Pedagogika va psixologiya”


Bolalar ijodini o’rganish metodi


Download 292.81 Kb.
bet24/46
Sana02.08.2023
Hajmi292.81 Kb.
#1664556
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya”

Bolalar ijodini o’rganish metodi o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo’yichaBKM darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Uni qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari – kundalik, insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metod ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Pedagogik kuzatish. Uni qo’llash jarayonida ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o’quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik tajriba (“eksperiment” lotincha – “tajriba qilib ko’rish”) metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega bo’la olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud: 
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

10-MAVZU: Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari.

Sharq mutafakkirlarining psixologik g’oyalari( XV-XIX). A.Temur, A.Navoiy,Mirzo Bedil, Imom G’azzoliy

Reja:
1 Amir Temur va ijtimoiy- psixologik fikrlar.
2 Alisher Navoiy asarlarida psixologiya masalalari.
3 Mirzo Bedil tomonidan oldindan belgilangan “ Taqdirga bayon berish ” g’oyalarining tanqid qilinishi.
4 Imom G’azzoliy asarlarida psixologiyaga oid qarashlarning ifodalanishi.

Amir Temur o'z davlati qudratini yuqori ko'tarib dunyoga tanitadi. Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo'ravonlikni yoqtirmasdi. Insonparvar, adolath hukmdor edi. M asalan, «Temur tuzuklari» hukmdorning hokim iyatni boshqarish qoidalari ham da odob-axloq me’yorini belgilab beruvchi yo'riqnomadir. Taniqli ohm Bo'riboy Ahmedov «Temur tuzuklari» podsholarning turish-turm ush va axloq-odob norm alarini belgilovchi risoladir, deb ta ’riflaydi. Haqiqatan ham, mazkur asarni turm ush odobi, hulq-odob qoidalari tartib berilgan an’anaviy asarlar qatoriga qo'ysak bo'ladi. Zero, tarixan talimiy-axloqiy asarlaming barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so'ng axloq me’yorlari bayon etiladi. Shunga ko'ra, bu asardan ta ’hmiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Amir Tem ur asarda insonparvarlik, m ehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to'g'rilik, do'stlik va hamkorlik, m ehr va m u ru w at ko'rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug'laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda «rosti - rusti» qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o'zi naqshbandiylik tariqatidagi «Dil ba yoru, dast ba kop> prinsipiga ko'ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy va boshqalar tomonidan targ'ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli hukmdor uchun zarur bo'lgan quyidagi o'n ikki qoidani o'ziga yo'riq qihb olganini ko'ramiz^ Har erda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o'n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko'rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko'rsatish, saltanat ishini yurg'izishda murosayu madora, muruwat hamda sabr-toqat bilan ish ko'rish; davlat ishlarini yurg'izishda davlat qonun-qoidalariga qat ’iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko'rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; fuqaroning ahvolidan ogoh boiib turish; barchaga hurmat-e’tiborda bolish, yaxshilik, muruwat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do'st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo'lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g'amxo'rlik qilish. Ko'rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va m adaniyat taraqqiy etdi, davlatining nufuzi oshib, faqat Sharqdagina emas, balki G'arbda ham m ashhur bo'ldi.
Bu o'n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o'zining hayoti prinsiplari haqida shunday degan: «Men o'z hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo'ydim va hamishahg' ularga amal qildim, ular ushbulardir: Olloh — ul h ar narsaga qodir kuch, sidqidildan sig'insang, istagan murodu maqsadingga etkazadi; tafakkur— fikrlash va m ushohada qobiliyati; qilich — ul yigitning yoldoshi, el-yurt osoyishtahginining posboni, h ar qanday dushm anni mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin; imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug'lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi; kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir».
Demak, Amir Tem ur hayoti va faohyatida o'zi qat’iy rioya etgan, haqiqiy etuklik belgisi sanalgan din, imon, aql bilan ish yuritish va ilmga e’tiqodni boshqalarga ham tavsiya etgan hamda avlodlami ham shu ruhda tarbiyalashga e’tibor bergan. Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomhk san’ati rivoj topib, yoshlarga she’r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, kitobxonlik, hson ilmi, husnixat o'rgatilar edi. Bu san’at tu rlari o'sha davr tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Sohibqironning buyuk saltanatida ijod qilgan shoirlar, rassomlar, mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda hatto shahar hunarm andlari ham ashula, raqs, suxandonlik bilan shug'ullanganlari haqida Sharafiddin Ah Yazdiyning «Zafamoma» asarida qayd etilgan. Am ir Tem ur jism oniy tarbiyaga k a tta e’tibor bergan. Sharqda dilovarlik tarbiyasi, ya’ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy m asalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan merganlik, chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik, shaxm at o'yini kabilarni mohir murabbiylardan o'rganib, bu borada mashq qilar edilar. Amir Temur ning o'zi kuchli lashkarboshi sifatida harbiy ilmning «Ming askar» uslubi asoschilaridan biri bo'lgan. Buyuk Sohibqiron shunday ta’kidlaydi: «Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan, yigitning kuch-quwatiga; ikkinchidan, uning qilichni o'ynata ohshiga; uchinchidan, aql-zakovatiyu kamolotiga e’tibor qildim. Shu uch fazilat jamul-jam boisa, navkarlik xizmatiga oldim.
Negakim, kuch-quwath yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamh boladi, qihch o'ynata oladigan kishi raqibini m aglub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga sohb, mushkulotni bartaraf etmog'i mumkin». O'glllari - Amirzoda M uhammad Jahongir, Umarshayx, Mironshoh, Shohrux, nabiralari - Amirzoda M uhammad Sulton, Amirzoda Pirm uham m ad mohir jangchilar boiib, katta-katta janglarda shaxsan ishtirok etganlar. Amir Tem urning o'zi aqlni charxlash vositasi bolgan shaxm at o'yinida ham mohir bolgan. Zero, o'sha davr tarbiyasi — shatranj o'yinini h ar bir yosh o'rganishi zarur sanalgan. Hatto Amir Temurning suyukli o'gli Shohruxga ism qo'yilishi ham shaxmat o'yini bilan boglanganligi haqida rivoyat yuradi. Xulosa qihb aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik siyosati — m am lakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan birga tarix oldida m a’rifiy xizm atlari ham beqiyos. Uning ta’lim-tarbiyaga oid o'gitlari, tutgan siyosati hozir ham o'z qimmatini yo'qotmagan. Amir Tem urning ta ’lim -tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi barkamol insonni shakllantirishda katta ahamiyatga egadir. D avlat arbobi sifatida faoliyat ohb borgan A lisher N avoiy fan va san ’atning turh sohalari: adabiyot, tarix, til bilim lari, m usiqa, xattotlik, tasviriy san ’at ham da m e’m orlikning rivoji yo'hda am aliy harakatlar ohb borish bilan birga, yoshlarga ta’hm va tarbiya berish m asalalariga ham alohida diqqat-e’tibor qaratdi. U lug' m utafak k ir o'zining «Xam sa», «M ahbub ul-qulub», «Munojot», «Vaqfiya», «Majolis un-nafois», «M uhokam at ul-lug'atayin», Abdurahm on Jom iyning «Arba’in» nom h asarining tarjim asi sifatida yaratilgan «Chihil hadis» («Qirq hadis») kabi asarlarida ta’lim -tarbiya m asalalariga oid qarashlarini ifoda etadi. A lisher N avoiy o'z asarlarida kom il inson obrazlarini yaratib, ular qiyofasida namoyon bo'luvchi m a’naviy-axloqiy sifatlam i ulug'lagan bo'lsa, ta ’lim iy-axloqiy m uam m olarni yorituvchi asarlarida esa kom il insonni shakllantirish jarayonining m azm uni, ushbu jarayonning o'ziga xos jihatlari, yo'llari, shakl va usullari borasidagi m ulohazalam i bayon etadi. A llom a tom onidan yaratilgan asarlar m azm unidan anglashiladiki, ularda ilgari surilgan qarashlam ing markazida inson va uning kamolotini ta’m inlash g'oyasi turadi. Bunaqda navoiyshunos ohm V. Zohidov quyidagi fikrni bildiradi: «Navoiy ijodi ham da am aliy faoliyatining eng asosiy, m arkaziy m asalasi, yo'nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uningyaxshi yashashi, buninguchun zarur jam iyat masalalaridir». Allom aning tasaw u rid agi kom il inson o'z qiyofasida eng yuksak insoniy fazilatlarni m ujassam eta olishi lozim . Chunonchi, u ijodkor, qobiliyatli, shu bilan birga, ilm -fanga m uhabbatli bo'lmog'i zarur.
A lisher Navoiyning qarashlariga ko'ra, ana shunday sifatlarning sohibi bo'la olgan insongina o'z kuchi ham da aqlu zakovatiga ishonadi. O'z kuchi va aqlu zakovatiga qattiq ishongan insongina turh qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, u o'ta m urakkab m uam m olarni ham hal qila ohshga qodir. Ilmfan sirlaridan xabardor bo'lishning inson uchun aham iyatini yoritar ekan, allom a ayni o'rinda ilm ni qorong'ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo'lini 159 nurafshon etadigan quyosh, odam larning haqiqiy qiyofasini ko'rsata oluvchi om il sifatid a ta ’riflaydi. U shbu fikr m utafakkir tom onidan yaratilgan «N azm ul-javohir» asarida quyidagicha bayon etiladi: Kim olim esa, nuqtada barhaq de oni, Gar bazm tuzar, bihishti mutlaq de oni. Har kimsaki, yo'q ilm anda ahmaq de oni, Majlisdaki ilm boisa uchmaq de oni. M azkur baytlarning m azm unida ilm li, oqil odam o'z m aqsadiga erish ish yo'hda uchraydigan har qanday qiyinchilikni yengib o'tadi, kim ilm ni o'ziga tayanch qihb olsa, u hech qachon qoqilm aydi, zero, ilm insonning baxt-saodatini ta’m inlashga xizm at qiladi degan g'oya o'z aksini topgan. «Hayrat ul-abror» dostonining o'n birinchi maqolatida esa ilm quyosh, oy ham da kunduz sifatida quyidagicha ta’riflanadi: «Ilm sipehrining baland axtarlig'idakim , jahl tunini, yorutm oq uchun «ayn»i quyoshdin va «lom»i oydin va «mim»i kunduzdin nishona aytur. Va jahl shom i tiyra manzarhg'idakim, g'aflat chohini zalolat kechasida zohir qihb, bu kechada shaqovatdin fasona aytur. Va olim ning bovujudi falokat quyoshdek sarbalanhg'i va johilning bovujudi ganju mol tufrog' aro najandhg'i» («Dm osm onining yulduzlardek baland m artabaliligi haqidakim , bihm sizlik tunini yoritish uchun «ayn»i quyosh, «lom»i oy, «mim»i esa kunduz belgilarini ko'rsatadi; bilim sizlik shom ining qorong'i ko'rinishi haqidakim , g'aflat chohini p astlik kechasida zohir qihb, bu kechada baxtsizikdan hikoya aytadi; olim ning butun baxtsiz vujudining quyoshdek yuksakligi, johilning esa butun borhg'i boylik, mol bo'lsa ham tuproqdek xorligi»). Ushbu o'rinda «ayn»ning m a’nosi quyosh, «lom»ning m a’nosi oy(shaklan oyga o'xshaydi va abjad hisobida «o'ttiz»ni bildiradi), «mim»ning m a’nosi esa kunduz ekanligiga alohida urg'u beriladi. Alisher Navoiy ilm ni quyosh, oy ham da kunduzga o'xshatish orqah u insonni baxt-saodatga eltuvchi vosita ekanligiga e’tiborni qaratadi.
Alisher Navoiy ilm o'rganishga in tilish n i inson kam olotini ta’m inlash uchun xizm at qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. IlmnJ insonni, xalq n i nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi om il sifatid a ta ’riflaydi. A sarlari m azm unida ilgari surilgan g'oyalar yordam ida k ish ila r n i ilm li va m a’r ifa tli bo'lishga undaydi.
M u ta fa k k ir ilm o'rganishni har bir k ish in in g insoniy burchi deya e’tirof etadi. Bilim li va dono kishilar o'z xalqining m anfaati ham da m am lakatining ravnaqi yo'lida faoliyat olib borishlariga ishonadi. Shu o'rinda M irzo U lugbekni ana shunday xislatga ega bo'lgan kishilardan biri bolganhgini aytadi va uning nom i tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. A lisher Navoiy orzu qilgan kom il inson faqat ilm li bo'lish bilan qanoatlanib qolmaydi. U ni yetuk inson sifatida ta ’riflash uchun unda, yana sabr-qanoat, saxiylik, him m at, to‘g‘rilik, rostgo'ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud b o iish i taqozo etiladi. A lisher N avoiy asarlari m azm unida o'z ak sin i topgan har bir fikr am aliy aham iyatga ega, zero, m utafakkir ularni o'zining ulkan hayotiy tajribasiga tayangan holda bayon etadi. Allom a uzoq yillar davomida ohb borgan hayotiy kuzatishlari va tajribasi asosida «Mahbub ul-qulub» («Ko'ngiharning sevgani») asarini yaratadi.
Bu asarda «Hayrat ul-abror», «Nazm ul-javohir» kabi talim iy-axloqiy asarlarida ilgari surilgan axloqiy qarashlarni m azm un jihatidan yanada boyitadi. M utafakkir «Mahbub ul-qulub» asarini yozishdan ko'zlagan asosiy m aqsadini asar m uqaddim asida quyidagi tarzda ochib bergan: «Har ko'cha-ko'yda yuguribm an va olam ahhdin har xil kishilarga o‘zim ni yetkazibm an, yaxshi va yom onning fel-atvorini bihbm an, yom on-yaxshi xislatlarini tajriba qihbman. Y axshilik va yom onlikning aslaini ham , zahrini ham totib ko'rdim. X asislar va karam lar etkazgan yara va bergan m alham ni ko'nglim tagtugi bilan sezgandirm an. Zamon ahlidan ba’zi ham suhbatlar va davr kish ilarid an ayrim do'stlar bu hollardan xabarsiz va ko'ngillari bu yaxshilik va yom onliklardan asarsizdir... Bu xildagi ham suhbat va do'stlarni xabardor qilmoq va bu hollardan ogohlantirmoq lozim ko'rinadiki, har toifaning xislatlaridan m alum otlari va har tabaqaning ahvolidin bilim lari bo'lsin, k eyin m unosib kishilar xizm atiga yugursinlar va nom unosib odam lar suhbatidan tortinishni zarur bilsinlar va barcha odamlar bilan maxfiy sirlardan so'z ochmasinlar. Shaytonsifatlar hiyla va aldovlariga o'yinchoq bo'hb qolm asinlar. Kimki har xil kishilar bilan suhbatlashish va yaq in lash ish n i havas qilsa, bu borada kam inaning tajribasi yoshlar uchun yetarlidir». A sar uch qism dan iborat. N avoiyning o'zi ta ’kidlaganidek, asarning birinchi qismida turh toifaga mansub odam larning fel-atvorlari; ikkinchi qism ida yaxshi xislatlar va yomon fellar, ularning o'ziga xos jihatlari; u c h in c h i q ism id a e sa , y a x s h i f e l va x is la tla r , in so n d a u la r n i shakllantirishga oid qarashlar bayon etiladi. A llom a m azkur asarda kishilarni m unosib va nom unosib kishilar tarzida ikki toifaga ajratadi. Har bir in son n in g hayotda uchraydigan nom unosib kishilarni yaxshi xulqli insonlardan ajrata ohsh layoqatiga ega b o iis h i m uhim ek an ligi, yom on x isla tla rg a ega k ish ilar bilan m unosabatda bo'lishdan saqlanish lozim hgini uqtirib o'tar ekan, bu 161 borada «Mahbub ul-qulub» asaridan foydalanish foydadan xoh bolm asligini ta’kidlaydi. M azkur holat Alisher N avoiyning shaxsiy hayotiy tajribalari asosida yoshlarni komil inson boiib voyaga yetishishga undashidan dalolat beradi. p J a v o iy Д т -fanning inson kam olotidagi o'rnO bilim larni o'rganish asosida hosil b olg a n aql va idrokning inson haydndagi aham iyati, aqhy tarbiya va u n in g m ohiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratadi. Allom a insonga xos b o lg a n m a’naviy-axloqiy xislatlar xu su sid a so'z yuritadi ham da m azkur sifatlarning har biriga ta’rif berib o'tadi. Qanoat, sabr, tavoze(adab), o'zgalarga nisb atan m ehr-m uhabbatli bo'hsh, ishqda vafodorlik, saxovat, him m at, karam, m uruw at, yumshoqko'ngillik (hilm) kabi xislatlarn i ijobiy fazilatlar sirasiga kiritadi va ularning har biriga ta ’rif b erg a n id a n so'ng tan b eh va h ik oyatlar v o sita sid a sh a x siy qarashlarini dalillar b ilan to'ldiradi. A sarda axloqiy fazilatlarn in g antonim i hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutuhsh yo'llari ham bayon etilgan. M utafakkir axloqlilikning eng m uhim m ezoni odob deb hisoblaydi. Odobh, axloqli bo'hsh insonga atrofdagi kishilar o'rtasida muayyan mavqe h am da h u rm a tg a sazovor bo'lishga yordam beradi. «Adab k ich ik yoshdagilarni ulug'lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahram and bo'ladi, - deydi adib. - Adab, kichkinalar m ehrini uluglar ko'nghga soladi va u muhabbat ko'ngilda abadiy qoladi. Y oshlam i ko'zga ulug' ko'rsatadi. U larning yurish-turishini xalq ulug'vor biladi. O'ziga qarshi xalq tom onidan boladigan hurm atsizlik eshigini bog'laydi va k ish in i hazil-m azaxdan va kam sitihshidan saqlaydi. K ishi tabiatini insonlik yo'liga soladi va odam mizojiga odam garchilik manzihda orom beradi.
Kichiklarga undan m uncha natija hosil bo'lgach, kattalarga allaqachon bo'lishini ko'rarsan. Adabdan m uhabbatga bezak va pardoz yetadi, adab tarkidan do'stlikning ravnaq va bahosi ketadi. Adab va tavozu do'stlik ko'zgusini yarqiratadi, ikki tom ondan yorug'lik yetkazadi. Tavozuli va adablilarga ta’zim va hurm at yetadi va u urug'ni ekkan bu qim m atbaho hosilni to'plab oladi. Xalq m uom alasida yaxshi axloqning boshlang'ichi shu xislatlar va bu xislat qattiq o'rnashsa, m uhabbatga xalal etish i maholdir. Agar har ikki tomonda yaxshi xulq b oisa, adabi va tavozu evaziga ta’zim paydo bo'ladi». Dem ak, yaxshi xulqning asosi b olgan odob A lisher N avoiyning talqinida barcha insoniy xislatlarning bosh bo'g'ini sanaladi. Qanoat, sabr, tavoze, ish q , vafo, saxovat, him m at, karam , m u r u w a t, hilm kabi fazilatlarning odobh, axloqli kishilar qiyofasidagina nam oyon bo'lishini uqtiradi. M utafakkir insonga xos b olgan m a’naviy-axloqiy xislatlar xu- susidagi fikrlarini ulam ing har biriga ta’rif berish asosida davom ettiradi. Chunonchi, «Qanoat - buloqdir - suvi olgan bilan qurimaydi. Xazinadir - naqdinasi sochilgani bilan kam aym aydir. Ekinzordir - urug'i izzat va shavkat m evasi beradir. Daraxtdir - shoxi tortinchoqlik va hurm at m evasi etkizadi. Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod boladi. Q anoat qo'rg'ondir, u erga k irsan g nafs yom onligidan qutularsan, tog'liklardir - u erga chiqsang dushm an va do'stga qaram likdan xalos bo'larsan; tubanlashishdir - natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir - foydasi ehtiyotkorlik uru gin in g m evasi farovonlik».^] A lisher Navoiy qanoatni to'ldiruvchi insoniy fazilatlar sabr, saxiylik, karam , m uruw at, him m at ekanhgini ta’kidlab o'tadi. M azkur xislatlarning bir-biriga yaqinligi ham da ularni insonning obro'-e’tiborini yuksak darajaga ko'tarishga xizm at qiluvchi xislatlar san alish in i aytib o'tadi. A yni o'rinda sabr deb ataluvchi xislatga shunday ta ’rif beradi: «Sabr achchiqdir - ammo foyda beruvchi, qattiqdir - ammo zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kahtidir va bandlar ochqichidir. U o'rtoqdir - suhbati zeriktirarh, am m o m aqsadga ohb boruvchi; u ulfatdir - um idi uzun, amm o oxiri istakka eltuvchi. Ulovdir - yurishi taxir, ammo m anzilga etkazuvchi; tuyadir - qadami og'ir, lekin bekatga tushirguvchi. Achchiq so'zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zam inida m aqsad hosil bo'ladi. Badxo'r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, am m o so'ngida sog'hq yuz beradi». Asarda saxiylik sifatiga esa insoniylikning haqiqiy m ezoni deya ta ’rif beriladi. N avoiy talqinicha, saxiylik, saxovat odam larning m ushkulini oson qihsh m aqsadida ularga beriladigan m innatsiz yordamdir. A llom a in son larn i bir-birlariga n isbatan saxovat ko'rsatishga da’va t etadi. H im m atlilik, m u ru w at, karam kabi xislatlar esa saxovatning tarkibiy qism lari hisoblanadi. U shbu fazilatlarga ta ’rif berar ekan, m utafakkir quyidagi fikrlam i qayd etadi: «Saxiylik (qo'li ochiqlik) kishilik bog'ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin m evasidir; odam garchilik o lk a sin in g to'lqinh daryosi, balki u to'lqin daryosining asl gavharidir. Y axshilik, karam - bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko'tarmoq va uni o'sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. K aram birovning m ashaqqat tikani og'irligini ko'tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq va o'sha qilingan ish n i qaytib tilga keltirm aslik, og'ziga olm aslik, kishiga minnat qilm aslik va uning yuziga solm aslik». «M uruw at karam ning urug'- avlodi, egizak qarindoshi, kim ki bu xislatlarga ega bo'lsa, izzat va hurmatga sazovor boladi» kabi fikrlar asosida esa m uruw at deb ataluvchi xislatga ta ’rif beriladi. Navoiy karam va m u ru w at sifatlarini ota-onaga qiyoslasa, vafo va hayoni egizak farzandlardir, deya ta ’kidlaydi. Biroq allom a har qanday ko'rinishdagi ehsonni ham saxiylik deb tushunm aydi. Saxovat ko'rsatayapm an deb isrofgarchilikka yo'l qo'yish, yordamini taTddlab ko'rsatish va m innat qilishni qoralaydi. Alisher Navoiy saxovat va him m at kabi sifatlarga ta ’rif berar ekan, ularning m a’nosini k eng ochib beradi. Shu bois ularni ijtim oiy m unosabatlar darajasida yoritadi. M utafakkir fikricha, qanoat - sharaf va izzatning tantanasidir, molu davlatga ega, biroq ta ’m agir odam lar xor va pastkash kishilardir. Asar m azm unida Alisher Navoiy yoshlikning qadriga etish, eng yaxshi xislatlarni o'zida tarbiyalash, nafsni tiyish n i ulug'laydi. Takabburlik, manmanlik, faqat o'z foydasini ko'zlab ish yuritish, hasad, g'iybat, yolg'onchilik, nodonlik, johillik, ikkiyuzlam achilik, ta’m agirlik, shoshm ashosharlik, bachkanalik, pala-partishlik, fisqi-fasod, yalqovlik, harom dan hazar qilm aslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo'lish borasida so'z yuritadi. Q uyidagi ruboiy yomon illatlarga ega inson boshiga turh falokatlar yog'ihshi m um kinhgi to'g'risida ogoh etadi: Uch fe ’l erur k ish ig a qotil oxir, Q otillik aro za h ri h a lo h il oxir. B u x l ang la birin, b irin havo bir oxir, Qil u jb n i h a m alarg'a doxil oxir. D arhaqiqat, A lisher N avoiy o'zining badiiy asarlari b ilan birga, ta ’lim iy-axloqiy asarlarida ham o'zi orzu etgan yetuk inson qiyofasini yaratadi. N avoiy a sa rla rid a ta sv irla n g a n qahram onlar - Farhod, Q ays, Iskandar obrazlarida jismoniy yetuklik hamda axloqiy kamolot o'z ifodasini topgandir. In son n in g sog'lom, b a q u w a t va axloqli bo'lib y etish ish i xususidagi o'gitlar allom aning didaktik-axloqiy asarlarida m arkaziy o'rinni egallagan. A ksariyat asarlarda yigit k ish i yoshhgidanoq o'zlashtirishi shart bo'lgan harbiy-jism oniy xislatlar borasidagi fikrlar ilgari surilar ekan, yoshlarda ularni tarbiyalash yo'llari ko'rsatiladi. N avoiy ham , boshqa m utafakkirlar singari, har bir yigitga quyidagi fazilatlar xos b o iish i lozim hgini aytadi: kam ondan ota ohsh - m erganlik, qilichbozlik, suvda suzish, kurash tu sh a ohsh. M utafakkir asarlarida bosh obraz sifatida talqin etilgan qahramonlar o'zlarida ana shu xislatlarni tarkib toptirish- ga muvaffaq bola olgandirlar. Xususan, Farhod, Bahrom hamda Iskandar chavandoz, yengilm as bahodir va mohir m ergan bo'lib yetishgandirlar. U larning jism oniy kam olotga erishish jarayonlarini yoritishga xizm at q ilu vch i la v h a la r «Farhod va Shirin», «Sab’ai sayyor» va «Saddi Iskandariy» dostonlarida o'z ifodasini topgan. «Sab’ai sayyop> dostonida asar qahram oni B ahrom ning m ohir m ergan ek an h gin i ifodalovchi shunday lavha mavjud: Dilorom ning istagi bilan shoh Bahrom ovga chiqadi. Ov chog'ida u kam ondan o'q otib, bir kiyikning a w a l ikki oyog'ini juftlaydi, k eyin esa ik k in ch i o'q bilan k iyik n in g bo'g'ziga o'q otib, bo'g'izlaydi. Lavha tasvirlangan holat Bahrom ning naqadar usta m ergan ekanligidan dalolat beradi. Bizga yaxshi m a’lum ki, ajdodlarimiz har bir yigitning harbiy-jismoniy m ahoratni puxta o'zlashtirishiga alohida e’tibor berib kelganlar. Merganlik, suvda suzish, qihchbozlik, kurash tushish sirlari yosh, o'ktam yigitlarga bu borada chuqur bihm ham da katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan m urabbiylar tom onidan o'rgatilgan. M avjud an’anaga muvofiq A lisher N avoiy ham o'zining badiiy ham da ta ’lim iy-axloqiy asarlarida yoshlarda ushbu xislatlarni tarbiyalash k atta ijtim oiy aham iyatga ega ekanhgini ta ’kidlab o'tadi. ^ \ j l z v o i y bihm ohsh jarayonida barcha fanlar asoslarini chuqur o'rganish m aqsadga m uvofiqdir, deb hisoblaydi. S hu bois allom a turh fanlar yo'nahshlarida yetuk bilim larga ega va xalq o'rtasida alohida hurm ate’tiborh bolgan olimu fozillam i yig'ib, ulam in g yordami bilan ilm -fanning rivojini ta ’m inlashga e’tiborni qaratadi. A na shu m aqsadda sh axsiy m ablagl evaziga madrasalar barpo etadi, maktablar ochadi Madrasalarda o'ziga xos tartib-qoidalarga muvofiq faoliyat yuritilgan. T alabalardan mavjud tartib-qoidaga qat’iy rioya qihsh talab etilgan. Navoiy bola tarbiyasi bilan oila ham da m aktabda shug'ullanish, bola tarbiyasini ohb borish jarayonida nam una usuhdan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida e’tiborni qaratadi. Tarbiya va ta ’hm ishlari o'qituvchi, ota-ona tom onidan ohb borilishi lozim . Adib bolalarga jism oniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, xushm uom alalik bilan y o l qo'yilgan xatolarning m ohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o'rinda m e’yorga am al qihsh zarurligini aytadi. N avoiy o'qituvchining talabchan bo'hshi bolalarning p uxta bihm olishlari v a ularda axloqiy sifatlarning shakllanishida muhim aham iyatga ega deb hisoblaydi. Alloma fan asoslari yoki m uayyan kasb-hunar sirlarini o'rganishga layoqath, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga alohida aham iyat berish jam iyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga urinish beibydadir, degan xulosaga keladi,ya’ni: «Q obiliyathni tarbiya q ilm aslik zulmdir, qobilivatsizga ta rb iy a h a y f. U n i ta r b iy a q ilm a slik b ila n nobud q ilm a, b u n g a tarbiyatingni nobud qilma». A lish er N avoiy asarlarid a zam onaviy p ed agogik a fan i a soslari sistem asida m uhim o'rin tutuvchi om il o'z-o'zini tarbiyalash m asalasining mohiyati ham yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr m azmuniga ko'ra, bolaning o'zi yo'l qo'ygan xato va kam chiliklarini o'zi anglab ohshi ham ­ da u lam i bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish zarur. M utafakkirning e’tirof etishicha, kim ki bu borada yaratilgan im koniyatdan to'g'ri foydalansa, o'z xatosini anglay oladi va uni bartaraf etish ga harakat qiladi; kim ki yo'l qo'yilgan xatoni anglash va uni to'g'rilashga harakat qihsh o'rniga turh bahonalam i ro'kach qilaversa, xatolari yana bittaga oshishi uchun shaxsan o'zi sharoit yaratadi. Keltirayotgan bahonasi qancha ko'p b o'lsa, u n in g y a n g lis h is h i, x a to s i s h u n c h a lik k a tta k o 'rin a d i, kamchilikning mavjud ekanhgini ko'rsatgan kishi bilan tortishish qancha kuchli bo'lsa, el oldida uning obro'si shunchalik pasayadi. X a to g'a tad o rik n ed u r bexilof, A y on qilm oq o'z sa h vig a e ’tirof. V agar qilsa sahvig'a ijro dail, K iy a x s h id u r ayla r iki a n ch a bil. M utafakkirning ilm ohsh yo'llari xususidagi qarashlari ham m uhim aham iyatga egadir. Alisher Navoiy bilim larni tinm ay, uzluksiz o'rganish zarur, deydi. Bu yo'lda duch keladigan har qanday qiyinchilikni engib o'tish m umkin deb hisoblaydi. Aniq hayotiy maqsadni belgilab olgan holda ana sh u m aq sad n in g ro'yobga ch iq ish i yo'lida qunt bilan ish la sh , tirishqoqlik b ilan h arak at qilish, bu yo'nalishda olib borilayotgan harakatni oxiriga etkazishda chidam li, m atonatli va saboth bo'lishni m aslahat beradi. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglashiladiki, allom a o'z davrida ilm ohsh prinsiplarini to'g'ri ko'rsatib, ta’hm m ohiyatini ochib bera olgan. Alisher Navoiy tomonidan asoslangan ta’hm sistem asi o'zida quyidagilarni aks ettiradi: • a) m aktab yoki m adrasada tah sil ohsh; b) ohm , hunarm and yoki san ’atkorlarga shogird tushish asosida ta’­ hm ohsh; v) m ustaqil ravishda ilm o'rganish. Y oshlarga chuqur bihm ham da axloqiy tarbiya berishda m ualhm larning o'rni beqiyosdir. M uallim lik faoliyatini ohb borish o'ta m as’uliyatli va sharafli, ayni vaqtda, murakkab ish sanaladi. U shbu faoliyatn i sam araii yolga qo'yish mudarris hamda ustoz-murabbiylaming m uayyan talablarga javob bera ohshlariga bog'liq. Eng m uhim talab - u la m in g chuqur bilim va yuksak m a’naviy-axloqiy xislatlarga ega bolishlaridir. 0 ‘qituvchining sam araii ta ’hm berish yo llari va u la m in g m ohiyatidan xabardor b o iish i nihoyatda muhim dir. Navoiy m azkur fik rlam i ilgari surar ekan, nodon, m utaassib ham da johil m uallim lar va u lam in g xattiharakatlarini tanqid qiladi. Xususan, «Mahbub ul-qulub»da maktabdorlar va u la m in g faohyatlari m azm uni xususida to'xtalar ekan, o‘qituvchi m ehnati, m urabbiylik haqqini xohsona baholayjh. biroq shu o‘rinda ularning johil va ta’m agir bo‘hshlarini qoralaydi: «U ning ish i odam qolidan kelm as, odam em as, balki dev ham qila bilm as. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa bir to‘da bolaga ilm va adab o‘rgatadi, ko‘rkim, bunga nim a etsin. Shunisi ham borki, u to‘dada fahm-farosati ozlar boladi, undan kishiga yuzlarcha m ashaqqat k elsa qanday boladi. Har qanday b o isa ham , yosh bolalarga u n in g haqqi ko‘pdir, agar shogird podshohlikka erish sa ham unga (m ualhm ga) qulluk qilsa arziydi. H aq yo 'lid a k im senga bir h a rfo 'q itm ish ran j ila , A y la m a k bo'lm as ado o n in g h a q in y u z g a n j ila». £ д у ш o‘rinda adib har bir yoshning aqhy va jism oniy kam olotga yetishida ilm -fan va tarbiyaning aham iyatini ko‘rsatib berish bilan birga, jam iyat taraqqiyotining ta’m inlanishida ilm ahli, olimu fozillarga nisbatan hurm at ko‘rsatish, u lam ing turm ush darajasini yaxshilash m asalalariga ham e’tiborni qaratadi. M utafakkir o‘qituvchining hurm atini qay darajada yuqori baholasa, uning sh axsi va faoliyatiga nisbatan talabni shu darajada oshiradi. A yniqsa, m adrasa m udarrislarining bilim li, fozil, dono, k am tar va m a’naviy jihatdan pok bolishlarini talab etadi. Bu boradagi qarashlarini quyidagicha ifodalaydi: «Mudarris (dars beruvchi) kerakki, g‘arazi mansab bolm asa va bilm as ilm n i a y tish g a u rin m asa, m a n m an lik u ch u n dars b erish g a h avas ko‘r g iz m a sa v a o lg ‘ir lik u ch u n g a p -so ‘z v a g‘a v g ‘o y u r g iz m a sa , nodonlikdan sa lla si katta va pechi uzun b olm asa, gerdayish uchun m adrasa ayvoni boshi unga o‘rin b olm asa. Yaram asliklardan qo‘rqsa va nodonlikdan qochsa, nainki: o‘zini ohm bihb, necha nodonga turh xil fisq ishlarni m umkin, balki halol qilsa; ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilm aslik unga qoida va odat b oiib qolsa. B u m udarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir». A lisher N avoiyning ta’lim iy-axloqiy asarlarida o‘z ifodasini topgan ak sariyat h ik m a tli fikrlar asrlar davom ida in son iy m u n osab atlar jarayonida takror-takror qollanilib kelishi natijasida m aqollarga aylanib ketgandir.



Download 292.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling