«pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Saylxonova Mahliyo Ramazonovananing “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarning


Download 95.31 Kb.
bet36/36
Sana21.01.2023
Hajmi95.31 Kb.
#1105929
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
O zbekiston-respublikasi-xalq-ta limi-vazirligi-navoiy-davlat-pe

Saylxonova Mahliyo Ramazonovananing “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari” mavzusida yozilgan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarning


Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan.
XX asr bo’sag’asida psixologiya fani va uning ilg’or vakillari o’zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko’rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo’ldilar.
Umuman, psixologik xizmat ko’rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy psixologiyaning etakchi yo’nalishlaridan biri sifatida ko’p bor munozaralar manbai bo’lgan. Bu xaqda qadimgi va dastlabki psixologik tasavvurlar makoni bo’lmish hindiston, Xitoy, Egipet, Vavilon, O’rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, jon (ruh) xaqidagi I- kitobning muallifi Aristoteldan va temperament (mijoz) ta’limotining asoschilari Galen’, Gippokrat va Ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar.
Ma’lumki, barcha rivojlangan mamlakatlardagi xalq ta’limi tizimining muvafaqiyati ushbu tizimda psixalogik xizmatning har tomonlama to’g’ri va samarali tarzda tadbiq etilishi bilan bevosita bog’liq ekanligi ko’pgina maorif xodimlarining diqqat e’tiborini o’ziga qaratmoqda.
Porloq kelajagimiz poydevorini,albatta yuksak ijtimoiy bilimlar majmuasi bo’lmish ta’lim tarbiyasiz va uning ravnaqisiz ko’rib bo’lmaydi.
Bugungi kunda o’zbekistonlik psixologlar guruhi tomonidan"O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat, xalq ta’limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqidagi Nizom"ning ishlab chiqilishi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi O’zbekistondagi psixologik xizmat tizimining rasmiy tarzda "jonlanishi" va taraqqiy etib borishi uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Tabiiyki, ushbu "Nizom" ta’lim muassasalarida tatbiq etilajak psixologik xizmat tizimining asl maqsadi, mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari va asosiy yo’nalishlari haqida etarlicha tasavvur hosil qilish va shu tasavvur asosida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun o’ziga xos qo’llanma va yo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Xuddi ana shu " yo’llanma" asosida bugungi kunda Respublikamiz miqyosida talaygina ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tizimi tashkil etilgan.
Darhaqiqat, Respublika xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatning joriy etilishi, dastavval, o’quvchi shaxsini har tomonlama tushunish tahlil qilish va rivojlantirish borasida o’ziga xos yuksak ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, hamma rivojlangan davlatlarda va hamma zamonlarda ham inson omilidan unumli foydalanish muammosi eng dolzarb muammo hisoblangan. Ushbu muammoni bartaraf etish esa eng birinchi navbatda o’quv maskanlaridagi har bir o’quvchi shaxsiga, o’quvchilar jamoasiga bo’lgan psixologik yondashuvning mazmuniga, mohiyatiga va saviyasiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
M.R.Sayilxonovaning bitiruv malakaviy ishi maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublarini o’rganishga bag’ishlangan bo`lib, ushbu tadqiqotda quyidagi vazifalar belgilangan.

  1. Myammoga taalluqli adabiyotlarni o`rganish.

  2. Myammoni nazariy jihatdan tahlil qilish.

  3. Amaliyotchi psixolog xizmatini tashkil qilish bo`yicha hujjatlarni o`rganish.

  4. Maktab amaliyotchi psixologining ish mazmuni mukamal o`rganish va uning mohiyatini yoritib berish.

Talaba M.R.Sayilxonova oldiga qo`ygan vazifalarni to`liq bajargan, bu borada ulkan ishlarni amalga oshirgan va o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishgan.
Talaba M.R.Sayilxonova ushbu muammoga katta qiziqish bilan yondashdi va intiluvchan, tirishqoq talaba sifatida o’zini ko’rsata oldi.
Saylxonova Mahliyo Ramazonovananing “Umumiy o`rta ta`lim maktablarida amaliy psixologning vazifalari ish mazmuni va uslublari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi tugallangan ilmiy ish bo’lib, Davlat Attestatsiya Komissiyasi tomonidan bitiruv malakaviy ishilarga qo’yiladigan talablarga to’liq javob beradi va uning muallifi pedagogika-psixologiya yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishga loyiq.
Ilmiy rahbar: D.X.Umurzoqov
Download 95.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling