Pedagogika va psixologiya fakulteti


Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik koniliktlaming yuzaga kelish turlari


Download 73.94 Kb.
bet14/17
Sana12.03.2023
Hajmi73.94 Kb.
#1263130
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
JUMANIYAZOVA MADINA DILSHODOVNA

Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik koniliktlaming yuzaga kelish turlari.
Та lim-tarbiya jarayonida pedagogik konfliktlaming yuzaga kelishida: о qituvchi-sinf jamoasi, olqituvchi—kichik guruh, о’qituvchi-katta guruh, o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi—o‘quvchi, kichik guruh-kichik guruh, kichik guruh-sinf kabi turlarida namoyon bo'ladi. Pedagogik konfliktologiya fanini o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos pedagogik-psixologik va uslubiy asoslari yaratilmoqda.
Ular:
❖ DTS va ularga muvofiq darajada o‘zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilimlar hajmi asosida o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilanning hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit belgilash va ulardan foydalanish imkoniyatlari, o‘quv reja, o‘quv dastur, o‘quv materiallari, dars mavzusi, o‘quv jarayoni modeli, texnologik xaritasi, dars ishlanmasi va hokazo;
❖ hamkorlik muhitiga kirishadigan о‘quvchi laming psixologik, yosh xususiyatlari va o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olish, mashg‘ulotlarda har bir o‘quvchi uchun qulay, erkin, hissiy ko‘tarinkilik muhitini yaratish, erkin muloqotni sifatli uyushtirishda dars mavzusi, mazmuni, qoilanilayotgan tushunchalar, atamalar, ta’riflar, formulalar va boshqalaming o‘quvchilar uchun tushunarli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlash;
❖ mashg‘ulot uchun zarur didaktik, kognitiv, vizual vositalarni oldindan tayyorlash, muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish. Ta’kidlash kerakki, o‘qituvchi hamda о‘quvchilar orasidagi hamkorlik - ta’lim jarayonining asosini tashkil qilishi lozim.
Pedagogik konfliktlar yechimini topishga asoslangan pedagogik jarayonning tarkibiy qismlari sifatida quyidagilami ko‘rsatish mumkin:
■ ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion usullar;
■ insonparvarlikka asoslangan demokratik yondashuvlar;
■ o‘zaro ishchan muloqotga asoslangan dialog muhiti;
■ ishchan pedagogik muhit. Pedagogik konfliktlar yechimini topishda quyidagi interaktiv usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega, ya’ni oquvchilarga axborotlami jadal tai'zda taqdim qilish, muammoli vaziyatlami vujudga keltirish, izlanuvchanlikka asoslangan ijodiy muhit yarayish, samarali foydalanish, о’quvchi lami turli didaktik o’yinlarga jalb qilish singari.
Pedagogik konfliktlar yechimini ta’minlashning maqsadli yo‘nalishlari mavjud bo’ib, bular:
■ pedagogik talabdan pedagogik bevosita va bilvosita muomala, muloqot va munosabatga o‘tish;
■ о‘ quvchilaiga erkin, hissiy, insoniy va shaxsiy yondashuv asosida ta’lim berish: o‘zaro hamjihatlik, tushunish, anglash, qabul qilish, hamdardlik, ko‘maklashish, ijobiy his-tuyg‘ulami ifodalash muhitini ta’minlash. Pedagogik konfliktlar yechimini topishga asoslangan ta’­ lim jarayoni o‘ziga xos jihatlarga ega.

Xulosa
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, 80% konfliktlar ularning ishtirokchilari hoxish va irodasiga qarama-qarshi o‘laroq, ular istagiga qarshi ravishda vujudga keladi. Ya’ni, kamdan-kam hollarda konflikt ataylab tayyorlanib, amalga oshiriladi. Ammo nima uchun, biz konfliktni ataylab tayyorlamagan bo‘lsak ham, ular yuzaga keladi?
Chunki bizning psixikamiz va psixologiyamiz o‘zimizga qaratilgan agressiyaga qarshi agressiya bilan javob qaytarishga, ziddiyatda eng avvalo o‘zini himoya qilishga, kezi kelganda, o‘zini muhofazalash uchun, xujum qilishga tabiatan kodirovka qilingan bo‘ladi, mana shunday o‘zini tutishga biz tabiatan ma’lum darajada o‘rgatilgan, tayinlanganmiz.
Konfliktogenlar tahdidiga uchragan odam, odatda, o‘zining psixologik va emotsional holatini himoya qilishga o‘tadi. Shu bois, u konfliktogenga nisbatan o‘zidagi emotsional tahdid bilan munosabat bildiradi. Mazkur emotsional tahdid ko‘pchilik hollarda ovoz, mimika, intonatsiyadagi agressiya bilan ifoda qilinadi. Agressiyaga doim o‘ziga yarasha agressiya bilan javob qaytariladi. Ammo o‘ziga qaratilgan agressiyani bosib ketish uchun javobiy agressiya yanada kuchliroq bo‘ladi. Chunki odam “buni adabini berib qo‘ymasam, shunday bo‘laveradi”, - deb o‘ylaydi. Natijada har ikki tomonda konfliktogenlar miqdori keskin orta boradi. Inson emotsional va psixologik holati unga qarata yo‘naltirilgan haqorat, piching, kesatiq, so‘kish, nafsoniyatga tegish, zo‘ravonlik, o‘z fikrini o‘tkazishga intilish, taziyq kabilarga, doimiy ro‘y beradigan adolatsizlikka bundan o‘zgacha munosabat bildira olmaydi.
Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har qanday joyda, har qanday vaziyatda to‘qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko‘chada, o‘quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko‘p vaqt odamlar birga bo‘ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan va ruhiy muloqotda bo‘ladigan hollarda, ular ma’lum muddat o‘zaro birga bo‘lishga majbur bo‘lgan paytlarida ko‘proq sodir bo‘ladi. Hech bir inson o‘zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilinganman deb hisoblay olmaydi. Chunki konfliktlar ba’zan qo‘qqisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, hech bir inson konfliktlardan o‘zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konfliktli vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo‘llarini, usullarini qidiramiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, konflikt ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Chunki u ko‘pchilik insonlarning kundalik turmush tarziga oid voqea va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o‘rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko‘rishi mumkin.

Download 73.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling