I – Texnik qobiliyat.
Har xil mexanizm, mashina asboblariga qiziqadi.
Konstruksiya va modellar bilan o`ynashni yaxshi ko`radi.
Buzilgan mexanizm, o`yinchoqni tuzatishga urinadi.
Buzilgan o`yinchoqni asboblari qismlaridan yangi o`yinchoqni yasaydi. Juda topqir, ijodkor.
Mexanizm mashinani rasmini chizishni yaxshi ko`radi.
Harakatlanuvchi, ovoz chiqaruvchi o`yinchoqlar “siri” ni bilishga intiladi, kattalardan so`raydi, buzadi.
Mashina mexanizmiga doir ma`lumotga qiziqadi. Rasmlarni korreksiya qiladi, jurnal o`qishga harakat qiladi.
II – Musiqiy qobiliyat
Qachon qayerda musiqa tovushini eshitsa, o`sha tomonga intiladi.
Musiqa ritmi, melodiyasini tez ilg`ab, eslab qolishga harakat qiladi.
Musiqa chalsa, qo`shiq aytsa, juda berilib ketadi.
O`z-o`zicha kuy-qo`shiqlar to`qiydi, xirgoyi qiladi. Ayrim san`atkorlarga taqlid qiladi.
Musiqa asbobini chalishga harakat qiladi.
III - Artistlik qobiliyati
So`z topolmay qolganda o`z fikr tuyg`ularini mimika, imo-ishora harakatlari bilan bildirishga harakat qiladi.
Biror narsa voqea va hodisani gapirganda berilib ketadi.
Birov haqida gapirganda beixtiyor tovushi o`zgaradi, o`sha odam ovoziga taqlid qiladi.
Ko`pchilik oldida bemalol, bajonidil she`r, qo`shiq aytadi, rol ijro etadi. Kattalar tomosha qilishini yoqtiradi.
Juda osonlik biln odamlarni, hayvonlar tovushi, xatti-harakati, odatlarini bajarib ko`rsatadi.
Yangilikka qiziquvchan bo`ladi, muhitga tez moslasha oladi.7. CHiroyli didli kiyinishga harakat qiladi.
IV – Badiiylikka intilish adabiy qobiliyati
Biror narsa yoki hodisa haqida mantiqli va asosli fikrdan chalg`imay gapirib beradi.
Oddiy voqea-hodisa haqida ham bo`rtirib, obrazli qilib gapirib beradi.
Birov haqida gapirganda u emotsional, hissiy holatlarini ham so`z orqali gapirib berishga harakat qiladi.
O`zi o`ylab topgan voqea-hodisalarni, jonli, qiziqarli qilib gapiradi.
She`r yodlashga qiziqadi. O`zi ham she`r, ertak, to`qishga harakat qiladi.
Tugallanmagan syujetli ertak yoki hikoya berilsa, oxirini davom ettira oladi, xulosa chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |