Pedagogika va psixologiya kafedrasi «bolalar psixologiyasi» fanidan «maktabgacha ta
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning mashg‘ulotlar jarayonida aqliy tarbiyalash shakllari
Download 149 Kb.
|
2Kurs ishi tayyori Tursunova Umida
1.2.Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning mashg‘ulotlar jarayonida aqliy tarbiyalash shakllari.
Mashg`ulotlarda, didaktik uyinlarda kuyilgan vazifani xal etishda bola buyum va xodisalarning ayrim xususiyatlarini ajratishga, solishtirishga, umumiy xususiyatlarga, belgilariga karab guruxlarga ajratishga, klassifikatsiya etishga urganadilar. Bolalar fikr yuritishga, xulosalar chikarishga urganadi, bolalar dikkati, xotirasi va ixtiyoriy idroki rivojlanadi. Mashg`ulotni, uyin vazifasini xal etishda bola o`zining xatti-xarakatini tushuntiradi. Bu esa nutkining usishiga yerdam beradi. Mashg`ulotlar, didaktik uyinlar davomida turli maktabgacha yoshdagi bolalar kup marotaba takrorlash orkali bolalar bogchasining ta‘lim-tarbiya dasturiga xos bilimlar majmuini o`zlashtiradilar. Tabiiy materiallar bilan uynaladigan uyinlarni tanlashtirishda tarbiyachi uyinning mazmuni atrof muxitdagi tabiatdagi o`zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim. Masalan: «Urug sotib olish» uyini baxorda, «Xosil yigishtirish» esa yoz yoki ko`zda utkazilishi kerak. Tarbiyachining o`zi xam mashg`ulot, uyinning turlicha variantlarini uylashi mumkin: uyinga, mashg`ulotga kushimcha vazifa, yengi rol, bolalarning atrofdagi tabiat xakidagi bilimlarini boyitishga va boshkalar. Ba‘zi bir xil 28 didaktik uyinni turli variantda, turli yoshdagi bolalar uchun tavsiya etiladi. Uyinlar usimliklar, xayvonlar yoki boshka predmetlarning soni oshishi, turlicha koida va uyin xarakatlarining oshishi xisobiga murakkablashadi. Masalan: paypaslab bilish uchun sabzi, bodiring, olma va boshkalar olish mumkin, keyinchalik shakli uxshash bo`lgan meva va sabzavotlarni kiritish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga barg, gullar bilan uynash kupincha gurux xonasini, ovkat stolini bezash, guldasta, barglarni kattalarga, kichik bolalarga sovga kilishga xoxishlari bilan boglanadi. Bunday uyinlarni, mashg`ulotlarni o`tkazishda bolalarni usimliklarga nisbatan extiyotkorlik, gullarni bekordan-bekorga o`zmaslikka urgatish lozim. Agar bola olma yoki boshka predmetlarni shakliga dikkatini karatgan bulsa, unga olmani dumalatib kurish, koptokdek silab kurish, uning sillikligini aniklashni taklif etish lozim. Bolalarda rang, shakl, kattalik tushunchalarini ishlatishga urgatish lozim. Xilma-xil tabiat xodisasi olamida bolalarning bevosita Kuzatishlari uchun eng tushunarligi usimlik va uy xayvonlaridir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni usimlik va xayvonlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda tabiatga nisbatan muxabbat tarbiyalanadi, xayvonlarni parvarishlashga, usimliklarni ustirishga nisbatan istaklari tarbiyalanadi. Ota-onalar bilan treninglar o‟tkazish usullari. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, testlar, topshiriqlar, savol nomalar, interfaol metodlari vaqtivaqti bilan o`tkazilib turilsa, ayniqsa maktab yoshdagi 6-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalarning ishtirokida olib boriladigan har-bir mashg`ulotlar farzandlarining nimaga qodir ekanliklarini anglab olishlariga yaqindan yordam berilardi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a‘zolarining mas‘uliyati oshardi. Ta‘lim muassasalarida ota – onalar va tarbiyachilar bilan o`tkaziladigan har bir munozaralar bolalarni maktabning ilk bosqichiga qadam qo`yishlarini silliqlik bilan o`tilishida yordam beradi hamda sog`lom bola va sog`lom muxit sharoitini mustaxkam yaratishga imkon beradi. Treninglar maktabgacha ta‘lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov gurux tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang`ich sinif o`qituvchilari ishtirokida o`tkazilishi bola rivojlanishida to`g`ri tashxis qo`yishga yordam beradi. Ota- onalarga: “Sizning bolangiz yaqinda yoshga to„ladi uning hayotida yangi tartibli, rejaga asoslangan ta‟lim boshlanib, u bolangizni har tomonlama sog„lom, tetik, mustaqil shaxs sifatida voyaga yetishida zamin yaratish bosqichlariga aylanadi” deb murojat etiladi. Maktab ostonasiga birinchi qadamini qo`yar ekan sizning bolangiz hayotida o`chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi deb savolnomalar tarqatiladi va yozma ravishda javob berilishini iltimos qilinadi. 1. Sizning bolangizda maktabda o`qishga moyillik bormi?......... 2. Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oilada oladimi?.................... 3. Maktabda muvaffaqiyatli o`qib ketishi uchun nima zarur?.............. 4. Jismoniy sog`lom bo`lishi uchun nimalarga e‘tibor qaratilishi lozim?......................... 5. Shaxsan sizning bolangiz bolalar bog`chasidan so`ng maktab sharoitiga moslashishi uchun nimalarga etibor qaratar edingiz?........................... 6. Maktabgacha ta‘lim muassasalari va maktab ta‘limi o`rtasidagi farqlarni bolangiz ongiga singdira olasizmi?.... 7. Maktab hayotidagi qonun-qoidalarni bilishi va unga amal qilishiga yordam bera olasizmi?................................. 8. Maktabgacha ta‘lim muassasalaridan qanday talab va istaklaringiz bor?....................... Kabi savollarga javoblar olingandan so`ng munozarani olib borish uchun ota-onalarga topshiriqlar beriladi: - ota-onalarning maktab bo`sag`asidagi tashvishlari qay darajada ekanligini aniqlash, - maktabga bolalarni har tomonlama tayyorlash uchun ota-onalarni qiziqtirgan kitoblarni mavjudligi, - bolani sog`lom muxitda tengdoshlari bilan o`rtoqlashishga ko`maklashishi. - o`qish va sanashni bilish darajalarini aniqlashga yordam berish. - bolalarni intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga undash. Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o`zaro munozara qilganlaridan so`ng ularni fikr va muloxazalarini tinglash hamda maktabgacha ta‘lim muassasalari tarbiyachilari va boshlang`ich ta‘lim o`qituvchilari bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlashda ularni sog`lomligiga katta e‘tibor qaratish, jismonan va aqlan rivojlantirish mas‘uliyatini yuklash, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib borish vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta‘limning keyingi turi - boshlang`ich sinflarda muvaffaqiyatli ta‘lim olishga yo`naltiriladi. Xususan mustaxkam oilada sog`lom bola tarbiyasi bolalarni ma‘rifatli, ishbilarmon, tadbirkor, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitiga o`tishning ma‘naviy-axloqiy asoslarini to`g`ri tushuna oladigan, halol, to`g`ri, birovlar haqqiga xiyonat qilmaydigan, hayr-ehson, sahovat va muruvvat kabi fazilatlarning asl ma‘nosini yaxshi anglaydigan jamiyat a‘zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta‘lim muassasalari va ota-ona avvalo, o`zi, qolaversa, farzandlarini ham o`rgatib bormog`i har biri o`z mas‘uliyatini anglab yetmog`i, ota-ona va tarbiyachi farzand tarbiyasida mohirona bo`lishi bugungi kun talablaridan biri hisoblanadi. Ota-onalarga topshiriq. Muloqotni, munozarani vujudga keltirish uchun ota- onalarga ko`p uchraydigan jumlalarni tavsiya qilish mumkin. Ularni o`qib ko`ring va ular bolalarga qanday ta‘sir etishini izohlab bering. ― Maktabga borsang, o`shanda ko`rasan.‖ ― Menimcha, sen ikkichi bo`lasan‖ ―Bilasanmi, sen a‘lochi bo`lsang biz seni juda yaxshi ko`ramiz.‖ ―Sen shunday o`qiki, sen uchun biz qizarmaylik Natijasi: Bu jumlalarning hammasi bolada o`ziga bo`lgan ishonchni, maktabga borishga xohishini so`ndiradi. Boshqacha qilib aytganda, ota-onalarning o`z-o`zlariga bergan bahosi bolasiga berilgan bahodan ustun bo`ladi. Shuni esda tutingkki, bolalarni o`zi bajara olmaydigan topshiriqlar bilan yuklab qo`ymang. Bu ularni yolon gapirishiga olib keladi. ―Agar diktantda xato qilsang ko`rasan‖ kabi. Bu jazolashga taqlid hisoblanadi. Jazolangan bolada ota-onasiga nisbatan dushmanlik paydo bo`lishiga olib keladi. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling