«pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Download 95.31 Kb.
bet22/36
Sana21.01.2023
Hajmi95.31 Kb.
#1105929
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
O zbekiston-respublikasi-xalq-ta limi-vazirligi-navoiy-davlat-pe

I – Texnik qobiliyat.

  1. Har xil mexanizm, mashina asboblariga qiziqadi.

  2. Konstruksiya va modellar bilan o`ynashni yaxshi ko`radi.

  3. Buzilgan mexanizm, o`yinchoqni tuzatishga urinadi.

  4. Buzilgan o`yinchoqni asboblari qismlaridan yangi o`yinchoqni yasaydi. Juda topqir, ijodkor.

  5. Mexanizm mashinani rasmini chizishni yaxshi ko`radi.

  6. Harakatlanuvchi, ovoz chiqaruvchi o`yinchoqlar “siri” ni bilishga intiladi, kattalardan so`raydi, buzadi.

  7. Mashina mexanizmiga doir ma`lumotga qiziqadi. Rasmlarni korreksiya qiladi, jurnal o`qishga harakat qiladi.

II – Musiqiy qobiliyat

  1. Qachon qayerda musiqa tovushini eshitsa, o`sha tomonga intiladi.

  2. Musiqa ritmi, melodiyasini tez ilg`ab, eslab qolishga harakat qiladi.

  3. Musiqa chalsa, qo`shiq aytsa, juda berilib ketadi.

  4. O`z-o`zicha kuy-qo`shiqlar to`qiydi, xirgoyi qiladi. Ayrim san`atkorlarga taqlid qiladi.

  5. Musiqa asbobini chalishga harakat qiladi.

III - Artistlik qobiliyati

  1. So`z topolmay qolganda o`z fikr tuyg`ularini mimika, imo-ishora harakatlari bilan bildirishga harakat qiladi.

  2. Biror narsa voqea va hodisani gapirganda berilib ketadi.

  3. Birov haqida gapirganda beixtiyor tovushi o`zgaradi, o`sha odam ovoziga taqlid qiladi.

  4. Ko`pchilik oldida bemalol, bajonidil she`r, qo`shiq aytadi, rol ijro etadi. Kattalar tomosha qilishini yoqtiradi.

  5. Juda osonlik biln odamlarni, hayvonlar tovushi, xatti-harakati, odatlarini bajarib ko`rsatadi.

  6. Yangilikka qiziquvchan bo`ladi, muhitga tez moslasha oladi.7. CHiroyli didli kiyinishga harakat qiladi.

IV – Badiiylikka intilish adabiy qobiliyati

  1. Biror narsa yoki hodisa haqida mantiqli va asosli fikrdan chalg`imay gapirib beradi.

  2. Oddiy voqea-hodisa haqida ham bo`rtirib, obrazli qilib gapirib beradi.

  3. Birov haqida gapirganda u emotsional, hissiy holatlarini ham so`z orqali gapirib berishga harakat qiladi.

  4. O`zi o`ylab topgan voqea-hodisalarni, jonli, qiziqarli qilib gapiradi.

  5. She`r yodlashga qiziqadi. O`zi ham she`r, ertak, to`qishga harakat qiladi.

  6. Tugallanmagan syujetli ertak yoki hikoya berilsa, oxirini davom ettira oladi, xulosa chiqaradi.


Download 95.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling