Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


ARIFMETIK MASALALAR YECHISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
ARIFMETIK MASALALAR YECHISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING 
FIKRLASH QOBILIYATLARINI O‘STIRISH
Ubaydullayeva Nazira Jo‘rayevna
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani
21-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Tel: +998 99 585 82 19
Annotasiya: maqolada oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga oʻrgatishda arifmetik masalalarni 
yechishni oʻrni haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar: muhim tarkibiy qism, qoʻshish va ayirish, masala tuzish. 
Masalalar echish matematikada oʼqitishni muxim tarkibiy qismidir. Masalalar echmasdan 
matematikani oʼzlashtirishni tasavvur ham qilib boʼlmaydi. Masalalar echishida nazariyani 
amaliyotga tadbiq qilinishi haqida fikr yuritishida natural sonlar arifmetikasini oʼrganish maqsadga 
muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuzilgan. Arifmetik amallarning mazmunini 
amallar orasidagi bogʼlanishlarni amalda qoʼllanishlarni bilan natijalar orasidagi baholashlarni ochib 
berishda har xil miqdorlar orasidan baxolashlar bilan tanishishiga echish va ular haqida fikr yuritish 
katta axamiyatga ega boʼladi. Sodda va murakkab masalalarni fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning 
foydali vositasi boʼlib odatda oʼz ichiga yashirin ma‘lumotni oladi. Masalalarni echishda predmetga 
boʼlgan qiziqishni rivojlanadi. Umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mexnatsevarlik 
maqsadga muvofiqdir. Qoʼshish va ayirishga oʼrgatish 1 sinfda matematika oʼqitishning asoslaridan 
biridir. bolalarga katta son kichik sonlarni qoʼshish hollari bilan tanishtiriladi. Ularni avval 1 soni 
qoʼshish va ayirish keyinroq 2 va 3 sonlarni qoʼshish va ayirishga oʼrgatib boriladi. Masalalar 
echish bolalarga avvolo mukammal matematik tushunchalarni shakllantiradi. fikrlash qobiliyatini 
rivojlantiradi. Oʼylash masalalarni hayotga tatbiq eta olish, har bir amaliarni ma‘nosini tushunishdan 
iboratdir. Qoʼshish amallariga doir masalalar echishiga toʼplam elementlarini birlashtirish natijasida 
belgilarni aniqlaydilar amaliarni nomalum komponenti (nomalum qoʼshiluvchi, koʼpayuvchi, 
boʼluvchi) topishga doir masalani yechayotib bolalar arfimetik amallarni komponentlari va orasidagi 
bogʼlanishni oʼzlashtiradilar. Masalalar konkret material boʼlib, ular yordamida oʼquvchilar yangi 
bilmlar vujudga keladi va mavjud bilmlar tadbiq qilish mobaynida mustahkamlanib boriladigan 
holda nazariyani amaliyot bilan oʼqitish tushuntirish bilan bogʼlab olib borish imkonini beradi. 
Arifmitik masalalar echish oʼquvchilar kundalik hayotida har kungi oʼquv zarur boʼlgan amaliy 
fikrlarini vujudga keltiradi. hayotdagi harid qilingan narsaning narxini koʼrishgan narxini olgan 
narsalarni narxini, ishga kech qolmaslik uchun uydan qachon chiqqanligi haqida fikr yuritiladi. 
Oʼquvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish uchun masalalardan keng foydalaniladi. Masala tuza 
bilish koʼnikmasi uning tuzilishini oʼzlashtirib olish uchun zamin yaratadi. bolalar masala tuzish 
bilan 2 yoki 3 mashgʼulot oʼtganidan soʼng tanishadilar ular masalada shart va savol borligini 
bilib oladilar. Masala shartini kamida 2 ta son boʼlishligi alohida ta‘kidlanadi. Oʼqituvchi bolalarga 
masalani nima haqida gapirishini sozlab beraman, siz boʼlsangiz men aytgan narsalarni hammasini 
chap tomoniga 3 ta olma oʼng tomoniga 4 ta olma qoʼydim. Stolga hammasi boʼlib nechta olma 
qoʼyildi. bolalarga tarbiya berishda ham maqsadli malakalarni roli katta masalalar oʻquvchilarni fikri 
doiralarni kengaytirishiga yordam beradi. koʼp masalalarning mazmunida bolalarni va kattalarning 
mehnati mamlakatimizning xalq xoʼjaligi mexanika fan va madaniyatida erishgan yutuqlari haqida 
fikr yuritadilar. Oʼquvvchilar masala echish orqali izlanayotgan sonlar orasidagi bogʼlanishlarini 
aniqlash uchun fikr yuritadilar. Masalalar yechish mobaynida oʼquvchilar egallashi lozim boʼlgan 
belgilar sonlar va izlanayotgan son orasidagi masalalar ustida ishlashga doir oʼquvchilarni avval 
bir turdagi masalalarni echishga soʼngra boshqa turdagi masalalarni echishga fikr yutita olib negaki 
masalalar echish jarayonida berilgan sonlar va nomalum son orasidagi bogʼlanishni aniqlash buning 
aloxida arifmetik masalalarni tanlashni oʼrganadilar. Yaʼni masalada arfimetik amalni tanlashga 
oʼtish uchun fikr mulohaza yuritiladi. Masala echish ogʼzaki yoki yozma ravishda boʼlishi haqida 
fikr mulohaza yuritadilar ogʼzaki echishda tegishli arfimetik amallar va tushuntirishlar ogʼzaki 
bajariladi. boshlangʼich sinflarda yechiladigan masalalarni deyarli yarmi ogʼzaki bajarilishi kerakligi 
haqida mulohaza qiladilar. Masalalar yechish oʼquvchilarda masala mazmuniga chuqurroq qarash 
haqida berilgan sonlar va izlanayotgan va orasidagi bogʼlanishni har tomonlama fikrlash qobiliyati 
rivojlantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jumaev M.E, boshlangʼich sinflarda matematika oʼqitish metodikasi Toshkent. ―Ilm Ziyo‖ 2003 yil.
2. Jumaev M.E, bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. 
Toshkent. ―Ilm Ziyo‖ 2005 yil.


83

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling