilarni chiroyli yozuv texnikasiga o‘rgatish lozim. Buning uchun esa yozuv uchun qulayligi, ingichka, yengilligi ruchkani barmoqlar orasida ushlash, ruchka uchi bilan ko‘rsatkich barmoq orasida 1,5-2 sm oraliq qolishi. Ruchkaning pastasi - siyohi binafsha rangda bo‘lishi, o‘qituvchining tekshiradigan pastasi qizil rangda. Ruchkani penalda yoki partadagi maxsus joyda saqlash. O‘qituvchi stolida lozim bo‘lgan paytda foydalanish uchun ruchka, sterjenlar bo‘lishi lozimligi. Budan tashqari dars jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar ham mavjud bo‘lib ular quyidagilardir: - sinfda o‘quvchilar ish joyini to‘g‘ri tashkil etish; - partaga o‘tirish gigiyenasi to‘g‘ri tashkil etish; - jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish; - yozuv qurollari va ulardan foydalanish talab va qonuniyatlari o‘quvchiga o‘rgatish; - sharikli ruchkalardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish; - daftardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish; boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini tashkil etishda dars jarayoni sinflar kesimida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1-sinfda yozuv yo‘li 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bo‘lgan qiya chiziqlar siyrak bo‘lgan 2 chiziqli daftar, 2-4 sinflarda chiziqlar orasi 8 mm bo‘lgan 1 chiziqli daftar tutilishi. kichik harflarning bo‘yi 3 mm, bosh harflaming bo‘yi 6 mm, raqamlarning bo‘yi harflardan 2 marta qisqa bo‘ladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida daftar, 3-4-sinfda ona tili daftariga yozadilar. 1-sinfda «husnixat» predmeti 2-yarim yilikdan boshlanadi, daftarga sana, 79 10 oy yoziladi. Xat boshiga qat’iy amal qilinadi, hoshiya bo‘lishi shart. Sarlavha bilan matn orasida qator qoldirmaslik. O‘qituvchi xatolarni to‘g‘rilash yo‘lini o‘quvchiga o‘rgatishi (xato harflaming ustidan chiziq tortib, ustiga to‘g‘risini yozishi). daftarni har uy vazifasidan so‘ng yig‘ib tekshirishi va baholashi lozim bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, G.Mamatova, h.boqiyeva, N.Sobirova. “husnixat va uni o‘qitish metodikasi”. Toshkent, 2008. 2. Azimov Y.Y., Qo‘ldoshev R.A. “husnixatga o‘rgatishning amaliy asoslari” (Metodik qo‘llanma). -Toshkent: Turon Zamin Ziyo nashriyoti, 2017. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling