Pedagogika va psixologiya fakulteti alisher navoiyning ijtimoiy pedagogik fikrlari


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 121.18 Kb.
bet2/5
Sana29.03.2023
Hajmi121.18 Kb.
#1307688
1   2   3   4   5
Bog'liq
222222222222222222222222kurs ishi KNX TAYYOR

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Ijtimoiy pedagogika haqida nafaqat sharq mutafakkirlari balki g’arb mutafakkirlari ham o’z qarashlari va g’oyalari bilan alohida xissa qo’shganlar. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Imom Ismoil al-Buxoriy, g’arb mutafakkirlaridan Genrix Pestalotssi, J.J.Russo, Klod Adriana,Robert Ouen kabi mutafakkirlar shular jumlasidandir. Ijtimoiy pedagogikaning jamiyatimizdagi o’rni juda muhimdir.
Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiyning qarashlari orqali ijtimoiy pedagogikada pedagogik imkoniyatlarini metodik jixatlarini ochib berish
Tadqiqotning vazifalari:
- Ijtimoiy pedagogikaning asl mohiyatini yoritib berish;
- Alisher Navoiyning hayoti va ijodini yoritib berishi;
- Ijtimoiy pedagogik faoliyat taraqqiy etishida Alisher Navoiyning goyalarini tatbiq etish;
- Ijtimoiy pedagogik faoliyatda Alisher Navoiy goyalaridan foydalanish
Tadqiqotning obyekti: sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyatida Alisher Navoiyning pedagogikaga bolgan qarashlarini organish jarayonini tashkil etish.
Tadqiqotning predmeti: Buyuk allomalarimizni bizga qoldirgan ulug qadriyatlar , mexr muabbat. Ilm olish ilm organish va alabatta biz yoshlarni shunday ogit va amallarga itoat qilgan xolda ijtimoiy pedagogikaga qoshgan qarashlaridan unumli foydalamishdir.
Tadqiqotning usullari. Kurs ishida nazariy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, pedagogik kuzatish usullaridan foydalanilgan.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish; ikki bob ; xulosa; va foydalanilgan adabiyotlar royhatidan iborat bolib ------ betni tashkil etadi.

1.Sharq va G’arb allomalarining ijtimoiy pedagogik qarashlari

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixga ega. Uning tarixiy taraqqiyotini bir necha bosqichlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Birinchi bosqich-qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida tan olinishi bilan harakterlanadi. Bu davrda turli tarbiya nazariyalari paydo bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosi mavjud bo‘lgan.
Dastlab tarbiya umum faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik esa o‘ziga xos faoliyat turiga aylangan. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana borgan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiyasi ham ommalasha boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo‘lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o‘rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Agar ibtidoiy davr ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi, ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu xulosani bizgacha yetib kelgan pedagogik g‘oyalarning yozma manbalari tasdiqlaydi. Sharqda ijtimoiy pedogogik g‘oyalar odatda muqaddas kitoblar shaklida butun halq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O‘rta OsiyodaAvesto va boshqa). Faqatgina miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedogogik g‘oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O‘z o‘zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan.
Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uningcha, tarbiya ishi davlatning eng muhim vazifasi hisoblangan. Arastu (mil.avv. 384-322 y) antik dunyoda tarbiyaning eng to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o‘laroq u inson tarbiyasida asosiy urg‘uni davlatga to‘liq bo‘ysundirishga emas, balki insonning o‘zini manfaatlariga qaratadi. Bundan tashqari, u shaxsning jamoat bilan uyg‘un rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oyani ham birinchilardan bo‘lib o‘rtaga tashlagan. Feodalizm davri tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qattiq amal qilish bo‘lgan. O‘sha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik g‘oyasini yaratuvchilari o‘sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo‘lgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga yordam kabilar ham o‘z ifodasini topgan. XV-XVI asrda avval Italiyada, so‘ngra Yevropaning boshqa davlatlarida ijtimoiy fikrlar rivojlana boshlagan. Bular orasida shaxs, jamiyatni insoniylashtirish, individuallashtirish alohida o‘rinni egallaydi. Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik g‘oya bo‘lgan gumanizm (insonparvarlik) tushunchasi maydonga kelgan.
Uyg‘onish davrida ijtimoiy gumanizm g‘oyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning yaratilishi bilan bog‘liq. Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, antik davrdan e’tiboran Yevropada yetim bolalarni parvarish qilish, ularni tarbiyalash masalasi boshqa qit’alarga qaraganda ijobiy tus olgan. Manbalarga ko‘ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda Kesariya (Kichik Osiyo) shaharida Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham tashkil etilgan. O‘z-o‘zidan ayonki bunday muassasalar ruxoniylar tomonidan boshqarilgan. Bundan ko‘rinadiki, Yevropada cherkov «etim va nogiron bolalarning” raxnamosi bo‘lgan. XIV asrga kelganda Yevropada bunday tarbiya uylarining soni 30 dan ortiq bo‘lgan. Muhimi shundaki, bu muassasalarda faqatgina tarbiya ishi nazariy jihatdangina emas, balki amaliy jarayonda ham amalga oshirilgan (bolalarga amaliy topshiriqlar berilgan). Parijda 1640 yilda ruxoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashxur bo‘lgan. Bu muassasa Qirol Lyudovik XIV tomonidan xomiylikka olingan. Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri -XVII-XIX asrlar- ijtimoiy-pedagogika eng ilg‘or g‘oyalar va ilmiy konsepsiyalar bilan boyitilgan davr bo‘lgan deb aytish mumkin. Zotan XVIII-XIX asrlar davlat va jamoat institutlari bilan biga ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish g‘oyalarining paydo bo‘lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog‘lana boshlangan. Aynan shu davrda ijtimoiy-pedagogikaning asosiy yo‘nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi yuz beradi. Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qo‘shgan. U tibbiiy huquq, din va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g‘oyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) o‘z “reglamentlari”da tarbiyaning halqparvar g‘oyalarini, insonga faol shaxsga bo‘lganidek yondashuvni, bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon etgan.
Yangi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari- muhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir. Shvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) o‘z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va o‘z mablag‘lari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan. XIX asr shunisi bilan harakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo‘lgan bo‘lsa; ikkinchidan psixologiya, isotsiologiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlarning yaqinlashuvi ro‘y bergan. XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari esa quyidagilardan iborat bo‘lgan: - ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish; - ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat; - xayriya va o‘quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo‘yicha ijtimoiy pedagogik faoliyat; - ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi; Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini asosiy vazifa bo‘lgan bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Aniqrog‘i, ijtimoiy pedagogika g‘oyasi, nazariyasi va amaliyotida birinchi o‘ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirishning bu boqichida tarbiya va ta’limning uzviy bog‘liqligi masalasi ilgari surilgan. Bu borada ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Uning tashabbusi bilan Nyu-Lenarkda tashkil etilgan “Inson harakterini tuzishni yangi instituti” ishchilarning turmush darajasini yaxshilash maqsadida ta’limni amaliyot, ishlab chiqarish bilan bog‘lab olib borishni amalga oshirdi. Bundan tashqari jahonda ilk marta didaktik o‘yinlar o‘tkaziladigan, bolalarning jismoniy rivojlantirishga qaratilgan ta’lim tarbiya muassasalari u tomonidan yaratilgan. 15 XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga buyurtmalar berila boshlangan. Buyurtmalarda yoshlarni tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish o‘z ifodasini topgan. Buyurtmaning ortishini keltirib chiqargan sabab Yevropa va Amerika mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog‘liqdir. Zero, qishloq axolisining shaharga ko‘chib o‘tishlari, g‘ayri axloqiy xulq-atvor, jinoyatchilik, daydilikning ko‘payishiga olib kelgan. Shu bilan birga Yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g‘oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini topishni taqoza etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo‘ldi.
Nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan XX asrda ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi. Shunday qilib, shu davrdan e’tiboran ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirganligi tarixdan ma’lum. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylangan. Ilmiy inqiloblar o‘z navbatida ijtimoiy pedagogikaning ham keyingi rivojiga ta’sirini ko‘rsatdi. Uning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysi XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylandi. Mazkur muammoni yechimini topilishida Yevropalik quyidagi pedagoglarning ta’limotlari ahamiyatlidir. G.Kirshenshteynerning (1854-1932 y. Germaniya) pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularda ijodkorlikni o‘stirishga qaratilgan islox qilishga doir g‘oyani o‘rtaga tashlaydi. Uning ta’kidlashicha pedagogik tizimining asosiy tamoyillari-bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir.
Jon Dyui (1859-1952 y AQSh) pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Bu pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g‘oyalarga murojaat qilgan holda ta’lim tarbiya ishini amalga oshirish zarurligini ilgari surgan. Vilgelm Lay (1862-1926 y. Germaniya) “Harakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning biologik tomonini-tug‘ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o‘yinlarida paydo bo‘lishini va ijtimoiy tarbiyachining reaksiyalariga ta’sirini ko‘rsatgan. Hozirgacha turli davlat olimlari o‘rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlari orasidagi o‘rni borasida –bu mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o‘rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil bir sohasi bo‘lib qolaveradimi, degan masalada bahsmunozara davom etmoqda. Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo‘lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan. Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 20- yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy pedagog jamiyatning tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini halqning madaniy va axloqiy darajasini ko‘tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan.
Imom Ismoil al-Buxoriy ta’limlarida ijtimoiy-pedagogik qarashlar
Imom Ismoil al-Buxoriy “Sahih” yo’nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida “Amir-ul-mo’’minin”, “Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo’lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba’zi manbalarda 810 yilning 20 iyulida) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan. Go’dakligida otadan yetim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og’zaki ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo’r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o’rgandi. Abdulloh ibn al-Muborak, Vaqi’ ibn Jarroh kabi olimlar tomonidan to’plagan hadislarni yod olgan, shuningdek, hadis rivoyatchilari xususida so’z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy 825 yilda, o’n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo’lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo’lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u yerda yetuk muhaddislardan hadis ilmi bo’yicha, Damashq, qohira, Basra va Bag’dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fikh ilmi bo’yicha ta’lim oladi. SHuningdek, allomaning o’zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, toliblarga dars ham beradi. Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o’tkir zehnli hamda ziyrak olim bo’lgan. “Manbalarga ko’ra, Bag’dod shahrida istiqomat qilgan vaqtda ko’pincha qorong’u kechalari sham yorug’i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o’sha fikrni qog’ozga tushirar, shu tahlitda ba’zan shamni yigirma martagacha o’chirib-yoqar ekan”1. Imom Buxoriyning o’tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish mumkin. Rivoyatlarga ko’ra, u qaysi bir kitobni qo’lga olib, bir marotaba mutoala qilsa, unda bayon etilgan barcha fikrlar, ma’lumotlarni yodda saqlab qolavergan. Imom Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz ming g’ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod bilgan. SHogirdlaridan Amir ibn Fallos “Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma’lum bo’lmagan hadis, albatta ishonchli hadis emasdur”, - deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning aytishicha, “Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas”.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o’tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o’tirardi. SHu tarzda qancha kunlar o’tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. SHunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan?, -deb ta’na qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og’zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan o’qib berdi. SHundan keyin biz yozib olgan hadislarimizdagi xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo’ldik”2.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko’p zabardast olimlardan ta’lim oladi. Manbalarda alloma ustozlarining soni to’qson nafarga yaqin bo’lgan deb ko’rsatiladi. Muhammad ibn YUsuf al-G’artobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy, Ishoq ibn Ibrohim ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o’zi ham yirik va mashhur olimlar Ishoq ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalaf ibn qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojlarga ustozlik qilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy o’ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, sahovatli inson ham bo’lgan. U hadis ilmining yetuk olimi sanalsada, zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o’rgangan. Alloma bir ming sakson nafar muhaddisdan hadis eshitgan. Allomaning o’zidan esa to’qson ming nafar kishi ishonarli hadislarini eshitgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to’plagan., 100 ming “sahih” va 200 ming “g’ayri sahih” hadislarni yod olgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talaba va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning targ’ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko’ra, xalifaning Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad ibn Xolid az-Zuhaliy uni saroyga kelib hadis ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo Imom Ismoil al-Buxoriy bu taklifni qabul etadi va: “Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo’lsa, bolalarni (ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga yuborsin”, -deb javob beradi1. SHu bois alloma bilan amir Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy o’rtasidagi munosabatga bir oz putur yetadi. Bunga ayrim hasadgo’y shaxslarning ig’volari ham sabab bo’ladi. Amir allomaning shahardan chiqib ketishga farmon beradi. Samarqand ulamolari Imom Ismoil al-Buxoriyni o’z yurtlariga taklif etadilar. Yo’lga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriy Samarqand shahriga yaqin bo’lgan Haftang qishlog’i (hozirgi Poyariq tumanining hududi)da betob bo’lib qoladi va shu yerda hijriy 256 yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 872 yil 1 sentyabr) 62 yoshida vafot etadi va shu yerga dafn etiladi.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to’plam”), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), “At-tarix al-kibor” (“Katta tarix”), “At-tarix as-sag’iyr”, (“Kichik tarix”), “Al-qiroatu xalfa-l-Imom” (“Imom ortida turib o’qish”), “Vaf’ul-yadini fi-s-saloti” (“Namozda ikki qo’lni ko’tarish”) kabi asarlari mavjud bo’lib, ularning qo’lyozmalari bizgacha yetib kelgan. Ammo “At-tarix al-avsat” (“O’rta tarix”), “At-tafsir al-kabir” (“Katta tafsir”), “Al-jome’ al-kabir” (“Katta to’plam”), “Kitob-ul-hiba” (“Hadya kitobi”) nomli asarlari ham bo’lganligi ma’lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan. SHubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o’tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari “Al-jome’ as-sahih”dir. Bu asar “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham dunyoga mashhur. 4 jilddan iborat mazkur kitobda payg’ambarimiz Muhammad Alayhis-salom hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma’lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih” hamda 4000 ta takrorlanmaydigan hadislar kiritilgan. Bó kitob Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi.
Islom dini insonni ma’naviy kamolot sari yetaklovchi ta’limotdir. SHu sababli Qur’oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilarning qat’iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ’ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo’lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.
Islom dinining yoyilishi va uning ta’lim - tarbiyaga ta’siri. Hadis ilmining paydo bo`lishi, uning yo`nalishlari, muxaddislar.
VII asrdan keyingi pedagogik qarashlar va madaniyat haqida gapriganda shu narsaga amin bo`lamizki bu masalalar O`rta Osiyo tarixida islom dini g`oyalari bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki shu davrdan boshlab bizning yurtimizga ham islom dini g`oyalari kirib kela boshlagan edi.
XII asrboshlarida islom g`oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o`z movqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt etishni boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, shuningdek, Eron, Kavkaz orti, Suriya,Shimoliy Afrika, Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi.
651 - 715 yillar davomida arablar Movarounnahrni egalladilar. Ular bosib olingan xalqlarni islom diniga kirita boshladilar. Arab tili ham yangi madaniyat tili bo`lib maydonga chiqdi. Arablar yunon fanini yutuqlaridan foydalandilar, faylasuflar asarlarini tarjima qildilar. Astronomiya, tibbiyot, kimyoga oid yirik asarlar arabchaga ugirildi.
Arablar fanni tasnif etishni yunonlardan olib, fanlarni 2 nazariy va amaliy qismlarga ajratdilar. Birinchi qism - uch bulim tabiat, ilohiyot, matematika to`g`risidagi fanlar edi. Ikkinchi qism esa etika, iqtisod va siyosatga bo`lingan. Hind fani arab madaniyatiga asosan arifmetika, algebra, tibbiyotga ta’sir etgan. Yevropaliklar ham sonlarni hind nazariyasi bilan arablar orqali tanishganlar.
Arablar ulkan davlat barpo etib, geografiya rivojiga ham katta ta’sir ko`rsatdi. IX asrlarda arab mulklari xaritalari tuzilgan edi.
Arablar bosib olingan joylarida islom dini bilan birga bu dinning muqaddas kitobi Qur’onning tili - arab tilini ham joriy etishdi.
Islom dinining asoschisi va targ`ibotchisi Muhammad ibn Abdullox 570 yilda Makkada Kuraysh qabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tug`iladi.
Payg`ambarimizga nozil bo`lgan Qur’on oyatlari ham ular vafotidan keyin xalifalar tomonidan 23 yil davomida yod olinib va yozilib boriladi.
"Qur’on" musulmonlarning muqadads kitobi bo`lib, arab tilida "Qiroat" ma’nosini anglatadi. "Qur’on 114 sura, 6236 oyatdan iborat. U kishilarni tenglik, birodarlik, tinch - totuv yashash, ezgulikka undaydi. Katta axloqiy qimmatga ega bo`lib, insonni ma’naviy kamolga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.
VIII - IX asrlar hadis ilmi uchun "oltin davr" hisoblanadi. Hadislar o`rganilib, tahlil etilib, ishonchlilari yig`ila boshlanadi. Eng nufuzli 6 ta ishonchli to`plamni yaratgan muxaddislar bizning vatandoshlarimizdir. Bular al-Buxoriy, al-Xajjok, at-Termiziy, sulaymon Sijistoniy, an-Nasoiy, ibn Mojjalardir. Bular yaratgan 6 ta kitob "Sunnan" va "As Saxix" nomli to`plamlar bo`lib, ular ishonchli to`plamlar sifatida tan olingan.
Hadis ta’lif etishda asosan uch yo`nalish paydo bo`lgan:
1. Musnad yo`nalish, turli mavzudagi hadislar alifbo tarzida joylashtirilgan (Abdullox ibn Muso, Imom Ahmad ibn Xanbal).
2. Saxix (ishonchli) - yo`nalish to`g`ri, ishonchli hadislar kiritilgan. Bunga Imom al-Buxoriy asos solgan.
3. Sunnan yo`nalishi to`g`ri hadislar bilan birga "zaif" hadislar ham kiritilgan (Abu Dovud, at-Termiziy, an-Nasoiy, ibn Mojjalar shu yo`nalishda hadis to`plaganlar)
Hadis ilmi rivojida al-Buxoriy va Imom at-Termiziylarning o`rni nihoyatda kattadir.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) hadis ilmida "Amir ul-mu’minin", "Imom al-muxaddisiyn" degan sharafli nomga sazovor bo`lgan.
Balx, Basra, Bog`dod, Damask, Misr, Makka va Madina shaharlaridagi hadischilardan ta’lim oladi. 6 yil Xijozda qolib hadis ilmidan ta’lim oladi, mashhur olimlardan fiqx ilmini o`rganadi, o`zi ham talabalarga dars beradi.
Al-Buxoriyning zehni juda o`tkir bo`lgan. Uning yozishicha 100 ming saxix va 200 ming g`ayri saxix hadisni yod bilgan. U 1080 ta muhaddisdan hadis eshitgan, undan esa 90 ming kishi ishonarli hadislarni eshitgan.
Buxoriydan boy ilmiy va ijodiy meros qolgan. Uning "Al-Jome’ as-saxix", "Al adab al-mufrad", "At Tarix al-Kabir", "At Tarix as-sagiyr", "Al-Kiroat xalfal Imom, "O`rta tarix", "Katta to`plam", "Hadya kitobi" nomli asarlar qolgan. Bulardan "Al-Jome’ as-saxix" eng mashhur bo`lib, unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng saxih hadislar kiritilgan.
Mashhur muxaddislardan yana biri Abu Iso at - Termiziy (824-892) yoshligidan hadis ilmiga qiziqadi. U 850 yildan sayohatga chiqib, Makka, Madina, Iroq, Xurosonda buladi, ilmi hadis, fikx, qiroat, tarixni o`rganadi. Ko`plab hadislar to`playdi, al-Buxoriyga shogird bo`ladi. Uning mashhur asarlaridan: "Al-Jome’ as-saxix" (Sunnan), "Ash - Shamoil an-Nabaviya" (Payg`ambarlarning alohida fazilatlari), "Vl-ilal fi-l-xadiys" (Hadislardagi illatlar va og`ishlar haqida).
Hadislarda ta’lim - tarbiya, odob - axloq haqidagi fikrlar juda ko`plab uchraydi. Arablar bosib olganidan keyin Movarounnahrda ham arablardagi kabi machitlar barpo etildi, machitlar huzurida esa maktablar ochildi. Bu maktablarda o`g`il bolalarga Qur’oni karimni o`qishni o`rgatishga farmon berildi. Machit imomi bolalarni o`qitardi. maktablarda arab tili muhim fan sifatida o`qitilgan. Ayrim hikmatlarda ijtimoiy adolatsizlikka qarshi fikrlarni ko`rish mumkin. U nodonlik, jaholatni qattiq qorlab yozadi:
Duo qiling, nodonlarning yuzin ko`rmay,
Haq taola rafiq bulsa, birdam turmay.
Bemor bo`lsa, nodonlarni holin surmay,
Nodonlardan yuz ming jafo ko`rdim mano,
Ae do`stlar nodon birla ulfat bo`lub,
Bag`rim kuyub, g`amdin tuyub, o`ldim mano.
Adib komillikka erishishning yo`li har qanday nafsdan ham parhez qilishda ekanligini ta’kidlab, nafs yo`liga kirmaslikni maslahat beradi. Shu bilan birga har qanday maqsadga erishish yo`lida mehnat qilish lozimligini alohida ta’kidlab o`tadi.
Yassaviyning iymon - e’tiqodga chaqiruvchi g`oyalari yoshlar tarbiyasida muhim manbalardan biri bo`lib hisoblanadi.
Najmiddin Kubro (1145-1188) Xorazmda tug`iladi. "Najmiddin", "Kubro" (ulug`, yetuk), "Valiytarosh" unvonlariga ega bo`ladi. Ko`p joylarda bo`lib shariat ilmlarini urganadi. "Kubroviy" tariqatiga asos soladi, bu hadis va shariatga asoslangan bulib, ko`p musulmon davlatlariga yoyiladi. Kubro murid tarbiyalashda o`ziga xos usullarni ishlab chiqadi. "Tariqatlari risolasi", "O`nta usul" kitoblarida sufiylar tarbiyalashning o`nta talabini ko`rsatadi: Tavba, Zuxd, Tavakkul, Qanoat, Uzlat, Zikr, Tavakkux, Sabr, Murakaba, Rizo.
Kubroning yana bir xizmati -jovanmardlik g`oyalarini tariqatga joriy etishbuladi.
Baxovuddin Naqshband (1318-1369) "Xojogon" ("Naqshbandi") tariqatini XIV asrda asoslab butun olamga yoydi. "Xojogon" tariqatini VII asrda Abuxoliq Fijduvoniy yaratgan edi. Naqshbandiy uning ishini davom ettirdi.
Naqshbandiy suluki Islomdagi sunniylikka asoslanadi, uning boshqalardan farqli, uziga xos tomonlari bor.
Avvalo, Naqshbandiya suluki halol mehnat bilan kun kechirishni targ`ib qiladi. Uning "Dil ba yeru dast ba kor" shiori buning isbotidir. Ikkinchi farq, boshqa sulukdagilar pir oldiga yig`ilib, ovoz chiqarib zikr tushsalar, bular "zikri xufiya" bilan shug`ullanganlar. Uchinchisi, bular bemordan kasallikni uzlariga tortib, so`ng bu kasallikni chiqarib tashlaganlar To`rtinchisi, bular karomatfurushlikka yo`l qo`yishmagan. Bid’atga qarshi bo`lganlar.

I.II ALISHER NAVOIYNING XAYOTI VA IJODI.
Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil) — ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi.


Hayoti
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tugʻildi. Zamondoshlari uning haqida koʻpincha „Nizomiddin Mir Alisher“ deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „mir“ — amir demakdir. Uning otasi Gʻiyosiddin Muhammad (uni Gʻiyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi boʻlgan, ismi maʼlum emas. Alisherning bobosi Temurning oʻgʻli Umarshayx bilan emikdosh (koʻkaldosh) boʻlgan ekan.
Buyuk shoir oʻz asarlarida bu qutlugʻ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot toʻgʻrisidagi baʼzi maʼlumotlarni esa uning zamondoshlari oʻz kitoblarida beradilar.
Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda oʻsdi. Kichiklik chogʻidan sheʼr va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida boʻldi. Uch-toʻrt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir sheʼrini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan soʻng uni maktabga berdilar. U boʻlajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga oʻqidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi.1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch boʻlib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yoʻl oladi. Yoʻlda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, „Zafarnoma“ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi.Alisher xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bogʻliq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd choʻli bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yoʻldan chiqib, boʻlajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu zoʻrlik qilib, uygʻonmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, toʻxtab qoladi.Alisher tong otib, quyosh qiziganda uygʻonadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yoʻq. Yolgʻiz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. Oʻn yoshli bola oʻzini qoʻlga oladi. Otini minib, zehn bilan yoʻlni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan bir narsa qorayib koʻrinadi. U suv toʻla mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yoʻlini davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, oʻgʻilllarini yoʻqligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim koʻp yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, goʻyo u qayta tugʻilganday, quvonch bilan kutib oladilar. 1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga oʻtiradi, notinchliklar bosiladi. Gʻiyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa oʻqishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni sheʼriyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Boʻlajag shoir Saʼdiy Sheroziyning „Guliston“. „Boʻston“, asarlarini, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“(„Qush mantigʻi“)ni soʻngsiz ishtiyoq bilan oʻqidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur mazmuni Alisherning oʻy-xayolini tamom egallab oldi: Bir kuni qushlar jam boʻlibdi. Har xil: toʻti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. Oʻrtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi tojini selkillatib, oʻzini taʼrifu tavsif etibdi. Soʻng u hammani olam podshosi Semrugʻni izlashga undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. „Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!“ — deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Semurgʻ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi. Nogoh yoʻli Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga gʻaeq boʻldi. Patidan biri tushib qolgan ekan. Ogoh boʻlganlar aqlu shuurini yoʻqotdilar. Chin mulki esa hashamat(ulugʻvorlikka) chulgʻandi. Qushlar zavq-u shavq bilan yoʻlga tushadilar. Biroq bu zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar eʼtiroz bildirib, uzr aytib, oʻzlarini chetga ola boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrugʻga yetishish baxti oldida bu dunyoning tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari qushlarga yangi bir kuch bagʻishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yoʻlga tushadilar. Hudhud buy oʻlning ishq yoʻli ekanligi, unga kirgan odam Shayx Sanʼon singari oʻzligidan kechishi lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar: Nihoyat, qushlar yeti vodiyni bosib oʻtadilar va oʻzlarining Semurgʻ ekanligini anglab yetadilar. „Mantiq ut-tayr“ xayoli Alisherga bir umr hamroh boʻldi. Umrining soʻngida esa „Lison ut-tayr“(„Qush tili“) nomi bilan kitob yozdi. Boʻlajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib oʻqir edi. 1453-yilda Alisherning otasi Gʻiyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, soʻng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh doʻst — Husayn va Alisher yana birga boʻldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra sheʼr yod olganini aytdi. Sheʼr shunchaki nutq oʻstirish emas, maʼrifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy 15 yoshlarida oʻz sheʼrlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning yozishicha, sheʼrlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher oʻz davrining dongdor shoiri Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan sheʼr oʻqishni iltimos qiladi. Alisher oʻzining: Orazin yopgʻoch, koʻzimdin sochilur har lahza yosh, Boʻylakim, paydo boʻlur yulduz nihon boʻlgʻoch quyosh. matlaʼi bilan boshlanadigan gʻazalini oʻqiydi. Sheʼrdan hayratga tushgan keksa shoir bunday deydi: „Valloh, agar muyassar boʻlsa edi, oʻzumning forsiy va turkey tillarda aytgan oʻn-oʻn ikki ming baytimni shu gʻazalga almashtirardim va buni oʻzimning katta yutugʻim deb hisoblar edim“. Bu turkiy (oʻzbek) sheʼriyatiga juda katta isteʼdod kirib kelayotganidan nishona edi.
Yigitlik yillari
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga shoʻngʻib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida oʻqishni davom ettirdi. Doʻstlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini taʼqib va tayziq ostiga olgan, jumladan, togʻalari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular isteʼdodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy — „Mahmud Nuran“ deb eʼzozlagan bu mashhur shoir va olim oʻzini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Saʼdiddin Koshgʻariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shyx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, oʻsha yerda yashar edi.Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan sheʼriy maktubi bor. U „Masnaviy“ nomi bilan „Xazoyin ul-maoniy“ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga joʻnash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi boʻlgan, lekin uni topmagan. Soʻng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va oʻz otasidek yaqin koʻrgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini taʼrif etish bilan boshlanadi. Vatan va doʻstlarni tashlab ketish ogʻir. Xayrlashmay ketish undan ham ogʻir. U ulugʻ doʻstiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson soʻz bilan ulugʻdir, „falak jismining joni“-soʻz, ayqisa „nazm“ (sheʼr), deydi shoir. Va oʻzida sheʼr yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy oʻz „Shohnoma“sini 30 yilda yozgan boʻlsa, u oʻshanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan „Xamsa“si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yoʻq. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yoʻq. Ketaman, desang etagindan tutadigan umr yoʻldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan doʻsting boʻlmasa. Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu shaharga kelishi sababini turlicha talqin qiladilar. Xondamir, oʻqish uchun keldi, deydi. Toʻgʻri u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazulloh Abullays qoʻlida oʻqidi. Zahiriddin Bobur uni Abusaid surgun qildi deydi. Bunda ham asos bor. Abusaidning Alisherga munosabati yomon edi. Shoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Hojibek ragʻbat va hoiylik koʻrsatadi. Nihoyat, Samarqand oʻz goʻzalligi bilan ham Navoiyni maftun etadi. Shoi uni „firdavsmonand“(jannatmisol) deb ataydi va unga hech qachon „gardi fano“ oʻltirmasligini — zavolikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465-1466-yillarda uning muxlislari sheʼrlarini toʻplab, „devon“ tuzadilar. Bu kitob bugun „Ilk devon“ nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxrida Eronni eggalash uchun boʻlgan jangda Abusaid halok boʻladi. Husayn Bayqaro 1469-yilning boshida Hiroti qoʻlga oladi va Samarqandga xat yoʻllab, Navoiyni oʻz yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib tayinlaydi.
Davlat va jamoat arbobi
Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir boʻlib ishlaydi. 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Boyqaro uni oʻziga gʻoyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. Toʻgʻri, Bayqaro va Navoiy oʻrtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham boʻldi. Lekin oʻz davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi juda koʻp sinovlardan muvaffaqiyat bilan oʻtib, avlodlarga oʻrnak boʻldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning yozishicha, u taxtga chiqqan yilning oʻzida Abusaid Mirzoning oʻgʻli Yodgor Muhammad taxt daʼvosi bilan qoʻzgʻaldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qoʻshin tortadi va gʻalaba qozonadi. 1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh koʻtaradi. Husayn Bayqaro Navoiyni yoniga olib, qoʻshin bilan yana yoʻlga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qoʻzgʻolon boʻlganligi xabari keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday toʻqnashuvlarning birida Yodgor Mirzoning qoʻli baland kelib, poytaxdagi ayrim kishilar unga qoʻshiladilar. Mojarolarni tinchlantirish maqsadida uylangani Abusaidning qizi Robiya Sultonbegim eriga hiyonat qilib, u safariga ketganida poytaxtda inisi Yodgor Mirzo nomiga xutba oʻqitadi. Yurt bir muddat Yodgor Mirzo qoʻliga oʻtadi. Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq taʼsir etadi. Tushkunlikka tushadi. Navoiy shunday paytda uning yonida turadi, tassali beradi. Oʻsha 1470-yilning oʻzida payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murgʻob daryosi boʻylaridan juda qisqa muddatda Hirotga yetib keladi va BogʻI Zogʻonda maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni qoʻlga oladi. Shundan keyingina Xurosonda maʼlum muddat tinchlik, osoyishtalik qaror topadi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil, gʻoyat noziktaʼb bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak boʻlmasin uning uchun zil-zambil yuk boʻlib, Husayn Bayqaroga boʻlgan ixlos va muhabbatigina uni isteʼfo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. `Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan koʻplab gʻalayonu qon toʻkishlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi.

Uning bu fazilati, ayniqsa, 1472-1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon boʻldi. Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish koʻrdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa „amir“(vazir)likka qoʻydi. Buyuk shoir „amiri kabir“ (ulugʻ amir), „amirul muqarrab“ (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf boʻldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat gullab, yashnagan davr boʻldi. Ulugʻ amir oʻzi bosh boʻlib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni taʼmir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi.


Ijod ogʻushida
Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni — „Badoye ul-bidoya“ („Badiiylik ibtidosi“)ni 1472-1476-yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon — „Navodir un-nihoya“(„Nihoyasiz nodirliklar“) maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482-yillarda „Vaqfiya“ asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini taʼmin qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan „Xamsa“ yaratish edi. Nizomiyning „Panj ganj“ nomi bilan tarixga kirgan „Xamsa“si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: „Maxzan ul — asror“(„Sirlar xazinas“), „Xusrav va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Hayf paykar“(„Yetti goʻzal“), „Iskandarnoma“. Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U oʻz dostonlarini „Matla ul-anvor“ („Nurlar boshlanishi“), „Shirin va Xusrav“, „Majnun va Layli“, „Hasht behisht“(„Sakkiz jannat“), „Oynayi Iskandariy“ (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand boʻldilar. Oʻz xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi. Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda oʻz „Xamsa“sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba „Xamsa“ yaratiladi. Olimu fuzalo — barcha bu hodisani zoʻr olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoe“sidan: "Shoh Navoiyga: „Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan koʻpdan hal boʻlmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik“, deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi boʻlishini koʻpdan orzu qilar va uni „pirim“ deb atar edi.
Hayotining soʻnggi yillari
Alisher Navoiy xaykali, Samarqand 1490-yillarning boshidagi ogʻir yoʻqotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo boʻlish Navoiyga qattiq taʼsir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar toʻqiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qoʻyadi. Bu-Moʻmin Mirzoning oʻz bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda Navoiy Hirotga qaytgach oʻrniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. Bu orada Balxda Darveshali qoʻzgʻoloni boshlanadi. Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga joʻnaydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning oʻgʻli Sulton Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, oʻgʻli Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon oʻgʻli — 13 yoshli Moʻmin Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi. Xadichbegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon oʻrtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Moʻmin Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va oʻgʻil orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qoʻlga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yoʻllagan yashirin farmoni maʼlum boʻlib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi. Alisher Navoiy maqbarasi tolibonlar xujumigacha, Hirot, 1976-yil. Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota-oʻgʻil urushida Badiuzzamon yengiladi. Moʻmin Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499-yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana bir oʻgʻli Abulmuhsin otasiga qarshi bosh koʻtaradi. Shoh oʻz qoʻshini bilan Marvga otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga boorish orzusida edi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil boʻlib kelishini shart qilib qoʻyadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar shoirga yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, texda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulugʻlari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchiligi uchun Alisherning hajga borishidan kechishini soʻraydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota-oʻgʻillarni yarashtirib, Hirotga qaytadi. 1498-yilda Alisher Navoiy „Majolis un–nafois“ni qayta koʻzdan kechirib, toʻldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan „Mantiq ut–tayr“ ga javob yozadi. „Lison ut-tayr“ Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498-1499-yillarda xatlarini toʻplab, „Munshaot“ tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan.
Xulosa
Oliy ta’limdagi islohotlar zamonaviy bosqichi demokratik yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasida O’zbekistonning ilg’or ilmiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ta’minlashga qodir va ma’naviy, madaniy va axloqiy sifatlarga ega yuksak malakali raqobatbardosh kadrlami tayyorlashni talab etadi. Oliy maktabda ta’lim mazmuni mutaxassislar shaxsini rivojlantirish, ylaming chuqur fundamental bilimlarini va amaliy tayyorgarliklarining asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Oliy maktabda ta’limning yangi mazmuni zamonaviy bosqichda davlat standarti bilan belgilanadi.
Oliy ta’lim standarti kadriar tayyorlash, ta’lim mazmuni sifatiga talablami belgilaydi. Davlat standarti me’yoriy hujjatlari asosida oliy maktabda o’qitish jarayonini takomillashtirish yo’llari belgilanadi. Oliy maktabda o ’qitish jarayoni ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlar bilan belgilanadi va o’qitish tashkiliy shakllari va metodlari turli-tuman tizimlari doirasida amalga oshiriladi. Oliy maktabda ta’lim mazmunini qayta tashkil qilish: mutaxassislami tayyorlash yangi samarali shakllarini izlash bevosita talabalar bilim olish faoliyatlarini faollashtirish bilan bog’iiq.
Bilim olish faoliyati nazariy asoslarini asoslash uchun yaqin sharq va Markaziy Osiyo qomusiy olimlarining pedagogik qarashlari muhim ahamiyatga ega. Oliy ta’lim mazmunining sifatini takomillashtirish pedagogikadagi bugungi kunda yangi pedagogik innovatsiya yo’nalishisiz mumkin emas. Oliy maktabda innovatsiyon jarayonlar innovatsiyon xususiyati yangiliklar kiritish, o’qituvchilar kasbiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Oliy maktabda pedagogik innovatsiyalar pedagogik texnologiyalar muammolari bilan uzviy bog’liqdir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalari ilmiy asoslarini, mualliflik maktablarini va yangi tajriba texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog’iiq. Mazkur qo’llanmada pedagogik texnologiyalami tizimlashtirish va umumlashtirishga urinishlar ushbu muammoni hal etmaydi.


Download 121.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling