Pedagogika va psixologiya fakulteti” “pedagogika” kafedrasi


Download 59.4 Kb.
bet2/13
Sana04.05.2023
Hajmi59.4 Kb.
#1425088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PEDAGOGIK MAHORATNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Kurs ishing maqsadi: Pedagogik mahoratni shakllantirish va rivojlantirish omillari masalalarining o‘rni va ahamiyatini o’rganishdan iborat.
Kurs ishing vazifalari:
1.Sharq qomusiy olimlarinng pedagogik g’oya va fikrlarini tahlil qilish;
2.O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyatning rivojlanishini o’rganish
3.Mutaxassisning o’rta ta’limda kasbiy rivojlanishini belgilovchi omillarni aniqlash
4.Maktab amaliyotida pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish vositalari va yo’llarini o’rganish.
Kurs ishing obyekti: Pedagogik mahoratni shakllantirish va rivojlantirish jarayoni.
Kurs ishing predmeti: Pedagogik mahoratni shakllantirish va rivojlantirish omillarini o’rganishning mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Kurs ishing tuzilishi: Kurs ishi, kirish, 2ta bob, 4ta reja, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

I.BOB.PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA O’QITUVCHI MAHORATINING SHAKLLANISH JARAYONI
1.1. Pedagogik mahorat haqida umumiy tushuncha


Zamonaviy pedagog imijini yaratish uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim samaradorligini oshiradi, pedagogik faoliyatni modernizatsiyalashga olib keladi, milliy mafkuramizdagi bosh g‘oyamiz bo‘lgan farovon jamiyatni barpo etishga zamin yaratadi. Yangi standartlarga o‘tish munosabati bilan shaxsning kasbiy mahoratiga, uning yuqori martabalarga erishishiga, shaxsiy madaniyatini rivojlantirishga, innovatsion ijodiy izlanishlariga o‘zgacha diqqat ajratilmoqda. Bizningcha, innovatsion ijodiy izlanish - bu pedagogning taraqqiyot o‘zligiga va ma’lumotiga, mantiqiyligini, o‘zligini birlashtirish tushunchasini, ko‘rgazmaliligini takomillashtirish, yangi, kasbiy va original yechimlarini topishi, shaxsiy o‘zligini va hissiyotlarini modellashtirish jarayonlarini kiritish ahamiyatga molik deyish mumkin. Ta’lim tizimining kundan kunga rivojlanib, yangilanib borishi hayotimizda yuqori ahamiyatni egallagan bir kunda, pedagoglarning kasbiy mahoratiga va imijiga ahamiyat ko‘tarilib bormoqda. Ko‘p jihatdan pedagogning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi kasbiy imkoniyatlaridan kelib chiqib boshqalarga ijobiy ta’sir etishi va qay darajada ta’sir etishiga bog‘liq. Pedagogning ichki va tashqi dunyosi hamohang (garmoniya) holda bo‘lishi, fikrlari hatti-xarakatlari bajarayotgan ishida namoyon bo‘lishi talab etiladi. Ijtimoiy munosabatlar birinchi navbatda bir odamning boshqa shaxsning haqiqatni qanday amalga oshirayotganini tushunishga urinishlaridan iborat. Samarali ta’sir o‘tkazish uchun kishi bir –biri bilan tushunishi, uning ustiga-ustak keyingi xatti-harakatlarini inson bilim tuzilishi muvozanatsiz va g‘ayrioddiy bo‘lishi mumkin emas. Bu shakllangan bo‘lsa, zudlik bilan bir qiziqish, bu vaziyatni o‘zgartirish uchun, bilim va tizimi, ichki mustahkamlik o‘rnatish uchun kerak bo‘ladi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchi, talabaga, tinglovchiga o‘zining ta’sirini o‘tkazish orqali unda mustaqillik va onglilik kabi shaxs sifatlarini tarkib toptirishi, bunda o‘z-o‘zini boshqarish “o‘qituvchi-o‘quvchi” modeli tarzida namoyon bo‘lishi, o‘qituvchi bu o‘rinda “axborotchi”, o‘quvchi esa “qabul qiluvchi” rolida maydonga chiqib, o‘quvchi tashqi qabul qilishdan o‘z faoliyatini mustaqil uyushtirishga o‘sib o‘tishini ko‘rsatib bergan. O‘quvchida boshqarish uquvi ma’lum tizimdagi usullarni egallagandan so‘ng vujudga keladi. Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan zamonaviy pedagoglarimizning vazifalaridan biri talabalarning intellektual (aqliy) jihatdan rivojlanishini to‘g‘ri diagnostika qilish, ta’lim va tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, eng muhim mavjud kamchilik va buzilishlarning oldini olish va talabalar psixogigienasini saqlashdan iboratdir. O‘qituvchi uchun imij boshqa soha vakillariga qaraganda juda katta ahamiyat kasb etib, o‘quvchilarda tasavvurlarining paydo bo‘lishi, ijobiy ustanovkalarning yuzaga kelishi va o‘z navbatida ularda imijning shaklanishiga olib keladi. Pedagog shaxsining asosiy sifatlarini uning kommunikabilligi (muloqotga kirishuvchanligi) refleksivligi, o‘z-o‘zini boshqara olishi, empatiyasi tashkil etmog‘i lozim. Imijni shakllantirish uchun motivni o‘rganish lozim, bunda psixologlar o‘zlarini to‘liq his qilish (ichki motivatsiya) va his-tuyg‘ularga (tashqi motivga) yo‘naltirilgan imij o‘rtasida farq borligini ta’kidlashadi. Motivatsiyaga qarab imijni shakllantirishning tegishli taktikasi tanlanadi: o‘z-o‘zini anglash, o‘zini niqoblash, o‘z-o‘zini tasvirlashning shakli bo‘lgan o‘z-o‘zini namoyish qilish. O‘z ongiga va sub’ekt sifatiga mos keladigan mavzuning imijini yaratish uchun asos sifatida insonning psixologik xususiyatlarini olish mumkin. Psixologiya imijning bir-biri bilan bog‘liq komponentlari tomonidan ifodalangan murakkab – tashqi ko‘rinishi, og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan jihatlarning qiyofasini o‘rganadi. Psixologlarning qiyofasi faqatgina muayyan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotli formulani ishlab chiqish bilan cheklanib qolmaydi. Bunda shaxsning psixologik yordam jarayoni oqilona bo‘ladi, ayniqsa bu masala murabbiylik holatida dolzarbdir. Psixologiya nuqtai nazaridan, imij shaxsni baholash uchun yagona vositadir. Psixologiya fani imijni qiyofasini ijtimoiy-psixologik ta’sirga aylantiruvchi omil sifatida baholaydi, bu esa ma’muriyboshqaruv usullarini o‘zgartiradi. Natijada imijning kommunikativ va boshqaruvchilik tabiati ahloqiy tahlilga asoslangan. Bu yerda imijni shakllantirishning ahloqiy tomoni, uning manipulyatsion funksiyasi bilan bog‘liq psixologiya va falsafada tasvirni o‘rganishning umumiy nuqtai nazari topiladi. Shunday qilib, psixologiya imijni quyidagi omillar bilan tekshiradi: etnopsixologik, psixografologik va ijtimoiy -psixologik. Psixologik tadqiqotlarning natijalari amalda, ham tashqi (induktor bilan bog‘liq) aloqada, masalan, saylov kampaniyasi holatida va shaxsning o‘zini o‘zi identifikatsiya qilish holatida talab qilinadi. Agar psixologiyada imij shaxsni favqulodda rivojtiradigan vosita bo‘lsa, unda ijtimoiy munosabat avvalo ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy institutlarning jamoa imijini o‘rganadi. Ijtimoiylikka asoslangan imijning fenomeni nazariy va uslubiy asoslari, imijning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liqligini ochib beruvchi ijtimoiy asosan faoliyat va fenomenologik yondashuvlardan foydalanadi. Shunday qilib, bir tomondan asoslangan, boshqa tomondan, imijni haqiqiy ko‘rsatish, uning tashuvchisi ichki ijtimoiymadaniy aloqalarni o‘rganish. Mazkur tadqiqotlarning maqsadi zamonaviy pedagog imiji shakllanishining ijtimoiypsixologik omillarini tadqiq etish, zamonaviy pedagogning ma’naviy qiyofasining shakllanishida ijtimoiy psixologik mexanizmlari, omillari va qonuniyatlarini empirik jihatdan o‘rganishdir. O‘tkazilgan tadqiqotimizda E.V.Rezapkina va G.V.Rezapkinalarning «O‘qituvchi shaxsini psixologik o‘rganish» testi dan foydalandik. Ushbu metodikani ikki gumanitar yo‘nalish va tabiiy fanlar yo‘nalishi professor-o‘qituvchilarining 54 nafar oliy ta’lim pedagogidan o‘tkazilgan natijalar tahlilini keltiramiz.
Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati – o’qituvchining mahorati, pedagogik imidjidan iborat bo’ladi. Pedagogik mahorat-pedagogik imidjga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi.
Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi.
Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan so’nggina xaqiqiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.
Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga erishganligini bildiradi.
O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir.
O’qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. O’qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi.
Biroq mahorat — bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada Usta bo'lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chohidagina go'zaldir.
Pedagogik mahoratga etishish o’qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.
Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
«Pedagogik mahorat» bir kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. Turli tadqiqotchilar ishlarida ayni bir hodisani tavsiflash uchun turlicha tushunchalardan foydalanish boshqacha ma'no va mazmun tomonlariga ega.
Turli muallif asarlarida pedagogik mahoratning yagona, tan olingan ta'rifining yo'qligi uni tadqiqotning jonli jarayoni deb xulosa chiqarishga asos bo'ladi.
Tushunchalar, fikrlaming turli-tumanligi bu hodisaning murakkabligi va ko'p qirraliligidan dalolat beradi. Barcha ta'riflarda urg’u shaxsga beriladi va shu tariqa ular pedagogik mahoratning sotsial mohiyatini aks ettiradi.
I.A.Zyazyun va N.A.Lebedniklar shaxsning sotsial etukligi va kasbiy mahoratining o'zaro bog’liqligini isbotlab berdilar.
Mahorat talabalar tomonidan ularning sotsial etuklikka erishish darajasiga qarab bosqichma-bosqich egallanadi. Sotsial yetuklik komponentlari pedagogik mahorat komponenti bilan quyidagi nisbatda bo'ladi.
Bo'lg’usi pedagogning sotsial yetuklik komponentlariga ushbular kiradi:
Keyingi yillarda pedagogik mahorat kategoriyasiga nisbatan yangicha qarashlar paydo bo'ldi. Pedagogik mahoratning an'anaviy izohlaridan bir qadar chekinish ham yuz berdi (I.A.Zyazyun, N.V.Kuzmina, VASIastenin).
Pedagog tadqiqotchilarning Sankt-Peterburg maktabi, pedagogik mahoratni kishining alohida holati - ya'ni uning kasbiy mashg’uloti keng ma'noda kishilar bilan ishlashning o'ziga xos sohasi bo'lgan pedagogika hisoblanadi, deb tavsiflaydi.
Pedagogik mahoratning asosi pedagogik bilimdonlikdir.
Pedagogik bilimdonlik, deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me'yorlar (normalar), standartlar va talablarga muvofiq pedagogik vazifani bajarishga qobillik va tayyorlik bilan belgilanadigan integral kasbiy-shaxsiy tavsifnoma tushuniladi.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining ta'lim va tarbiya ishida insoniyat to'plagan barcha tajribalardan ratsional foydalanish qobiliyatini ko'zda tutar ekan, demak, u etarli darajada pedagogik faoliyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini egallashi lozim bo'ladi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlikning bosh ko'rsatkichi bu insonga, shaxsga yo'nalganlikdir.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon mantiqining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko'ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo'nalishlarini tushunish imkoniyatini ta'minlaydi hamda maqsadga muvofiq faoliyatni konstruksiyalashni osonlashtiradi.
Bilimdonlik o’qituvchi uchun o'ta muhim bo'lgan uchta holat bilan bog’langan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi:
Kreativlik - bu kasbiy hayot usuli, ko'p qirrali ta'lim jarayoni va tizimining maqsadlari, mazmuni, texnologiyalari sathida yangi pedagogik voqelikni yaratish istagi va malakasidir. Kreativlik o’qituvchiga innovatsion o'zgarishlar oqimiga moslashib olishiga yordam beradi.
Har qanday darajadagi kasbiy bilimdon pedagogik reflektsiyaga qodirdir.
Reflektsiya - fikrlashning maxsus usuli bo'lib, pedagogik voqelikka, tarixiy-pedagogik tajribaga, muayyan kasbiy mavqening tashuvchisi bo'lgan o'z shaxsiyatiga qayta nazar tashlashdir.
Yuqoridagi kasbiy-pedagogik bilimdonlikni tashkil etuvchi barcha komponentlar murakkab tuzilmani hosil qilib, mutaxassisning «ideal modeli»ni shakllantira boradi va pirovard natijada zich birlashib ketadi hamda o’qituvchi shaxsi faoliyati tavsifini belgilaydi.
Bilimdonlik faqat faoliyat jarayonida va faqat konkret kasb doirasida namoyon bo'ladi va baholanadi.
Pedagogik muhitda o’qituvchi faoliyatini baholashda, odatda, pedagogik madaniyat termini qo'llanadi.
Pedagogik madaniyat kasbiy faoliyatning individual mazmuni bilan bog’lanadi.
Pedagogik bilimdonlik o’qituvchining yuksak natijalarga erishishini ta'minlaydi.
Pedagogik madaniyat faoliyat va munosabatlarga estetik shakl beradi.
Pedagogik faoliyat pedagogik madaniyat tushunchasi tahlili omili bo'ub xizmat qiladi.
Pedagogik madaniyat umuman madaniyatning namoyon bo'lishidir.
Madaniyat faoliyat jarayoni va natijasi o'laroq subektning dunyo obektlarini o'zlashtira borishdagi barcha hatti-harakatlarini qamrab oluvchi sotsial hodisani bildiradi. Madaniyat inson yaratgan, shuningdek, qanday vosita va metod bilan yaratgan barcha hodisalami o'zida birlashtiradi.
Pedagogik madaniyatda, umuman madaniyatda bo'lganidek, predmet-hosila va texnik-texnologik jihatlar mavjud.
Pedagogik madaniyat bir qator tizim hosil qiluvchiunsurlarga ega. Ularga quyidagilar kiradi:

Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling