«pedagogika va psixologiya» kafedrasi


V – Tasviriy san`at yo`nalishi


Download 95.31 Kb.
bet23/36
Sana21.01.2023
Hajmi95.31 Kb.
#1105929
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
O zbekiston-respublikasi-xalq-ta limi-vazirligi-navoiy-davlat-pe

V – Tasviriy san`at yo`nalishi

  1. O`z his tuyg`u, kayfiyatini so`zdan ko`ra rasmlar orqali ifoda etish osonroq.

Biror narsani ifodalashga so`z topa olmasa rasmini chizadi.

  1. Buyum, odam, hayvonlar rasmini har gal har xil chizib beradi.

  2. San`at asarlariga munosabati jiddiy. Biror rasm, san`at, peyzaj diqqatini tortsa, juda jiddiylashib, xayolga berilganday bo`lib qoladi.

  3. Bo`sh vaqti bo`ldimi, tezda rasm chizish, plastilindan narsa yasash, bo`yoqni tayyorlashdan erinmaydi, charchamaydi.

  4. O`zi chizgan rasmlari bilan uyni, yasagan bezaklari bilan kiyimlarini bezaydi.

  5. Birov chizgan rasmni klassik asarlarga o`z fikrini aytadi, tuzatadi, asosli tanqid qilishi mumkin.

VI – Sportga bo`lgan layoqati

  1. Juda harakatchan va bundan charchamaydi.

  2. Qo`rqmas, ko`p hollarda urishqoq va sho`x.

  3. O`yin va musobaqalarda doim ustunlik qiladi, o`rtoqlari bilan janjallashsa qo`li baland keladi.

  4. O`yin qoidalari, musobaqa talablarini tez ilg`ab oladi va tajribasi borday jiddiy ko`rinadi.

  5. O`z tengdoshlariga qaraganda jismonan baquvvat, harakatlari izchil va yengil.

  6. Kitob o`qish, rasm chizish kabi tinchgina ishlardan ko`ra harakatli o`yin va mashg`ulotlarni yaxshi ko`radi. Hech bir maqsadsiz ham chopqillab yuraveradi.

  7. Hech qachon harakatdan charchamagandek tuyuladi.

  8. Qaysi sportga qiziqishidan qat`iy nazar o`zi tanqid qilgan, yaxshi ko`radigan sportni “qahramoni” bor.

  9. Sog`lom, ko`p harakatlanishi uchun oriq, lekin muskullari chayir, chiniqqan bo`ladi.

VII – Aqliy (intellektual) qobiliyat

  1. Aqliy o`yinlarni berilib, jiddiylik bilan bajaradi. Bu bilan tengdoshlaridan ajralib turadi.

  2. Mavhum tushunchalarni tez ilg`ab oladi.Fikrlarni umumlashtirib, tahlil eta olishi yaqqol sezilib turadi.

  3. Mantiqli aniq va tez fikrlaydi. Bir so`z o`zining hozirgi vaziyat-mohiyatini tushunadi.

  4. Xotirasi yaxshi rivojlangan.

  5. Mashg`ulotlarda yangi tushunchalarni tez va osonlik bilan o`zlashtiradi.

  6. Vaziyat va mavzuga mos mantiqli savollarni ko`p beradi.

  7. O`qish va yozishga havasi kuchli, bu borada o`z tengdoshlaridag oldinda.

  8. Ko`p hollarda umumiy mashg`ulotlardan zerikadi. Lekin aqliy imkoniyatlari bilan tengdoshlaridan kuchliligi bilinib turadi.

  9. yechishga mos kelmagan aqliy muammo va masalalar bilan shug`ullanadi.

  10. Tez ta`sirlanuvchan, juda kuzatuvchan.

  11. Boshqalarni yoki o`zini fikrini mantiqli ifodalay oladi..

  12. Har xil voqea hodisalar sababini mustaqil anglashga urinadi.

  13. Konstruktorlar yasash, kolleksiyalar yig`ishdan erinmaydi. Bu ish bilan uzoq vaqt shug`ullanishi mumkin.

  14. Mustaqil bajargan ishini natijasi ya`xshi chiqmasa, ruhi tushmay qayta bajaraveradi.

  15. Juda mag`rur o`ziga ishongan.


Download 95.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling