Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish


Download 184.42 Kb.
bet10/22
Sana18.06.2023
Hajmi184.42 Kb.
#1565587
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
“MAKTABGACHA TA`LIM VA TARBIYA TO`G`RISIDA”GI QONUNNI

25-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan to‘lovlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish ularning muassislari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga haqli.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmaydigan ko‘chmas mulkini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tuzilmasiga kiradigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining qonunga xilof xarajatlari, o‘g‘riliklar, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya ehsonlari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari), grantlari hamda texnik jihatdan ko‘maklashish vositalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurilishlarning manzilli ro‘yxatlariga kiritgan holda, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;
yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga ishlash uchun jalb qilishga;
davlat organlari va tashkilotlarining, loyiha institutlarining, ilmiy muassasalar hamda oliy ta’lim tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish doirasida maslahatchilar sifatida jalb qilishga;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi xodimlarini o‘qitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan ularni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining binolarini jihozlash va ta’mirlashga;
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlar uchun ham sarflanishi mumkin.

Download 184.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling