«pedagogika va psixologiya» kafedrasi


O`qituvchining teskari aloqani tashkil etishi


Download 95.31 Kb.
bet31/36
Sana21.01.2023
Hajmi95.31 Kb.
#1105929
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
O zbekiston-respublikasi-xalq-ta limi-vazirligi-navoiy-davlat-pe

4. O`qituvchining teskari aloqani tashkil etishi.

  1. O`qituvchi darsning qaysi bosqichlarida (so`rash vaqtida, yangi materialni o`tishda, uni musthkamlashda) o`quvchilarga qanday maqsadlar bilan murojaat qildi?

  2. Darsda o`quvchilarningbilimlarni o`zlashtirishning qanday darajalarini aniqlash mumkin?

  3. Teskari aloqa faqat nazorat qiluvchi emas, balki ta`lim beruvchi xususiyatga ham ega bo`ladimi? Bu hol nimalarda namoyon bo`ladi?

  4. O`quvchilar darsda olingan baholariga qanday munosabatda bo`ldilar?

  5. O`quvchilar javoblarining tabiati o`qituvchining bundan keyingi hatti-harakatlariga va o`zlariga ta`sir qildimi, ya`ni u teskari axborotga qarab o`z faoliyatini qanday qilib qayta qurdi.

5. Darsda o`qituvchi shaxsi va faoliyatining tarbiyaviy ta`siri

  1. O`qituvchi shaxsining: uning tashqi qiyofasi nutqi, o`zini tutishi, o`quvchilar bilan muomalada bo`lish tabiatining tarbiyaviy ta`siri. Bolalarning unga bo`lgan munosabati. Darsning hissiy muhiti.

  2. O`qituvchining qo`yadigan talablari va ularning o`quvchilarda qimmatli irodaviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish uchun ahamiyati (o`quvchilarning javobiga,xulqiga, nutqiga, intizomiga va h.z.larga qo`yadigan talablari). Bolalarning bu talablarga munosabati.

  3. Darsda foydalanadigan ta`lim metodlari va usullarining tarbiyaviy ahamiyati.

  4. O`qituvchi qanday qilib o`quv ishlari texnikasini (tushuntirilgan narsani qanday eshitishini, yozuvlar olib borishini, vazifalarning shartlarini modellashtirish, kitob bilan ishlash, hal qilish usullarini topish, o`z-o`zini nazorat qilish va h.z.larni) o`rgatdi, ya`ni u bolalarni qanday qilib bilim olishga o`rgatdi?

6. Darsning gigiyenik bahosi.

  1. Darsning qaysi vaqtida o`quvchilarning aktivligi oshirildi?

ayrim o`quvchilarning aktivligi oshirildi;
butun sinfning (u qanday maqsad bilan amalga oshirildi?)

  1. Darsning qaysi vaqtida tormozlanish belgilari paydo bo`ldi? (kerishish, uyqu kelishi, o`quvchilar javobining sustlashishi)

  2. Darsdan tashqari mavzularda gaplashish hollari ro`y berdimi, darsning qaysi vaqtida yuzaga keldi va nima sababdan;

  3. Darsda o`quvchilar intizomining buzilganligi qayd etildimi, bu hol nima sababdan yuzaga keldi.

  4. Rivojlangan tormozlanish jarayonini yo`qotish maqsadida o`qituvchi qanday usullardan foydalandi:

  • butun sinf uchun;

  • ayrim o`quvchilar uchun;

    1. Dars o`tish vaqtidagi sinf xonasining gigiyenik bahosi:

  • sinf xonasi shamollatilganmi?

  • o`quvchilarning ish joylari qanday yoritilgan?

  • bolalar partalarga qulay o`tiryaptilarmi? (parta ularning bo`ylariga mos keladimi?) - sinf xonasining o`quvchi bilan to`lganligi, ta`lim normalariga mos keladimi?

  • darsda o`quvchilarning faoliyatiga qo`shimcha qo`zg`atuvchilar xalaqit bermadimi?


    1. Download 95.31 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling