«pedagogika va psixologiya» kafedrasi


Boshlang`ich sinf o`quvchilarining iqtidor va iste`dodlarini aniqlovchi test-anketa


Download 95.31 Kb.
bet21/36
Sana21.01.2023
Hajmi95.31 Kb.
#1105929
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
O zbekiston-respublikasi-xalq-ta limi-vazirligi-navoiy-davlat-pe

6. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining iqtidor va iste`dodlarini aniqlovchi test-anketa.
Iqtidor-shaxsning individual-psixologik xususiyati bo`lib, u faqat akademik faoliyat (fanlarni o`rganishga moyillik darajasi yuqori) yoki aqliy-nazariy faoliyatda namoyon bo`ladi. Iste`dod esa, aqliy-ijodiy faoliyatda namoyon bo`ladigan individual-psixologik xususiyatdir. Albatta, bu xususiyatlar har bir insonning faqat o`ziga xos bo`lganligiga va tabiiy shartlanganligiga qaramasdan, alohida e`tibor va ta`lim-tarbiyani talab etadi. Shuning uchun ham, iqtidorli va iste`dodli bolalarni tanlab, ularni yanada rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoit hamda intellektual, ijodiy muhit kerak bo`ladi. Chunki har qanday iqtidor va iste`dod faqat o`ziga tegishli bo`lgan soha faoliyati jarayonida rivojlanadi va namoyon bo`ladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning iqtidor, qobiliyat, qiziqish yo`nalishlarini aniqlash bo`yicha quyidagi test-anketa usulini havola etamiz. Ushbu test anketa usuli bolalarning qobiliyat, qiziqish yo`nalishlarini aniqlashda va rivojlantirishda xizmat qiladi.
Har bir inson faoliyati 7 yo`nalishning biri bo`yicha qobiliyat yoki qiziqishga ega. Bolalarning qiziqish, qobiliyat va iqtidor yo`nalishlarini aniqlash bo`yicha Amerikalik olim A. D. Xann va G. Kaff tomonidan ishlab chiqilgan test-anketa, psixologiya fanlari nomzodi Y.M.Asadov tomonidan qayta ishlanib, mintaqamiz bolalari uchun moslashtirilgan.
Ko`rsatma: Test-anketa boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, savollarga ota-onalar javob beradilar. Psixolog yoki o`qituvchi tomonidan savollar o`qiladi va bolaning qiziqishi, qobiliyat va iqtidorining namoyonlik darajasi 2-5 ball sistemada belgilanadi. Agar savollarda berilgan xususiyatlar bolaga juda mos kelsa “+ +” belgisi va 5 ball; namoyonligi yaxshi bo`lsa “+” belgisi va 4 ball; o`rta bo`lsa “ - - ” belgisi va 3 ball; unchalik namoyon bo`lmasa “ - ” belgisi va 2 ball qo`yiladi, ko`rsatkichlar 2 balldan past bo`lmasligi kerak.

Qiziqish va qobiliyatlar xususiyatlari



Download 95.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling