«pedagogika va psixologiya» kafedrasi


“ Psixologik salomatlik maktabi ” korreksion rivojlantirish dasturi


Download 95.31 Kb.
bet19/36
Sana21.01.2023
Hajmi95.31 Kb.
#1105929
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
O zbekiston-respublikasi-xalq-ta limi-vazirligi-navoiy-davlat-pe

Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalar uchun

“ Psixologik salomatlik maktabi ” korreksion rivojlantirish dasturi


Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalarni yangi ijtimoiy muhitga moslashtirish maktab psixologi va boshlang`ich sinf o`qituvchisi faoliyatida muhim o`rin tutadi.
Tajribalar shuni ko`rsatadiki maktabdagi o`zlashtirmaslikni asosiy sabablaridan biri bolalarni ta`limga tayyor emasligi, ularning
“etilmaganligidan”dir. Ana shu “etilmaganlik”ni o`z vaqtida aniqlab, bartaraf qilish bolaning maktabda o`qishiga moslashtirish va psixiokorreksion ishlar mazmunini belgilaydi.
Eng avvalo bolaning psixologik salomatligi uchun g`amxo`rlik ko`rsatgan holda, o`yin faoliyatidan asta-sekin o`quv faoliyatiga o`tishni ta`minlash zarur.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, bolalarni yangi hayot bosqichiga moslashuviga yordam beradigan, muayyan maqsadga yo`naltirilgan rivojlantiruvchi mashg`ulotlarga zarurat tug`iladi.
Maktab ta`limiga psixologik jihatdan tayyorlik birinchidan, bilim olish uchun bolada moyillik va o`quvchining ijtimoiy yo`nalishi shakllangan bo`lishi, ikkinchidan, o`z tengdoshlari bilan aloqa qila bilishi, o`qituvchining talablarini bajarish, o`z xulqini nazorat qila olish kabi jihatlarining shakllanganligiga bog`liq. Bular bolani o`quv faoliyatiga “silliq” o`tishini taminlaydi.
Asosiy mezonlardan biri bolaning sog`lom, chidamli bo`lishidir, aks holda dars va butun o`qish kunida unga beriladigan yuklamalarga chidam berishi qiyinlashadi.
Nihoyat, yana bir muhim va balki eng asosiy tomonlaridan biri, uning aqliy jihatdan yaxshi rivojlanganligi hisoblanadi.
Aynan shu tomon maktabda olinadigan bilimlar va ko`nikmalarni
muvoffaqiyatli o`zlashtirish, intellektual faoliyatini optimal ushlab turish va sinf bilan birga ishlashga ulgurishini belgilaydi.
Insonga dunyoni bilish va tadqiq qilish instinkti (mayli) tug`ilishidan mavjuddir. Boladagi ana shu imkoniyatlarni rivojlantirish va namoyon qilishga yordam berish ayniqsa muhimdir.
“Psixologik salomatlik “ dasturi aynan shu maqsadni ko`zlaydi.
Ushbu dastur asosida guruh sharoitida bolaning shaxsiy, aqliy faolligi oshiriladi va bolalarning maktabga moslashish jarayonlarini oson kechadi.
Mashg`ulotlar jarayonida bolaning bilish psixik jarayonlari:
diqqati, fikrlashi, idroki, tasavvuri, xotirasi, ular uchun mumkun qadar
tabiiyroq hisoblangan shakl – o`yinlar yordamida rivojlantiriladi.
Guruhiy o`yinlardan foydalanish, muloqot ko`nikmalari, bir – birini o`zaro tushunish, sherikchilik, o`zaro mas`uliyatni sezish kabi xislatlarni rivojlantirishga ham yordam beradi. Shuningdek, dastur o`qishga moyilligi, qabul qilishi, xotira, fikrlash kabi bilish jarayonlari rivojlanishi yetarli bo`lmagan 7 yoshli bolalarga ham mo`ljallangan.
Mashg`ulotlar bir xaftada 2 marta o`tkaziladi va har bir mashg`ulot 30 daqiqaga mo`ljallangan.
Olib boruvchiga tavsiyalar:
1, Bolalarga ko`proq mustaqillik bering. Bolada “ixtiro”ni o`zlari qilsinlar, tayyor bilimni berishga shoshilmang.
2.Har bir bilimning muhimligini ko`rsatishga harakat qiling, misollar keltiring.

  1. Mashg`ulotlarga o`ta qiziqish bilan qarang, ijodiy ko`tarinkilik muhitini vujudga keltira biling .

  2. Har bir bola o`z muvaffaqiyatlari, yutuqlarini ko`ra bilsin.

Uning “o`sishi”ni, sabr -toqati va harakatini aytib boring.

  1. Bolaning imkoniyatlari va qobilyatlarini xolisona baholang.

Bir bolani boshqa bir bola bilan taqqoslamang.
Masalan, “Ko`rdingmi, Alisher topshiriqlarni qanday tez bajardi”, uning o`rniga “Sen bugun oldingidan ko`ra tezroq bajarding!” Bunday muomala bolada o`z imkoniyatlariga ishonish hissini shakllantirib boradi.
Mashg`ulot o`tish jarayonida taqdim etilayotgan o`yinlar bolalarga quvonch bag`ishlashi, o`z kuchiga ishonch uyg`otishiga qaratilganini yodda tutmoq zarur. Korreksion-rivojlantirish dasturning samaradorligini aniqlash maqsadida mashg`ulotlar yakunida bolaning bilish jarayonini, nutqi, shaxslararo munosabatlari, ijtimoiy moslashuv malakalari tashxis etiladi va sifat o`zgarishlar dinamikasi tahlil etib boriladi.

Download 95.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling